Telegram Web Link
Farg‘ona shahrida MIB faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning yanvar-may oylaridagi faoliyat yakunlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, 267 nafar fuqaroning huquqlari tiklanib, ular foydasiga jami 3,2 mlrd so‘m undirib berilgan. Shuningdek, qarzdorliklarni undirish, aliment masalalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

MIB ishiga zamonaviy elektron tizimlarni joriy etish, shaffoflikni ta’minlash va aholiga qulaylik yaratish choralari ham anjumanning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.

Web sayt|Telegram|YouTube|Facebook
Bugun butun dunyo bo‘ylab nafaqat ta’lim tizimini, balki jamiyat hayotini ham o‘zgartirayotgan “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdim.

O‘tgan yildan boshlab “Teach For Uzbekistan” loyihasi “Teach For All” oilasiga qo‘shildi. Liderlik qobiliyatiga ega iqtidorli yoshlar esa mazkur harakatning bir qismiga aylanib bormoqda.

Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta’lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz.

“Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman.



Сегодня я встретилась с Венди Копп, основательницей Teach For All — уникального движения, которое меняет не только систему образования по всему миру, но и жизнь сообществ.

С прошлого года Teach For Uzbekistan вошёл в семью Teach For All. И талантливая молодёжь с лидерскими способностями уже становится частью этого движения.

Мы обсудили с г-жой Копп наш Центрально-Азиатский регион. У нас уже есть значимые достижения в сфере образования и прав женщин, и мы хотели бы, чтобы этот положительный опыт распространялся за пределами наших границ.

Я уверена, что Teach For Uzbekistan — это ещё один отличный проект в нашей большой реформе системы образования, который внесёт свой вклад в улучшение жизни тысяч детей в отдалённых регионах страны.
2025/06/28 07:12:02
Back to Top
HTML Embed Code: