Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Farg’ona-24” informatsion dasturi | Farg’ona tumanida “Aholi turar-joy fondi hamda ijtimoiy soha obyektlarida elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarda hududiy quyi tizim kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko’rgazmali saf ko’rigi tashkil etildi.

#radio2025

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Fargʻona viloyatida joylashgan onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan davlat aktivlari

Fargʻona shahar boʻyicha (koʻrish)
Margʻilon shahar boʻyicha (koʻrish)
Quvasoy shahar boʻyicha (koʻrish)
Qoʻqon shahar boʻyicha (koʻrish)
Fargʻona tumani boʻyicha (koʻrish)
Qoʻshtepa tumani boʻyicha (koʻrish)
Toshloq tumani boʻyicha (koʻrish)
Quva tumani boʻyicha (koʻrish)
Oltiariq tumani boʻyicha (koʻrish)
Bagʻdod tumani boʻyicha (koʻrish)
Uchkoʻprik tumani boʻyicha (koʻrish)
Dangʻara tumani boʻyicha (koʻrish)
Oʻzbekiston tumani boʻyicha (koʻrish)
Furqat tumani boʻyicha (koʻrish)
Beshariq tumani boʻyicha (koʻrish)
Soʻx tumani boʻyicha (koʻrish)

🫥 Batafsil: E-AUKSION.UZ

Sotib olingan davlat mulki obyektlarini, boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud.

☎️ Maʼlumot uchun: 73-244-18-47

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Президент Шавкат Мирзиёев электротехника саноатини янада ривожлантириш ва экспорт салоҳиятини ошириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по дальнейшему развитию электротехнической промышленности и повышению экспортного потенциала отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Fargʻona tumanida sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi tadbir oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabi hududidagi “Yoshlarobod” markaziy oʻyingohida tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” loyihasi doirasida ommaviy sogʻlomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur loyiha aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda tibbiyot xodimlari oʻrtasida sogʻlom hayot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan masofani piyoda bosib oʻtish orqali sogʻlom hayot sari amaliy qadam tashladilar.

Loyiha doirasida oʻtkazilgan bunday tadbirlar jamiyatda jismoniy faollikni oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash va sogʻlom avlodni tarbiyalash yoʻlidagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Fargʻona tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabi hududidagi “Yoshlarobod” markaziy oʻyingohida tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlom hayot madaniyatini shakllantirishga qaratildi.

Tonggi mashgʻulot davomida ishtirokchilar tajribali murabbiylar boshchiligida jismoniy harakatlar, choʻzilish mashqlari va nafas olish amaliyotlarini bajardilar. Tadbir jarayonida muntazam badantarbiya bilan shugʻullanish inson salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish hamda kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishda muhim omil ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga sogʻlom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va stressni kamaytirishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi.

Fargʻona tumanida bunday sogʻlomlashtirish tadbirlarining muntazam oʻtkazilishi aholi, xususan, tibbiyot xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash hamda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4🤔1
2025/10/25 06:44:58
Back to Top
HTML Embed Code: