Telegram Web Link
Deputat Bahodir Ahmadjonov maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bahodir Ahmadjonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tumandagi “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 44-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Tekshiruv davomida muassasadagi isitish tizimlari, qozonlarning texnik holati, yoqilg‘i zaxiralari, shuningdek, xonalarning mavsumga tayyorligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, energiya tejamkorlikni ta’minlash va bolalar uchun qulay muhit yaratish masalalari ham tahlil etildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat Bahodir Ahmadjonov muassasa rahbariyatiga kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, isitish tizimlarining uzluksiz va samarali ishlashini doimiy nazoratda ushlab borish zarurligini ta’kidladi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Xushxabar

Farg‘onalik paxtakorlar joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi

Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 313 ming 200 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Bu jarayonda zamonaviy paxta terim mashinalari, yangi texnika qo‘llanilishi orqali mehnat unumdorligi oshdi, terim jarayoni tezlashdi, sifat jihatidan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.

Viloyatda joriy yil hosili uchun 72 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilindi. Paxta maydonlarining 25 ming gektariga xorijiy nav ekildi.

Paxta xom ashyosini uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish maqsadida 1 515 ta otryadga 85 mingta terimchi, 194 ta paxta terish mashinalari hamda 2 986 ta paxta tashish texnikalari biriktirilib, tizimli ishlar amalga oshirildi.

Qo‘shtepa, Uchko‘prik, Dang‘ara, Buvayda, Yozyovon, Oltiariq, Quva, Bag‘dod tumanlari peshqadam bo‘lib, shartnomaviy rejani uddalashdi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍3🔥1👏1
Prezident Farmoni: Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi. Hokimlar bu bo‘linmalar ustidan rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni 6 nafar, tuman-shaharlarda 4 nafar etib belgilandi. Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim to‘g‘ri keladi.

KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15% ga oshiriladi.

2026-yildan “Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi” har yili o‘tkaziladi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri va 2030-yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim topshiriq berilgan edi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hokimliklariga har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish vazifasi yuklatilgan edi.


Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan viloyatning turli hududlaridan saralangan 25 nafar mentor-o‘qituvchi Yaponiya davlatiga malaka oshirish uchun junab ketganlikolariborasida xabardorsiz

Dastlab viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida uchrashuvlarda bo‘lishdi.
Bugun yurtdoshlarimiz Tokio prefekturasi Suginami tumanidagi Momoi 2-sonli boshlang‘ich maktabida maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Soha mutasadilari muassasa faoliyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim extishdi. Ustozlarimiz maktabda ta’lim borasidagi tajribalarni o‘rganish jarayonlarida muassasadagi dars jarayonlarida ham qatnashishdi.

Muasasada Farg‘onalik ustozlar va ushbu maktab rahbariyati bilan ochiq muloqon ham tashkillandi. Unda ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

Ta’lim delegatsiyamizning safari Yaponiyada mazmunli davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Suginami – Tokioning gʻarbiy qismida joylashgan 23 maxsus tumanidan biri bo‘lib, yashash uchun qulay va tabiiy go‘zalligini saqlab qolgan hudud hisoblanadi. U Omekaydo yo‘li bo‘yida ekilgan kedr daraxtlari sharofati bilan shu nomni olgan. Suginami tumanida davlat va xususiy maktablar ko‘p. Masalan, Suginami Junior High School – aralash davlat o‘rta maktabi, Shin – Kyokushinkai – xususiy karate maktabi, hamda Ohyu Gakuen – faqat qizlar uchun mo‘ljallangan xususiy o‘rta maktab joylashgan. Aholisi taxminan 590 ming kishi.


🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/10/26 04:11:53
Back to Top
HTML Embed Code: