Telegram Web Link
Жанубий Кореянинг Улсан метрополитен шаҳридаги “Lotte Hotel” меҳмонхонасида Фарғона-Улсан бизнес-форуми бўлиб ўтди.

Форумда вилоят ҳокимининг ўринбосари Нуриддин Мамажонов, Улсан шаҳар ҳокимининг ўринбосари Ан Сунг Даэ, Савдо-саноат палатаси раиси Ли Еон Чул, Фарғона вилояти Савдо-саноат палатаси раҳбари Шерзод Юлдашев, Миграция агентлиги директори Беҳзод Мусаев, икки ҳудуд расмийлари ва тадбиркорлари иштирок этди.

Форумда сўз олганлар томонидан мазкур бизнес-форум Фарғонада бошланиб, бугун унинг узвий давоми сифатида Улсан шаҳрида давом этаётганлиги таъкидланди. Ҳар икки минтақа ўртасида ҳамкорликни янги босқичда ривожлантиришга туртки бўлиши қайд этилди.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘ona tumanida Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

Har yili 15-oktyabr kuni butun dunyo bo‘ylab Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlanadi. Ushbu sana qishloq joylarda yashayotgan ayollarning mehnati, sabr-toqati, oilaviy qadriyatlarga sadoqati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni uchun ehtirom ifodasidir.

Shu munosabat bilan Farg‘ona tumanida ham turli bayram tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, “Xurshidi tobon” mahallasi hududida joylashgan “Fergana Oseana” klasterida “Qishloq ayollari bilan bir kun” mavzusida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kamila Kavlanova hamda Farg‘ona tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abduganiyeva ishtirok etib, qishloq ayollarining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, ularning oilaviy, ma’naviy va mehnat sohasidagi faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida paxta terimi mavsumida fidokorona mehnat qilgan bir guruh ayollar Farg‘ona tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiriga tuman madaniyat bo‘limi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari, xalqona chiqishlari va bayramona dastur alohida fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
2025/10/20 09:03:11
Back to Top
HTML Embed Code: