Telegram Web Link
Farg‘ona tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Farg‘ona tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Tibbiyot birlashmasi, tadbirkorlik subyektlari mas’ul xodimlari hamda Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminarda soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (629-son, 07.10.2025-y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

🗓 Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2026-yil 15-yanvar soat 00:00 etib belgilanadi. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi – 45 kun.

📝 Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.

📌 Jumladan, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan to‘ldiriladi.

Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:

🔹 bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari;

🔹 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.

❇️ Respondentlar o‘zining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi

❗️ Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan tovarlar bo'yicha QQSni qaytarish soddalashtiriladi


Batafsil infografikada👆

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Farg‘ona tumanida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi start oldi

Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 14-oktyabrdan 23-oktyabrgacha bo‘lgan davrda Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkaziladi.

Olimpiada jarayonlari fanlar kesimida 3 navbatda tashkil etiladi:
▪️ 1-navbat: 9-sinflar uchun (soat 10:00 dan 11:40 gacha);
▪️ 2-navbat: 10-sinflar uchun (soat 13:00 dan 14:30 gacha);
▪️ 3-navbat: 11-sinflar uchun (soat 16:00 dan 17:30 gacha).

Tuman bosqichida jami 2882 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Shundan 996 nafar 9-sinf, 961 nafar 10-sinf va 925 nafar 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

Olimpiada jarayonlari samarali o‘tishi uchun 24-maktabda o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarni kutib olish, tartibni ta’minlash hamda jarayonlarni kuzatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning test natijalari e’lon qilinadigan maxsus Telegram kanallari tashkil etilib, ularga havolalar tegishli guruhlarga joylashtirilgan.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Президент Шавкат Мирзиёев сув хўжалиги соҳасини рақамлаштириш, сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда соҳанинг хусусий сектор учун жозибадорлигини ошириш юзасидан тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по цифровизации водного хозяйства, совершенствованию системы управления водными ресурсами и повышению привлекательности сферы для частного сектора.

#Mirziyoyev #taqdimot #suvxujaligi #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kelajak soati” darslari muntazam o‘tkazilmoqda

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘iga asosan haftaning har dushanba kuni 1-soatda barcha sinflarda “Kelajak soati” darslari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

“Kelajak soati” — yoshlarning tafakkurini boyitish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ta’limiy tashabbusdir.

Bugungi mashg‘ulot “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirildi. Dars jarayonida vazirlik tomonidan tavsiya etilgan videokontentlar va metodik media vositalardan samarali foydalanildi. Ushbu o‘quv-metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni yanada chuqur anglashlariga, tarixiy bilimlarini mustahkamlashlariga xizmat qildi.

Mazkur darslar orqali yosh avlodda vatanparvarlik, ma’naviyat va tafakkur madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бирлашган кураш дунёси президенти Ненад Лаловични қабул қилди ҳамда уни "Дўстлик" ордени билан тақдирлади.

Глава нашего государства принял президента Объединенного мира борьбы Ненада Лаловича и наградил его орденом «Дўстлик».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
2025/10/19 13:30:57
Back to Top
HTML Embed Code: