Telegram Web Link
🎲G harfi imlosi” testi
🖊 6 ta savol · 10 soniya
🎲H harfi imlosi” testi
🖊 30 ta savol · 30 soniya
🎲I harfi imlosi” testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
🎲J harfi imlosi” testi
🖊 10 ta savol · 10 soniya
🎲K harfi imlosi” testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
🎲L harfi imlosi” testi
🖊 6 ta savol · 10 soniya
🎲M harfi imlosi” testi
🖊 20 ta savol · 15 soniya
🎲H harfi imlosi” testi
🖊 30 ta savol · 30 soniya
🎲N harfi imlosi” testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
🎲O harfi imlosi” testi
🖊 10 ta savol · 10 soniya
🎲P harfi imlosi” testi
🖊 9 ta savol · 10 soniya
🎲Q harfi imlosi” testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
🎲R harfi imlosi” testi
🖊 12 ta savol · 15 soniya
🎲Imlo test. A harfi Fazilat Rasulova
Imlo qoidalari testi
🖊 15 ta savol · 15 soniya
🎲F harfi imlosi” testi
🖊 13 ta savol · 30 soniya
🎲E harfi imlosi
Imloviy testi
🖊 10 ta savol · 30 soniya
Forwarded from мехрибон
#vazir_bilan_uchrashuv

Vazir iqtidorli oʻquvchi Mehribon Ashurova bilan uchrashdi

Samarqand shahridagi 42-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Mehribon Ashurova oʻqishdagi aʼlo baholari, namunali xulqi va taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun maktabning oltin medali bilan taqdirlandi.

🔹 U maktabda tahsil olish davomida kimyo, biologiya, oʻzbek tili, tarix, matematika fanlaridan milliy sertifikatga ega boʻldi hamda muddatidan oldin tibbiyot yoʻnalishida oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirish uchun 100 foizlik natija (189 ball)ni qoʻlga kiritdi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Mehribon bilan uchrashdi hamda qoʻlga kiritgan yutuqlarini eʼtirof etdi.

Vazir shundan so‘ng Mehribon Ashurovaga maktab oltin medalini shaxsan topshirdi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            
❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
So‘nggi 15 yildagi abituriyentlar soni dinamikasi (2011-2025-yillar)
#abituriyent

2011-yilda O‘zbekistonda 418 ming abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda rekord darajadagi — 1,48 million nafarga yetgan. Bu bir qarashda oliy ta’limga bo‘lgan talabning keskin oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2020-yilda karantin qoidalari sababli ilk marta to‘liq onlayn hujjat qabul qilish boshlangan, ya’ni qabul jarayonlari soddalashtirilgani, yurtimizning istalgan hududidan turib, ortiqcha byurokratiyasiz 5 daqiqada onlayn hujjat topshiradigan tizimga o‘tilgani ham sabab bo‘lgandi.

So‘nggi yillarda esa bu son tabiiy ravishda pasaya boshladi. 2025-yilda test sinoviga 732 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan — bu 2020-yildagi cho‘qqidan deyarli ikki barobar kam.

Bunga bir qancha omillar ta’sir o‘tkazmoqda:

— eng avvalo oliy ma’lumoti mavjud bo‘lmasdan uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan xodimlarning deyarli barchasi o‘tgan yillar mobaynida sirtqi ta’limga o‘qishga kirishdi;
— xususiy oliygohlar ham davlat OTMlariga bo‘lgan yuklamaning katta qismini o‘ziga olishni boshladi;
— professional ta’lim tizimi rivojlanmoqda, texnikum va kollejlarda kasb-hunar o‘rganishni tanlayotgan yoshlarimiz soni ham oshib bormoqda;
— kasb-hunar o‘rgatuvchi zamonaviy o‘quv markazlari soni ko‘paydi, bu ham oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojni birmuncha pasaytirdi;
— va yana bir qancha katta-kichik omillar abituriyentlar soni kamayishiga ta’sir o‘tkazmoqda.

❗️O‘zi umuman bugungi yoshlar va ota-onalarning oliy ta’limga bo‘lgan qarashi sekin-asta o‘zgarmoqda, avvalgidek o‘qishga kira olmaslik yoki oliy ma’lumoti bo‘lmaslik katta sharmandalik sifatida qaralmay qo‘ydi, odamlar orasida bir varaq diplomga bo‘lgan haddan tashqari muhabbat kamaymoqda, yaxshi yashash uchun quruq oliy ma’lumotning o‘zi kamlik qilishi haqida hayotiy misollar ko‘paydi. Yaxshi tadqiqot qilsa bo‘ladigan mavzu bu.

2011-2025-yillardagi abituriyentlar soni:

2011-yil — 418 ming 598 nafar;
2012-yil — 432 ming 017 nafar;
2013-yil — 480 ming 407 nafar;
2014-yil — 543 ming 155 nafar;
2015-yil — 605 ming 836 nafar;
2016-yil — 663 ming 304 nafar;
2017-yil — 729 ming 950 nafar;
2018-yil — 675 ming 049 nafar;
2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar;
2025-yil — 732 ming 411 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
⭕️⭕️⭕️
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔣🔠🔠🔠🔠🔠🔠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 08:19:25
Back to Top
HTML Embed Code: