Telegram Web Link
Fargʻona tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabi hududidagi “Yoshlarobod” markaziy oʻyingohida tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida tonggi badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlom hayot madaniyatini shakllantirishga qaratildi.

Tonggi mashgʻulot davomida ishtirokchilar tajribali murabbiylar boshchiligida jismoniy harakatlar, choʻzilish mashqlari va nafas olish amaliyotlarini bajardilar. Tadbir jarayonida muntazam badantarbiya bilan shugʻullanish inson salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish hamda kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishda muhim omil ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga sogʻlom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va stressni kamaytirishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi.

Fargʻona tumanida bunday sogʻlomlashtirish tadbirlarining muntazam oʻtkazilishi aholi, xususan, tibbiyot xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash hamda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4🤔1
Fargʻona tumanida aholi va mahalla tizimi xodimlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan oʻtkazildi

Fargʻona tumani 1-son sport maktabida 1- va 2-son sport maktablari xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlarining “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazildi.

Mazkur tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish va aholining sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etildi.

Sinovlar davomida ishtirokchilar yugurish, turnikda tortilish, bel egish, qoʻlni bukib yozish kabi mashqlarni bajarish orqali oʻzlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida sinovlarda faol qatnashgan fuqarolarga sogʻlom turmush tarzini doimiy ravishda hayot mezoniga aylantirish, jismoniy faollikni oshirish va sportni kundalik faoliyatga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4🤔1
Президент Шавкат Мирзиёев фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш ҳамда уларни бартараф этиш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по совершенствованию системы предупреждения и устранения чрезвычайных ситуаций.

#Mirziyoyev #taqdimot #FVV #kadrlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Тожикистон Республикасига келди. Душанбе халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Тожикистон Бош вазири Қоҳир Расулзода ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Республику Таджикистан. В международном аэропорту города Душанбе главу нашего государства встретили Премьер-министр Таджикистана Кохир Расулзода и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари амалий ташриф билан Душанбе шаҳрига келди.

Глава нашего государства прибыл с рабочим визитом в город Душанбе.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
📢 Farg‘ona tumani aholisi uchun muhim eʼlon!

Tumanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim yangiliklar, qarorlar va tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!

Yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!

🇺🇿 Hukumat portali Yagona platformasi:
https://gov.uz/oz/fargonatuman

🌍 Veb sayt:
https://fargonatuman.uz/

🕊 Telegram:
https://www.tg-me.com/+yeZj77Q65tZmMjcy

📱 Facebook:
https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi

📸 Instagram:
https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi

📺 YouTube:
https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi

🕊 X:
https://x.com/fargonatumani

📞 Murojaatlar guruhi:
https://www.tg-me.com/+ER5zpFDNPLNlZWUy

#FargonaTumani #AxborotXizmati #RasmiyManba #Yangiliklar #ObunaBoʻling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 07:30:54
Back to Top
HTML Embed Code: