Telegram Web Link
Farg‘ona tumanida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi start oldi

Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 14-oktyabrdan 23-oktyabrgacha bo‘lgan davrda Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkaziladi.

Olimpiada jarayonlari fanlar kesimida 3 navbatda tashkil etiladi:
▪️ 1-navbat: 9-sinflar uchun (soat 10:00 dan 11:40 gacha);
▪️ 2-navbat: 10-sinflar uchun (soat 13:00 dan 14:30 gacha);
▪️ 3-navbat: 11-sinflar uchun (soat 16:00 dan 17:30 gacha).

Tuman bosqichida jami 2882 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Shundan 996 nafar 9-sinf, 961 nafar 10-sinf va 925 nafar 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

Olimpiada jarayonlari samarali o‘tishi uchun 24-maktabda o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarni kutib olish, tartibni ta’minlash hamda jarayonlarni kuzatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning test natijalari e’lon qilinadigan maxsus Telegram kanallari tashkil etilib, ularga havolalar tegishli guruhlarga joylashtirilgan.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
Президент Шавкат Мирзиёев сув хўжалиги соҳасини рақамлаштириш, сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда соҳанинг хусусий сектор учун жозибадорлигини ошириш юзасидан тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по цифровизации водного хозяйства, совершенствованию системы управления водными ресурсами и повышению привлекательности сферы для частного сектора.

#Mirziyoyev #taqdimot #suvxujaligi #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kelajak soati” darslari muntazam o‘tkazilmoqda

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘iga asosan haftaning har dushanba kuni 1-soatda barcha sinflarda “Kelajak soati” darslari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

“Kelajak soati” — yoshlarning tafakkurini boyitish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ta’limiy tashabbusdir.

Bugungi mashg‘ulot “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirildi. Dars jarayonida vazirlik tomonidan tavsiya etilgan videokontentlar va metodik media vositalardan samarali foydalanildi. Ushbu o‘quv-metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni yanada chuqur anglashlariga, tarixiy bilimlarini mustahkamlashlariga xizmat qildi.

Mazkur darslar orqali yosh avlodda vatanparvarlik, ma’naviyat va tafakkur madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бирлашган кураш дунёси президенти Ненад Лаловични қабул қилди ҳамда уни "Дўстлик" ордени билан тақдирлади.

Глава нашего государства принял президента Объединенного мира борьбы Ненада Лаловича и наградил его орденом «Дўстлик».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanida “Kelajak soati” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Farg‘ona tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur dars jarayonlarini Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev olib bordi. Mashg‘ulot noan’anaviy metod asosida tashkil etilib, o‘quvchilarni faol fikrlashga, tarixiy merosimizni chuqur anglashga undadi.

Dars davomida Shavkatjon Yuldashev o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib borib, mavzuga oid batafsil tushunchalar berdi. Jarayon qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va yoshlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4
Bugun 14-oktabr 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro ko‘rish kuni.
🌏 Butunjahon Standartlash kuni.
🌏 Vinni Pux kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇿🇲 Belorusiya - Onalar kuni.
🇬🇪 Gruziya - Mtsxetoba.
🇨🇬 Kongo - Yoshlik kuni.
🇲🇩 Moldova - Kishinyov kuni.
🇵🇱 Polsha - O‘qituvchilar kuni.
🇹🇿 Tanzaniya - Nyerere kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina himoyachilari kuni (2015 yildan beri).
🇺🇦 Ukraina - Ukraina kazaklari kuni.
🇾🇪 Yaman - Ozodlik kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1066 - Gastings jangi.
🔹 1815 - Napoleon I Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi.
🔹 1843 - Birinchi bor “Mendelson” marshi sadolari yangragan kun.
🔹 1884 - Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi.
🔹 1900 - Zigmund Freydning mashhur "Tushlar ta’biri" kitobi nashr etildi.
🔹 1905 - Parijda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tashkil etildi.
🔹 1913 - Janubiy Uelsdagi shaxtada metan portlashi natijasida 439 kishi halok bo'ldi.
🔹 1924 - Tojikiston ASSR va Qora-Qirg'iz Avtonom viloyati tuzildi.
🔹 1926 - Londonda Alan Milnning "Vinni Pux" filmi namoyish etildi.
🔹 1928 - „Graf Zeppelin“ Atlantika okeanidan uchib oʻtib Nyu Jersi shtatida qoʻndi.
🔹 1933 - fashistlar Germaniyasi Millatlar Ligasidan chiqishini e'lon qildi.
🔹 1944 - Ukraina SSR fashist bosqinchilaridan ozod qiligan kuni.
🔹 1966 - AQSHda „Qora qoplonlar“ partiyasi tuzildi.
🔹 1970 - Gaagada havo kemalarini noqonuniy olib qo'yilishiga qarshi kurash to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilindi.
🔹 1972 - Bernardo Bertoluchchining mashhur "Parijdagi so'nggi tango" filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi.
🔹 1994 - Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o'tgan birinchi ayol bo'ldi.
🔹 2003 - Xitoy „Chenzhou“ kosmik kemasini fazoga uchirdi.
🔹 2012 - Feliks Baumgartner 39 km (128100 fut) balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi.
🔹 2017 - Mogadishodagi teraktlar, 580 dan ortiq odam halok bo'ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1542 - Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) - Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li.
🔸 1585 - Shuts Genri (1672) - nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi.
🔸 1644 - Uilyam Penn (1718) - nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi.
🔸 1873 - Jyul Rimet (1956) - fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54).
🔸 1890 - Duayt Devid Eyzenxauer (1969) - AQShning 34-prezidenti (1953-1961).
🔸 1893 - Ip Man (1972) - Xitoy jang san'atlari ustasi, Bryus Lining ustozi.
🔸 1906 - Raymond Devis (2006) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
🔸 1936 - Habibullayev Poʻlat (2010) - fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
🔸 1941 - Mamedova Tursunoy (1996) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1991).
🔸 1947 - Mo'minov Qodir - raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
🔸 1955 - Kozim Qayumov - xonanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
🔸 1969 - Viktor Onopko - rossiyalik futbolchi va trener.
🔸 1981 - Shabnam Surayyo - tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
“Yetakchi Camp” uchun qabul boshlandi!

⚡️Mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun maxsus camp: intellektual salohiyatni oshirish, shaxsiy rivojlanish va yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytirish — barchasi bir joyda.

Ishtirokchilar ariza topshirish yo‘li bilan saralab olinadi.

Arizalar qabul muddati: 17-oktabr (soat 23:59 gacha)

Ro‘yxatdan o‘tish: Havola

✔️ Batafsil ma’lumot

O‘zingizni sinang, tajribangizni kengaytiring va mahallangizdagi yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqing!

#YetakchiCamp

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Mahallada "yettilik" tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratish kabi 100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga 7,5 million fuqaro kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 2 barobar qisqardi. Shuningdek, 3,5 ming mahalla qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga keldi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirildi. Ular boshchiligida "yettilik" vertikal tizimi yaratildi, yetarli sharoit, resurs va vakolatlar berildi.

Mahalladagi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, ish o‘rni yaratish uchun mahallalarga bankir va soliqchilar bog‘lab berildi, infratuzilmaga ham alohida mablag‘ ajratilmoqda.

Davlatimiz rahbari bulardan samarali foydalanib, natija ko‘rsatayotgan mahallalar ko‘pligi, lekin ayrimlari yagona jamoa bo‘lib ishlab ketishni haligacha o‘rganmaganini ko‘rsatib o‘tdi.

"Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasiga borganim viloyat hokimlari, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, "yettilik"ni ko‘zini ochib, ularni sifat va kompetensiyani oshirishga undashi kerak",
– dedi P
rezident.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Prezident mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘tgan hafta imzolangan qarorga muvofiq, Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta og‘ir mahalla belgilab olindi.

Bu tumanlarning har biriga 100 milliard so‘mdan, 330 ta mahallaning har biriga esa 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Jahon banki va Islom taraqqiyot bankidan jalb qilingan 100 million dollar ham mazkur maqsadlarga qaratiladi.

Bundan tashqari, ushbu tuman va mahallalardagi "drayver" loyihalar infratuzilmasi uchun yana 2 trillion so‘m beriladi.

Umuman, bu dasturni moliyalashtirish uchun 7 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Viloyat hokimlarining o‘zi ham 2 tadan, tuman hokimlari esa 1 tadan og‘ir mahallani belgilab, ularga 5 milliard so‘mdan yo‘naltirishi, yana 236 ta mahalla aholisi turmushida keskin o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
2025/10/22 04:18:28
Back to Top
HTML Embed Code: