Telegram Web Link
#dolzarb90kun
#tyutor
#tahlil
#arxitektura_va_qurilish
Ma‘lumki, barcha OTMlarda vazirlikning 2021-yil 30-sentabr kungi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 412-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom”ga asosan tyutorlik instituti tashkil etilgan.
Ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida universitetda 2024/2025-o‘quv yilida faoliyat olib borgan tyutorlarning mehnat samaradorligini baholash, amalga oshirilgan ishlar hisobotlarini tahlil qilish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan tyutorlarning taqdimot himoyalari tinglanmoqda.
@farpiyoshlar
#dolzarb90kun
#tyutor
#tahlil
#mexanika_mashinasozlik

#uch_avlod_uchrashuvi
Bugun FDTUda tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi"ga 1975-yili institutning Mexanika fakultetini bitirgan sobiq talabalar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda 1-prorektor Sh.Dexkanov so‘z olib, mehmonlarni samimiy qutladi.
Suhbat chog'ida nurli insonlarning oliygohda ta'lim olgan vaqtlaridagi sharoit bilan hozirgi kundagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklarni taqqoslab, universitetdagi islohotlardan mamnun ekanliklarini isxor etdilar.
Tadbirda 100 nafar talaba-yoshlar, tyutorlar va pedagoglar ishtirok etdi.
@farpiyoshlar
🍽️ Sadoqatli xizmat – har lahzada!

Farg‘ona davlat texnika universitetining fidoyi volontyor talabalari "Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025" tanlovida nafaqat tadbir davomida, balki har bir ovqatlanish vaqtida ham mehmonlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishdi.

🌅 Nonushta — tonggi hushkayfiyatni ulashgan tabassumli qarshi olish. Issiq choy, iliq so‘zlar va toza muhit — buning bariga ularning mehrli qo‘llari sababchi bo‘ldi.

☀️ Tushlik — musobaqalardan charchagan ishtirokchilar uchun kuch-g‘ayratni tiklash onlari. Volontyorlar bu jarayonda har bir mehmonning qulayligini ta’minlab, tartib va osoyishtalik muhitini yaratishdi.

🌙 Kechki ovqat — kun oxiri, biroq xizmat hali yakunlanmagan. Volontyorlar charchamadi, to‘xtamadi, ular xizmatda sadoqatli bo‘lishdi. Har bir ovqat, har bir stolda g‘amxo‘rlik va tartib aks etdi.

👏 Sizlarga rahmat, volontyorlar! Siz xizmat qilgan kunlar — mehmonlarning yodidan chiqmaydi!

@farpiyoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun
#xotin_qizlar_kengashi
#muhandis_qizlar_klubi
#vatan_boʻylab_sayohat_qil

Farg‘ona davlat texnika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi va “Muhandis qizlar klubi” tashabbusi bilan talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Shohimardonga sayohat tashkil etildi.

Shuningdek, ochiq osmon ostida oyinlar, qizlar o‘zaro do‘stona suhbatlar olib borishdi, dam olish bilan birga yangi g‘oyalar almashildi.

@farpiyoshlar
#nazm
#to‘garak_qalb_gavhari

Hammadan yaxshi

Mening onam hammadan yaxshi,
Yuragimning koʻnglimning naqshi.
Kuylagayman misoli baxshi,
Mening onam—hammadan yaxshi.

Nurli yuzim misoli oyim,
Ovozlari juda muloyim.
Farzand uchun fidoiy doim,
Mening onam—hammadan yaxshi.

Boshimizda doim parvona,
Mehribondir har on yagona.
Dunyo ichra faqat bir dona,
Mening onam—hammadan yaxshi.

Koʻzi maʼyus, qoʻli qadogʻim,
Mehrligim qalbim ardogʻi.
Soʻzlasam gar yoʻqdir adogʻi,
Mening onam—hammadan yaxshi.

Hokisorim, kuchim, madorim,
Kecha-kunduz doim bedorim.
Siz borsizki yoʻqdir gʻuborim,
Mening onam—hammadan yaxshi.

✍️"Qalb gavhari" she'riyat klubining rahbari S.Norbo‘tayeva ijod mahsuli.

@farpiyoshlar
2025/06/29 14:31:00
Back to Top
HTML Embed Code: