Telegram Web Link
Dolzarb_90_kun
#Kiber_sport_2025

Farg‘ona davlat texnika universiteti axborot texnologiyalari va telekomunikatsya fakulteti tyutori D.Abdullayev "Talabalar Kibersport o‘yinlari -2025" Respublika chempionatiga Toshkent shahridan tashrif buyurgan 3- jamoasining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Marg‘ilon shahrida joylashgan Hunarmandlar markaziga sayohatga olib bordi.
💎Sayohat davomida mehmonlar atlas, adras va baxmal matolarining qo‘l mehnatida to‘qilish jarayonini bevosita kuzatishdi. Ustalar tomonidan an'anaviy uslubda tayyorlanayotgan matolar, milliy hunarmandchiligimiz va ish jarayonlari katta qiziqish uyg‘otdi.
🪡 Mehmonlar qadimiy ipakchilik san’ati bilan yaqindan tanishib, bu merosning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan nozik jihatlariga guvoh bo‘lishdi.
🏡23.06.2025 kunida esa boshqa bir guruhni Fargʻona shahridagi soʻlim goʻshalardan biri Eco shaxarda tashkil etilgan ECO PARKGA musiqali fontanlarni tomosha qilish va madaniy xordiq chiqarishi uchun sayohatga olib chiqildi.

@farpiyoshlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bunyodkorligi_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#mahalla_hamkorlik

🎓 Talabaning muvaffaqiyati — barchamiz uchun faxr...
💎Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori M.Axmedova o‘ziga biriktirilgan namunali,  faol talabasi Yuldashev Diyorbekni universitetda erishgan yutuqlari munosabati bilan berilgan tashakkurnomani uni tarbiyalagan ota-onasi va mahalla faollariga yetkazilishini nazoratga oldi.
📮 Tashakkurnoma pochta orqali bevosita mahalla manziliga,  ya'ni Sohibkor mfyga yuborildi, bu orqali universitet va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.
📌 Bu kabi e’tiroflar yoshlarimizni rag‘batlantiradi, ota-onalar va mahalla ahlini esa ilmlarni qadrlashga undaydi!
Bitiruv loyihalari amaliyotda!

🔹Arxitektura va qurilish fakultetining “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” kafedrasi bitiruvchi talabalari o‘zlarining Bitiruv malakaviy ishlarini Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” DUKda muvaffaqiyatli himoya qildilar.

🖇Himoya jarayonida DAK raisi va a’zolari bilan bir qatorda korxonaning yetakchi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Talabalar 4 yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini real muammolar yechimida namoyon etdilar.

@farpiyoshlar
Forwarded from Abdulhamid_Muqimov
Assalomu alaykum, barchangizga hayrli kun!

Avvalo, ushbu musobaqaning har bir lahzasini chin dildan unutilmas qilgan tashkilotchilar, rahbarlar, ustozlar, doimiy qo‘llab-quvvatlovchi tyutorlar va volontyor do‘stlarimga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu 3 kunlik jarayon – mening Farg‘ona davlat texnika universitetida o‘qigan 4 yillik talabalik hayotimdagi eng yorqin, eng esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi.

Farg‘ona davlat texnika universiteti — bu oddiy ta’lim muassasasi emas, bu haqiqiy oila ekanini yana bir bor chuqur his qildim. Har bir daqiqa, har bir ishtirok, har bir tabassum — o‘zgacha iliqlik va mehr bilan o‘tdi.

Yana shunday Respublika, Osiyo, hattoki jahon miqyosidagi musobaqalarga mezbonlik qilish nasib etsin, degan umiddaman.

Mexanika-mashinasozlik fakulteti 16-21 guruh talabasi Media-volontyor Muqimov Abdulhamid
#Yoshlar_bunyodkorligi_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#mahalla_hamkorlik

🏓🥈
Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori M. Axmedovaga biriktirilgan talabalardan biri Rajabboyev Nurdiyor 2025-yil 19–23 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan para sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqasida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
🎗Uning bu yutug‘i – irodaning, mehnatsevarlikning va fidoyilikning yorqin namunasi!
🇺🇿 Biz faxrlanamiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulug‘vor g‘alabalar tilaymiz!
🥈Ushbu talabamiz g‘alabani bir oy oldin qo‘lda kiritgan bo‘lsada, hechdan ko‘ra, kech yaxshi degan mazmunda yoritishga qaror qildik...
Nurdiyorni yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz...
XAVFSIZ MEHNAT – ASOSIY USTUVORLIK!

🔹2025-yil 20-iyundan boshlab Farg‘ona davlat texnika universitetida barcha xodimlar uchun mehnat muhofazasi, fuqaro muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

🖇O‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda va “NNGQIT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tildi. Kurslar yakunida barcha xodimlar bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

O‘qitish va sinov jarayonlari uchun mas’ul komissiya ham shakllantirilgan.

@farpiyoshlar
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 DevFlix bilan 1 oyda dasturchiga aylaning!
🌐 0 dan boshlab full stack dasturchi bo‘lishni xohlaysizmi?

📣 Endi bu imkonsiz emas!
Biz — DevFlix jamoasi, siz uchun sun'iy intellekt bilan integratsiyalashgan zamonaviy o‘quv platforma yaratdik! Bu platformada siz:

Hech qanday tajribasiz ham o‘rganasiz
Qulay interfeys va AI yordamida bilimlarni chuqur o‘zlashtirasiz
Real loyihalar asosida tajriba orttirasiz
Atigi 1 oyda mustaqil dasturchiga aylanasiz!

🎓 Kursimiz sizga qiziq bo‘lsa:
📞 Quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
📲 +99833 737 25 35
YOKI ⬇️
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: [havola]

devflix
📌 Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, DevFlix jamoasi siz bilan bog‘lanadi!

@farpiyoshlar
2025/07/06 00:59:29
Back to Top
HTML Embed Code: