Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Insoniyat Tarixidagi ENG XAVFLI 3ta Elektron SXEMA ⚠️
Uchta sxema, uchta fojia, barchasi elektron "miya"dagi xatolik tufayli...

1️⃣ Manhattan Loyihasi (1940-yillar)
Dunyodagi ilk atom bombasi yaratildi. Sxemalar — yadroviy portlashni nazorat qiluvchi detonatsiya tizimlari edi. Bu sxemalar Xirosima va Nagasaki fojealarining "ko'rinmas tugmasi" bo'lgan.

2️⃣ Therac-25 (1985–1987)
Tibbiy davolash uchun mo‘ljallangan nurlantiruvchi qurilma. Ammo ichki dasturiy xato va elektron sxema nosozligi sababli 6 nafar bemorga haddan ziyod nurlanish yuborildi. Ko‘pchiligi halok bo‘ldi. Eng xavfli “tibbiy xatolik”lardan biri.

3️⃣ Space Shuttle – Challenger (1986)
Raketaning uchirilishini boshqaruvchi elektron tizimlar sovuq havo tufayli to‘g‘ri ishlamadi. Oqibatda parvozdan 73 soniya o‘tib portlash ro‘y berdi. 7 nafar astronavt halok bo‘ldi. NASA uchun tarixiy saboq.
Telegram | Instagram
#Dolzarb_90_kun
#Mahalla_hamkorlik

🔰 Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Axborot- resurs markaziga “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig’ini yoshlarining muntazam tashriflari davom etmoqda.

📎 Tashrif davomida asosiy e’tibor yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularning kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilmoqda.

✅️ 2025-yil 3-iyul kuni mahalla yoshlari kitob mutolasidan so‘ng axborot-resurs markazining elektron o‘quv zaliga tashrif buyurib, bu yerda o‘zlari uchun qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandilar.

💻 Zamonaviy kompyuterlar, bepul internet imkoniyatlari, axborot-resurs markazi xodimlarining e’tibori va qulay shart-sharoitlardan yoshlar unumli foydalanmoqdalar.

@farpiyoshlar
#Dolzarb_90_kun
#Mahalla_hamkorlik

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Axborot- resurs markazi bilan “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig’ini o‘rtasida hamkorlik doirasida maxalla yoshlarining universitet sport inshootlaridan foydalanish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yildii.

@farpiyoshlar
Audio
#nazm

Koʻngil

Telbalardek tentirab goho,
Koʻngilni bir yoʻlga solmayman.
Beqaror koʻngilning dastidan,
Tin olib, bir oz dam olmayman.

Davada boʻronli bu koʻngil,
Shabada toʻfonli bu koʻngil.
Gohida muloyim hokisor,
Musicha beozor bu koʻngil.

Quyoshning taftidek bu koʻngil,
Goʻdakning kaftidek bu koʻngil.
Hurlarning juftidek bu koʻngil,
Koʻngilning tilini bilmayman.

Koʻngilni "Koʻngin" deb undayman,
Nurdayin guliston kundayman.
Gohida zimiston tundayman,
Koʻngilni tilini bilmayman.

Man degan tilmochlar toʻplansin,
Fikrlar jamlansin hoʻplansin.
Koʻngilni koʻndirsin—gaplashsin,
Koʻngliga jon fido qilgayman!

Sarvinozxon Norbo‘tayeva.
🎤Xamidullo Xabibullayev.

@farpiyoshlar
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_23_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/-mQ7xpEArp4 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb90kun
#online
Energetika muhandisligi fakulteti tyutori D.Nurmatovaga biriktirilgan 53-22 TJBAKT guruh talabalari
Fargʻona viloyati va tumanlarda joylashgan bir nechta korxonalarda yozgi ta'tilda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida va mutaxassislik fanlarini mustahkamlamoqda hamda ilmiy faoliyatlarini davom ettirishib o'z malakalarini oshirishmoqda.
2025/07/04 12:19:06
Back to Top
HTML Embed Code: