Dolzarb_90_kun
#Kiber_sport_2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti axborot texnologiyalari va telekomunikatsya fakulteti tyutori D.Abdullayev "Talabalar Kibersport o‘yinlari -2025" Respublika chempionatiga Toshkent shahridan tashrif buyurgan 3- jamoasining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Marg‘ilon shahrida joylashgan Hunarmandlar markaziga sayohatga olib bordi.
💎Sayohat davomida mehmonlar atlas, adras va baxmal matolarining qo‘l mehnatida to‘qilish jarayonini bevosita kuzatishdi. Ustalar tomonidan an'anaviy uslubda tayyorlanayotgan matolar, milliy hunarmandchiligimiz va ish jarayonlari katta qiziqish uyg‘otdi.
🪡 Mehmonlar qadimiy ipakchilik san’ati bilan yaqindan tanishib, bu merosning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan nozik jihatlariga guvoh bo‘lishdi.
🏡23.06.2025 kunida esa boshqa bir guruhni Fargʻona shahridagi soʻlim goʻshalardan biri Eco shaxarda tashkil etilgan ECO PARKGA musiqali fontanlarni tomosha qilish va madaniy xordiq chiqarishi uchun sayohatga olib chiqildi.
@farpiyoshlar

👍2⚡1❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kibersport2025_dolzarb_90_kun
Jarayonlar haqida batafsil videolavhada!
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
“Talabalar kibersport o’yinlari – Farg’ona 2025” final bosqichi Farg‘ona davlat texnika universiteti mezbonligida 23–25 iyun kunlari o’tkazildi.
Jarayonlar haqida batafsil videolavhada!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
👍3
#Yoshlar_bunyodkorligi_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#mahalla_hamkorlik
🎓 Talabaning muvaffaqiyati — barchamiz uchun faxr...
💎Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori M.Axmedova o‘ziga biriktirilgan namunali, faol talabasi Yuldashev Diyorbekni universitetda erishgan yutuqlari munosabati bilan berilgan tashakkurnomani uni tarbiyalagan ota-onasi va mahalla faollariga yetkazilishini nazoratga oldi.
📮 Tashakkurnoma pochta orqali bevosita mahalla manziliga, ya'ni Sohibkor mfyga yuborildi, bu orqali universitet va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.
📌 Bu kabi e’tiroflar yoshlarimizni rag‘batlantiradi, ota-onalar va mahalla ahlini esa ilmlarni qadrlashga undaydi!

⚡1💔1
Bitiruv loyihalari amaliyotda!
🔹Arxitektura va qurilish fakultetining “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” kafedrasi bitiruvchi talabalari o‘zlarining Bitiruv malakaviy ishlarini Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” DUKda muvaffaqiyatli himoya qildilar.
🖇Himoya jarayonida DAK raisi va a’zolari bilan bir qatorda korxonaning yetakchi mutaxassislari ham ishtirok etdi.
Talabalar 4 yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini real muammolar yechimida namoyon etdilar.

👍2
Forwarded from Abdulhamid_Muqimov
Assalomu alaykum, barchangizga hayrli kun!
Avvalo, ushbu musobaqaning har bir lahzasini chin dildan unutilmas qilgan tashkilotchilar, rahbarlar, ustozlar, doimiy qo‘llab-quvvatlovchi tyutorlar va volontyor do‘stlarimga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Bu 3 kunlik jarayon – mening Farg‘ona davlat texnika universitetida o‘qigan 4 yillik talabalik hayotimdagi eng yorqin, eng esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi.
Farg‘ona davlat texnika universiteti — bu oddiy ta’lim muassasasi emas, bu haqiqiy oila ekanini yana bir bor chuqur his qildim. Har bir daqiqa, har bir ishtirok, har bir tabassum — o‘zgacha iliqlik va mehr bilan o‘tdi.
Yana shunday Respublika, Osiyo, hattoki jahon miqyosidagi musobaqalarga mezbonlik qilish nasib etsin, degan umiddaman.
Mexanika-mashinasozlik fakulteti 16-21 guruh talabasi Media-volontyor Muqimov Abdulhamid

❤2🔥2
#Yoshlar_bunyodkorligi_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#mahalla_hamkorlik
🏓🥈Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori M. Axmedovaga biriktirilgan talabalardan biri Rajabboyev Nurdiyor 2025-yil 19–23 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan para sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqasida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
🎗Uning bu yutug‘i – irodaning, mehnatsevarlikning va fidoyilikning yorqin namunasi!
🇺🇿 Biz faxrlanamiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulug‘vor g‘alabalar tilaymiz!
🥈Ushbu talabamiz g‘alabani bir oy oldin qo‘lda kiritgan bo‘lsada, hechdan ko‘ra, kech yaxshi degan mazmunda yoritishga qaror qildik...
Nurdiyorni yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz...

❤2🏆1
XAVFSIZ MEHNAT – ASOSIY USTUVORLIK!
🔹2025-yil 20-iyundan boshlab Farg‘ona davlat texnika universitetida barcha xodimlar uchun mehnat muhofazasi, fuqaro muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
🖇O‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda va “NNGQIT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tildi. Kurslar yakunida barcha xodimlar bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
O‘qitish va sinov jarayonlari uchun mas’ul komissiya ham shakllantirilgan.

Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_kun
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni
Har yili 26-iyun sanasida butun dunyoda Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 1987-yildan boshlab joriy etilgan ushbu sana global miqyosda giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamiyatni bu illatdan asrashga qaratilgan dolzarb kun sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada qabul qilingan qonunlar, milliy dasturlar, profilaktik tadbirlar va ta’lim-tarbiyaviy loyihalar orqali keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Ayni kunlarda mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab yoshlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sport musobaqalari, davra suhbatlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularning barchasi yosh avlodni giyohvandlikning og‘ir oqibatlaridan ogoh etish, sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Unutmaylik, sog‘lom hayot – bizning tanlovimiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram