Telegram Web Link
"Agrobank" ATB Farg‘ona tumani bo‘limida davlat tili bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi

"Agrobank" ATB Farg‘ona tumani bo‘limida davlat tili me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. O‘rganish davomida ish yuritishning to‘liq davlat tilida olib borilishi, barcha ichki va idoralararo yozishmalar o‘zbek tilida rasmiylashtirilish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish, ish yuritish jarayonida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalardan foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Tongotarova hamda Farg‘ona tumani hokimining maslahatchisi M. Obidova ishtirok etdilar.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar | FVB tomonidan Farg‘ona tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

#OAV2025

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Deputatlar tashabbusi bilan “Ulug‘bek” mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Qahramon Makarov va Shuxratjon Raximov tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi hamda mahallalardagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari kiritildi.

Kiritilgan so‘rovlar natijasida Fargʻona tumani hokimligi tomonidan “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun 1 200 metr ichimlik suvi tarmog‘i va 10 dona sim yog‘och ajratildi. Ushbu tashabbus mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ishlar — xalq bilan hamnafaslik, el dardiga yechim izlash va yurt taraqqiyotiga xizmat qilishning yorqin namunasidir.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
"Yong‘indan ogohlik" oyligi doirasida “Vodiy Mega Avto” bozorida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Vodiy Mega Avto” MChJ avtomashina bozorida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy aksiyasi doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida bozor hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish, hamda aholini ogohlikka chaqirish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bozordagi to‘sib qo‘yilgan ichki yo‘llar yong‘in xavfsizligi texnikalari erkin harakatlanishi uchun ochildi, is gazidan zaharlanishning oldini olishga oid eslatma va varaqalar tarqatildi. Shuningdek, bozor hududidagi oshxonalarda foydalanilayotgan maishiy gaz ballonilar xavfsizlik talablariga muvofiq bozor hududidan olib chiqildi.

Mazkur ishlar orqali yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, tadbirkorlar va fuqarolarda ogohlikni kuchaytirish maqsad qilingan.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1👏1
2025/10/27 13:52:50
Back to Top
HTML Embed Code: