Telegram Web Link
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, “yashil” iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

@alisher_sadullaev
2
#dolzarb90kun
#mahallabay
#ARM
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Farg’ona davlat texnika universiteti Axborot- resurs markazi bilan “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig’ini o‘rtasida hamkorlik doirasida mahalla yoshlarining Axborot- resurs markaziga muntazam tashriflari yo‘lga qoyildi.
Tashrif davomida asosiy e’tibor yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularning kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratildi. Buning uchun axborot-resurs markazining elektron o‘quv zalidagi kompyuterlar ishchi holatga keltirildi, internet xizmatlari imkoniyatlari kengaytirildi va xodimlar xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirildi.
@farpiyoshlar
#dolzarb_90_kun
#oliygoh_mfy_hamkorlik

Hunar—hunardan unar

Farg‘ona davlat texnika universiteti Kimyo-texnologiya fakulteti tyutorlari Jo‘ydam MFY ning yoshlari bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish maqsadida MFY profilaktika inspektori A.Raxmonqulov bilan hamkorlikda Jo‘ydam MFY ga tegishli xususiy tadbirkor Iskandar ustaning  ustaxonasiga bordi.
...Yoshlar bo‘sh vaqtida hunar o‘rganib, oila va jamiyat uchun foydali mehnat bilan shug‘ullanishi quvonsa arzigulik holat...S.Norbo‘tayeva
Mahalla yettiligi bilan 90 kun davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tizimli ravishda davom etadi

@farpiyoshlar
2🔥2🏆1
Forwarded from Edu.uz
Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!

Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#dolzarb90kun
#tyutor
#tahlil
#KTF_YSTF
Ma‘lumki, barcha OTMlarda vazirlikning 2021-yil 30-sentabr kungi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 412-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom”ga asosan tyutorlik instituti tashkil etilgan.
Ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida universitetda 2024/2025-o‘quv yilida faoliyat olib borgan tyutorlarning mehnat samaradorligini baholash, amalga oshirilgan ishlar hisobotlarini tahlil qilish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan tyutorlarning taqdimot himoyalari tinglandi.
@farpiyoshlar
4
#dolzarb_90_kun
#xotin_qizlar
#muhandis_qizlar_klubi
#birtalabaga_birloyiha

30-iyun kuni Kimyo texnologiya fakulteti EL.92-23 guruh talabasi, Universitetning "Muhandis qizlar klubi" Ilmiy loyihalar koordinatori M.Madoripova va bir guruh iqtidorli talaba qizlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida talaba-qizlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, ularning texnologik yangiliklarga bo‘lgan munosabati, shuningdek, muhandislik sohasidagi ayollar faoliyatining ahamiyati keng yoritildi.

@farpiyoshlar
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz


Bugun 1-iyul haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳Xalqaro kooperativlar kuni.
🌏Xalqaro Reggi kuni.
🇦🇲Armaniston – Prokuratura xodimlari kuni.
🇰🇬Qirgʻiziston – Soliq xizmati xodimlari kuni.
🇲🇽Meksika – Muhandislar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1783 – Sankt-Peterburgda  Katta teatr ochildi.
🔹1866 – Toshkentda o‘g‘il va qiz bolalar o‘qiydigan birinchi rus maktabi ochildi.
🔹1994 – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan.
🔹 2020 - O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi.

#tavalludlar
🔹1742 – Georg Kristof Lixtenberg – nemis olimi va publitsisti.
🔹1925 – Muhtarama Nosirova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1967 – Pamela Anderson – amerika-kanadalik aktrisa va model.
🔹1973 – Tohir Sodiqov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1999 – Charos Qayumova – o‘zbek taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi, Osiyo chempioni.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1

📚Kitobxon ayol – yuragini ilm, tafakkur va hayol bilan bezagan durdonadir. Uning har bir oʻqigan sahifasi qalbini kengaytiradi, dunyoqarashini charxlaydi. Kitob bilan doʻstlashgan ayol – jamiyatni tarbiyalovchi eng kuchli ustundir.
Dolzarb 90 Kun loyihasi doirasida Fargʻona davlat texnika universiteti Arxitektura va Qurilish fakulteti Xotin qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M. Abdukadirova hamda "Muhandis qizlar klubi “
“Ma’naviyat va milliy qadriyatlarni mustahkamlash ” yo’nalish koordinatori M. Ergashevalar tomonidan mana shunday ayol qizlarimizni koʻpaytirish maqsadida hayrli ishga, jamoaga  asos solingan.
📍 Ushbu jamoada mutolaa qilinuvchi kitoblar roʻyxati va elektron namunasi  sizga   beriladi va viktorinalar oʻtqazilib, sovrindorlar exclusive sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Uzoq masofada boʻlsangiz sovgʻangiz albatta yetkaziladi. Batafsil jamoa telegram sahifasida.
👩 Jamoaga barcha toifadagi ayol qizlarimiz, hattoki oliygohimizni tamomlab boshqa faoliyatda boʻlgan qiz va ayollarimiz qoʻshilishi mumkin
Telegram sahifa:
https://www.tg-me.com/kitobxon_qizlarFDTU
✏️Bir ayol uchun qilingan sarmoya bir millat uchun  sarmoyadir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22
2025/07/12 17:58:15
Back to Top
HTML Embed Code: