Telegram Web Link
Farg‘onalik o‘quvchining xalqaro muvaffaqiyati

Farg‘ona tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6–7-sinf o‘quvchilariAbdurahmonova Farzonaxon, Muhammadaminova Oynuraxon hamda Shokiraliyev Muhammadjon 2025-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “VOC TOURNAMENT English Olympiad 2025” tanlovining final bosqichida munosib ishtirok etishdi.

Ular orasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Farzonaxon Jamshidbek qizi yuqori natija ko‘rsatib, 100/100 ball to‘pladi va oltin medal sovrindori bo‘ldi.

Yosh iste’dodlarning bu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan intilishining natijasi, balki Farg‘ona tumanida ta’lim sifati yuksalib borayotgani, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishdagi yutuqlari kengayib borayotganining yaqqol dalilidir.

Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Farzonaxonning ushbu yutug‘ini samimiy muborakbod etamiz. O‘qishlarida ulkan omadlar va yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍5👏1🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanida fizika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazildi

Farg‘ona tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili rasmiy tarzda ochib berdi.

Test topshiriqlari maxsus muhrlangan qutilarda olib kelinib, o‘quvchilar ishtirokida ochildi. Bu jarayon shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilar, ustozlar va ta’lim mutaxassislari uchun ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda kelajakdagi yutuqlarga yo‘l ochuvchi muhim imkoniyat sifatida e’tirof etildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Farg‘ona tumanida jamoatchilik tashabbuslari ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda

Farg‘ona tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbuslarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-martdagi VII-6-32-11-163-K/25-sonli qarori ijrosi ustidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuhratjon Rahimov va Ozodaxon Dadajonovalar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Kaptarxona” qishloq shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

Tadbir davomida tibbiyot muassasalaridagi mavjud sharoitlar, yangi xarid qilingan zamonaviy tibbiy jihozlar va fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “Kaptarxona” qishloq shifokorlik punktida olib borilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi holati ham o‘rganildi. Deputatlar tomonidan qurilish sur’ati va sifati tahlil qilinib, mutasaddilarga obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, shuningdek, soha infratuzilmasini rivojlantirish borasida aniq amaliy topshiriqlar berildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев касаба уюшмалари фаоллари ва фахрийлари билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с активом и ветеранами профсоюзного движения.

#Mirziyoyev #uchrashuv #kasabauyushmalari #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
O‘zenergoinspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (647-son) qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
2025/10/20 05:08:27
Back to Top
HTML Embed Code: