Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kun
#Yoshlar_bilan_birga
#Boʻsh_vaqtga_mazmun
#Motivatsiya_yoʻli

🎯 Bo‘sh vaqt — bu imkoniyat!
Mahalla yoshlari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻz bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishmoqda. Ular sport, ijodiy toʻgaraklar, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etishmoqda.
Fargʻona davlat texnika universiteti Kimyo texnologiya fakulteti tyutori Sh.Ubaydullayeva ularni oʻz ustida ishlash, harakat qilish va kelajak sari dadil intilishga undadi. Har bir yoshda cheksiz imkoniyat bor — faqat unga ishonish va mehnat qilish kerak!

📢 Bunday ibratli faoliyatlar boshqa tengdoshlar uchun ham kuchli turtki boʻladi.

@farpiyoshlar
2👏1
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#Bu_bilim_ijod_va_yuksalish_sari_dadil_qadamdir_
Joriy yilning 11-iyul  kuni Energetika fakulteti tyutorlari Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Madaniyat"MFY ga  tashrif buyurib, mahalladagi mas'ul shaxslar bilan hududda yashayotgan uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdilar. Uchrashuv mobaynida Farg‘ona davlat texnika universiteti va undagi yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot berdilar.

@farpiyoshlar
👍2
📌 #Dolzarb90kun
#talaba_tur

Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori O.Ro‘zmatovaga biriktirilgan 66-24BH guruh talabasi Rahmatov Ayubxon “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Namangan viloyatining go‘zal manzarali maskani — Chodak tog‘lariga sayohat uyushtirdi.

Ushbu safar davomida yoshlar tabiat qo‘ynida dam oldilar, ekologik muammolar haqida o‘yladilar.
Tog‘ bag‘rida o‘tkazilgan vaqt, sog‘lom turmush tarzi va ruhiy tetiklikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🎒 Sayohat davomida olingan suratlar va taassurotlar ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rildi. Bu esa boshqa yoshlarga ham ilhom manbai bo‘lmoqda.
3
#DOLZARB_90_KUN
#Bitiruvchi_talaba

Bilamizki bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash bugungi kunimizning asosiy masalasi hisoblanadi.
📍Joriy yilning 11 iyul kuni Ipoteka bank ATB Farg‘ona filiali tomonidan Farg‘ona davlat texnika universitetining  bitiruvchi talabalari uchun taklif etilgan  Call markazga ishga qabul qilish bo‘yicha Ipoteka bankATB Farg‘ona filiali rahbariyati hamda universitetning Talabalar amaliyoti bo‘limi rahbari F.Mamasoliyeva tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.

📎 Ushbu suhbat jarayoniga talabgor sifatida murojaat qilgan 20 nafardan ortiq bitiruvchilarimiz ishtirok  etishdi.

✔️Suhbatning birinchi bosqichidan muvofaqiyatli  o‘tgan 10 nafar talabalar  tanlovning keyingi  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

⚫️Uchrashuv yakunida, Ipoteka bank ATB Farg‘ona filiali bilan  hamkorlikda ishlash istagini bildirgan  talabalar ro‘yhati shakillantirgan  holda  suhbat  jarayonlarini  o‘tkazib borish hamda suhbatdan muvofaqiyatli o‘tgan talabalarni  ishga  qabul  qilish jarayoni davom etishi bo‘yicha  kelishib olindi.

🔎Ish o‘rinlari mavjud va tanlov davom etmoqda!
Aloqa uchun:
+998771686169
+998907222492

@farpiyoshlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Dolzarb_90 kun
📌 Tabiat qoʻynida unutilmas dam olish!

"Yozgi taʼtil kunlaridan unumli foydalanish maqsadida talabalarimiz bilan Shohimardonning go‘zal tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirdik. Togʻlar bagrida toza havo, zilol buloqlar, yashil vodiylar qoʻynida birgalikda dam oldik, sport oʻyinlari o‘ynadik va mazmunli suhbatlar o‘tkazdik.

Bunday sayohatlar talabalarimizning jismoniy va ruhiy sogʻlig‘ini mustahkamlash, jamoa boʻlib harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Fargʻona davlat texnika universiteti Yengil sanoat va toʻqimachilik fakulteti tyutori D.Agalikova

@farpiyoshlar
👍4
2025/07/13 06:15:07
Back to Top
HTML Embed Code: