Farg‘ona tumanida Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, hafta davomida mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Murodjon Qunduzov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Mazkur qabulda Farg‘ona tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Abduraximov ham ishtirok etdi.
Qabul davomida 16 nafar fuqarodan jami 18 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 11 ta murojaat bo‘yicha esa masalalar kompleks o‘rganishni talab etgani bois, ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, probatsiya hisobida turgan 3 nafar fuqaroning murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularning muammolari ijobiy hal etildi.
🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Farg'ona viloyati hokimligi
Farg‘ona va Xubey o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining Xubey provinsiyasi Uxan shahridan kelgan qator kompaniyalar vakillaridan iborat katta ishbilarmonlar guruhini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
—
Сотрудничество между Ферганой и Хубэем укрепляется
Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров принял крупную делегацию китайских бизнесменов — представителей ряда компаний провинции Хубэй города Ухань.
—
Cooperation between Fergana and Hubei is Strengthening
The regional governor Khayrullo Bozorov received a large group of business representatives from several companies from Wuhan city, Hubei province, People’s Republic of China.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Men har safar xorijliklar o‘zbek tilida so‘zlayotganini ko‘rsam, chuqur faxr tuyg‘usini his qilaman. Albatta, sizda ham shunday bo‘lsa kerak. Ba’zida ular bizning o‘zimizdan ham ona tilimizda ravon gapirishi hayron qoldiradi.
Bugun esa yana bir yorqin misolga guvoh bo‘ldim — xitoylik talaba o‘zbek tilida juda ravon so‘zladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida biz sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushirdik" deydi, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev.
Endi xorijliklar learnuzbek.ai platformasi orqali kuniga atigi 15 daqiqa ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Bugun esa yana bir yorqin misolga guvoh bo‘ldim — xitoylik talaba o‘zbek tilida juda ravon so‘zladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida biz sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushirdik" deydi, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev.
Endi xorijliklar learnuzbek.ai platformasi orqali kuniga atigi 15 daqiqa ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Fargʻona tumani hokimi Xitoylik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov Xitoy Xalq Respublikasining Xubey provinsiyasi Uxan shahridan tashrif buyurgan bir guruh kompaniyalar vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar Fargʻona tumani “Logʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Baxodir Logʻon Tekstil” MChJ qoʻshma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Xitoylik investorlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, ilgʻor texnologiyalar va eksport salohiyatini oʻrganish jarayonida katta qiziqish bildirishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

👍2