Telegram Web Link
Фарғона шаҳрида бозор назорати: Ҳоким мутасаддилар билан Марказий деҳқон бозорида

🔷Аҳоли турмуш даражасини ошириш, бозордаги нарх-наво барқарорлигини таъминлаш ҳамда тадбиркорларга қулай муҳит яратиш мақсадида Фарғона шаҳар ҳокими мутасадди ташкилотлар раҳбарлари билан биргаликда Фарғона шаҳар Марказий деҳқон бозорида ўрганиш ишларини олиб борди.

🔍 Ўрганиш жараёнида асосий эътибор қуйидаги йўналишларга қаратилди:

🔹Бозордаги кундалик истеъмол маҳсулотлари нархларининг асослилиги;
🔹Савдо қатори ва дўконлардаги инфратузилма ҳолати;
🔹Ёнғин хавфсизлиги талабларига риоя этилиш ҳолати;
🔹Маҳсулотлар номи ва нархларининг аниқ ва кўринарли қилиб ёзилиши;
🔹Тадбиркорлар фаолияти учун яратилган шарт-шароитлар.

Шунингдек, шаҳар ҳокими бозор инфратузилмасини яхшилаш, санитария-гигиена ҳолатини кучайтириш ва бозорда савдо маданиятини ошириш юзасидан ҳам тегишли кўрсатмалар берди.

Мақсад – аҳолига сифатли, арзон ва хавфсиз маҳсулотларни таклиф этиш, тадбиркор учун эса қулай фаолият муҳитини яратишдир.
👍5
“Dolzarb 90 kun” — Yozgi orzular va imkoniyatlar marafoni!

Farg‘ona shahrida yozgi ta’til o‘quvchilar uchun mazmunli va ilhomli o‘tmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktablar sport, san’at, texnologiya va kitobxonlik to‘garaklari bilan gavjum.

Har bir kun — yangi bilim, yangi do‘stlar va yangi imkoniyatlar sari qadam. Bu loyiha bolalarning ijodiy o‘sishi, faolligi va orzular sari intilishiga kuch bermoqda!

Web sayt|Telegram|YouTube|Facebook
🔥1👏1
Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan "E-mehmon" tizimi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.

O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YAIDXP (my.gov.uz) orqali.

Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

Manba: Qonun (O‘RQ–1074-son, 10.07.2025 y.)


Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
2025/07/14 15:27:17
Back to Top
HTML Embed Code: