🌻Kumquvat haqida bilasizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Agrobank
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan “Suv kitob” to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi

📗 Agrobank ekotizimidagi “Agrobooks” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligini ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir yangi tashabbus — “Suv kitob” to‘plami ommaga taqdim etildi.

😀 To‘plam 30 ta metodik qo‘llanmadan iborat bo‘lib, fermer va mutaxassislar uchun suvdan samarali foydalanishga oid amaliy qo‘llanma hisoblanadi. Mazkur to‘plam Xitoy va Turkiya tajribasi asosida, 50 nafar mutaxassis ishtirokida ishlab chiqilgan.

📗 Agrobank qishloq xo‘jaligida bilim va ilmiy yondashuvlarga asoslangan loyihalarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi

🗣“Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.)

🌀Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo'shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

📝Yangi tizim doirasida:

yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug'orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;

elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.

🤔 Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g'olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo'ladi, jumladan:

yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;

qishloq xo'jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;

yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;

dala chetida 20 sotixdan ko'p bo'lmagan, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MENINGTOMORQAM

🪙Loyihaning 5-sonida Buxoro viloyati Peshku tumanida istiqomat qiluvchi Zavqiddin Avezov bilan suhbatlashdik. Ular 2017-yildan buyon issiqxonada limon yetishtiradilar. Buxorolik yurtdoshimiz hozirda 10 sotix maydonga ekilgan limondan 300 million so'mgacha daromad qilmoqdalar.

▶️Inson uchun foydali va daromadli bo'lgan limonni yetishtirish sirlarini quyidagi havola orqali o'rganishingiz mumkin.
https://youtu.be/4xfkhAQZUvs?si=D4eSgVw7fxYcZHrD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌏 O‘zbekiston - Jahon chempionatida!

🇺🇿Tarixiy kun bo‘ldi. O‘zbekistonning 34 yillik orzusi amalga oshdi. Vatanimiz o’g’lonlari ishonchni to‘laqonli oqlashdi.

🇦🇪BAA 0:0 hisobida durrang natija bilan Jahon chempionatida!

🏆Bu oddiy natija emas — bu qat’iyat, jamoaviy ruh va Vatan sha’ni uchun maydonda jon kuydirgan yigitlarimizning tarixiy zafari!

🇺🇿Yashasin, O‘zbekiston
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Qadrli yurtdoshlar!

🕊Qalblarimizni fayz-u ilohiy shukuhga to‘ldirib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan Fermerlar maktabi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

🌻Qurbon hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫘Loviya yetishtirishda asosiy omillar qaysilar?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi Coventry University (Buyuk Britaniya) CEFR milliy sertifikatini rasman qabul qiladi!

Agar siz Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi tomonidan berilgan B2 daraja (umumiy 55 ball, writing kamida 51 ball) sertifikatiga ega bo‘lsangiz, UDEA universitetining Britaniya dasturlariga osongina hujjat topshirishingiz mumkin.

Ushbu abituriyentlar Agrobank tomonidan taqdim etilayotgan 200 ta to‘liq moliyalashtirilgan grant tanlovida ham ishtirok etishlari mumkin! Ushbu grant ta’lim, turar-joy va amaliyotni o‘z ichiga oladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq ariza qoldiring va UDEA oilasining bir qismiga aylaning!

Batafsil:
📞 +998 78 888 08 00
📧 [email protected]
📍 Toshkent sh, Boshliq ko‘chasi, 3
Zaytun daraxtini ekish va parvarishlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

🫒 Zaytun – zaytundoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar sirasiga kiradi. U O‘rta yer dengizi havzasidagi eng muhim mevali daraxtlardan biri hisoblanadi.

🌳 Zaytun daraxti 4-12 metr balandlikkacha o‘sadi. Uning mag‘zida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin mavjud. Shuningdek, u suvsizlikka chidamli, 13-18°C sovuqqa bardosh bera oladi. E’tiborlisi, zaytun 300-400 yil, ba’zi turlari 1000 yilgacha yashaydi. Unumdor, qumoq va qumloq, ohakli tuproqlarda esa yaxshi o‘sadi va rivojlanadi.

ℹ️Bu o‘simlik urug‘laridan, qalamchalaridan, bachkilari va payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Urug‘lari tuproqqa ekilganda juda kech unib chiqishini hisobga olib, dastavval namli qumlarga ko‘mgan holda ko‘kartirib, keyin ekish lozim. Shunda rivojlanishi tezlashadi.

❄️Zaytunga -10°C dan past bo‘lgan sovuq havo salbiy ta’sir qilishi mumkin. Natijada barglari va po‘stlog‘iga zarar yetadi va to‘kilishni boshlaydi. Haddan tashqari nam harorat daraxt ildizini chiritib yuborib, daraxtni turli kasalliklarga duchor qiladi.

🌲 Shunday ekan, daromad va shifo keltiruvchi bu daraxtni ehtiyotkorlik bilan parvarishlash zarur. Uni tabiiy organik moddalar, mulch va kompost bilan to‘yintirib borish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 09:33:05
Back to Top
HTML Embed Code: