“Tinchlik” mahallasida “Mahalla raisi va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
“Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligining reja-grafik dasturiga muvofiq, Farg‘ona tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mahalla raisi va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda mahalla va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ta’limga bo‘lgan munosabat, bandlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish masalalarida fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amalda qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal

👍2
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳалла тизимини янада такомиллаштириш ва жойларда ишларни самарали ташкил этиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего совершенствования системы махалли и повышения эффективности организации работы на местах.
#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #infratuzilma
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Farg‘onalik o‘quvchi xalqaro ingliz tili olimpiadasida faxrli o‘rin egalladi
Farg‘ona tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-“B” sinf o‘quvchisi Xudayberdiyev Toxirmalik Muxsinjon o‘g‘li 2025-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan "VOC TOURNAMENT English Olympiad 2025 LAST Decisive Olympiad" tanlovining final bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yosh iste’dodning bu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan intilishining natijasi, balki Farg‘ona tumanida ta’lim sifati va o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha erishayotgan muvaffaqiyatlarining amaliy ifodasidir.
Toxirmalik Muxsinjon o‘g‘li ta’lim muassasasiga qaytgach, maktab ma’muriyati tomonidan tantanali tarzda kutib olindi, bu esa yosh iste’dodning yutuqlarini yanada qadrlash va boshqa o‘quvchilarni ham ilmiy izlanishlarga ruhlantirishga xizmat qildi.
Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Xudayberdiyev Toxirmalik Muxsinjon o‘g‘lini ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Yurtimiz nomini xalqaro miqyosda yuksaltirish yo‘lida unga omad, yuksak zafarlar va yangi marralar tilaymiz.

👍8
Forwarded from Farg'ona viloyati hokimligi
#Онлайн
“Фарғона водийси: тинчлик ва тараққиёт йўлида бирдамлик” мавзусида Фарғона тинчлик форуми биринчи йиғилишининг очилиш маросими давом этмоқда.
Тадбирда Қирғизистон Республикаси Президентининг Боткен вилоятидаги ваколатли вакили Ойбек Шаменов, Тожикистон Республикаси Сўғд вилояти раиси Ражаббой Аҳмадзода, Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирининг ўринбосари Бобур Усмонов, БМТнинг Марказий Осиё учун Превентив дипломатия бўйича минтақавий маркази раҳбари Каха Имнадзе, Европа Иттифоқининг Марказий Осиё бўйича махсус вакили Эдуардс Стипраис, ШҲТ Бош котиби ўринбосари Сухел Хон ва бошқалар форум мулоқот, ўзаро ишонч ва яхши қўшничиликни мустаҳкамлаш ҳамда Фарғона водийсини ривожлантириш учун доимий платформа яратишга хизмат қилишини таъкидлади.
Тадбир Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти томонидан Прогрессив ислоҳотлар маркази, ЕХҲТ, Тинчликни барпо этиш хаби ва бошқа нуфузли халқаро тузилмалар ҳамкорлигида, шунингдек, БМТ ва ЕИ кўмагида ўтказилмоқда.

👍1