Telegram Web Link
Deputatlar tashabbusi bilan “Ulug‘bek” mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Qahramon Makarov va Shuxratjon Raximov tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi hamda mahallalardagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari kiritildi.

Kiritilgan so‘rovlar natijasida Fargʻona tumani hokimligi tomonidan “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun 1 200 metr ichimlik suvi tarmog‘i va 10 dona sim yog‘och ajratildi. Ushbu tashabbus mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ishlar — xalq bilan hamnafaslik, el dardiga yechim izlash va yurt taraqqiyotiga xizmat qilishning yorqin namunasidir.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
"Yong‘indan ogohlik" oyligi doirasida “Vodiy Mega Avto” bozorida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Vodiy Mega Avto” MChJ avtomashina bozorida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy aksiyasi doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida bozor hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish, hamda aholini ogohlikka chaqirish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bozordagi to‘sib qo‘yilgan ichki yo‘llar yong‘in xavfsizligi texnikalari erkin harakatlanishi uchun ochildi, is gazidan zaharlanishning oldini olishga oid eslatma va varaqalar tarqatildi. Shuningdek, bozor hududidagi oshxonalarda foydalanilayotgan maishiy gaz ballonilar xavfsizlik talablariga muvofiq bozor hududidan olib chiqildi.

Mazkur ishlar orqali yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, tadbirkorlar va fuqarolarda ogohlikni kuchaytirish maqsad qilingan.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1👏1
Ozarbayjonda o‘tayotgan MDH o‘yinlarida qizlarimiz shonli g‘alabaga erishdi! 🇺🇿

Ayni kunlarda Ozarbayjon davlatida o‘tkazilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida O‘zbekiston qizlar jamoasi final bosqichida ajoyib natijani qo‘lga kiritdi.

Finalga 5 nafar bokschi bilan yetib kelgan vakillarimiz 100 foizlik g‘alabaga erishib, barcha janglarda zafar quchishdi.

Natijada qizlarimiz umumjamoa hisobida 5 ta oltin va 4 ta bronza medal bilan musobaqaning tengsiz jamoasi deb topildilar.

🏅 G‘olib va sovrindorlar:

🥇 Oltin medal sohibalari:
50 kg – Nazokat Mardonova
52 kg – Sabina Mirzayeva
54 kg – Qumriniso Muhammadova
57 kg – Farzuna Ro‘zieva
63 kg – Rushanabonu Isayeva

🥉 Bronza medal sohibalari:
46 kg – Ruxshanabonu Ahadova
48 kg – Shahnozabonu Imomalieva
60 kg – Mehrimax Qilicheva
66 kg – Ulbosin Jalgasbaeva

👥 Murabbiylar: Temur Axbaev, Eldor Xolmatov
💊 Shifokor: Komiljon Rasulov

Chempionlar orasida Fargʻona tumani “Guliston” mahallasi vakili, iqtidorli sportchi Qumriniso Muhammadova ham borligi biz uchun faxrdir!

Fargʻona tumani hokimligi nomidan barcha g‘olib va sovrindorlarni chin qalbdan tabriklaymiz!
Yangi marralar sari omad tilaymiz! 🥊🇺🇿

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3🤝1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Организации тюркских государств

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Summit of the Heads of State of the Organization of Turkic States

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Габала шаҳрида Туркий давлатлар ташкилотининг навбатдаги саммитида нутқ сўзлади.

Президент нашей страны выступил на очередном саммите Организации тюркских государств в городе Габале.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Российской Федерации Владимира Путина.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/28 06:42:53
Back to Top
HTML Embed Code: