Telegram Web Link
Alloh seni istig'for aytishga ilhomlantirayotgan bo'lsa bilgingki, seni kechirishni xohlayapti.

Ali roziyallohu anhu
Allohim,
bizni rozi bo'lgan qullaring kabi yashat. Qalbimizga namoz sevgisini nasib qil.
Namoz: Seni sevuvchilarning joyi, jannatning kaliti, qalbning nuridir.

Meni ham namoz sevgisi bilan shunchalar qalbimni mashg'ul qilki, har namozimda butun olam uchun hamd aytay.

Amiyn..
Robbim, sendan uzoqlashganimni ko'rsang, meni go'zal qaytish bilan O'zingga qaytar.

Amiyn..
"Ishlarim ko'p vaqt uyga borganimda Fotimaning yuziga qarashim bilan butun dardlarimni unutaman".

Ali roziyallohu anhu
"Jahannam olovi uyqimni behalovat qilyapti" degan payg'ambarning "Nima qilibti yonamiz, chiqamiz" deydigan ummati bo'lma.
Shukr ne'matni ko'paytiradi,
shikoyat bo'lsa dardlarni..

Alloh bizlarni shukr qiluvchi qullaridan qilsin.

Amiyn..
Shuni hech qachon unutmaki, bugun qo'lingda turgan narsalarga erishish uchun kecha Allohga duo qilayotgan eding.
Hazrati Yusufni o'ldirishni xohladilar, o'lmadilar.
Ularni qul qilmoqchi bo'ldilar, ammo Misrning boshi bo'ldilar.

Shuni unutmaki Allohning xohishi barcha narsalarning ustidadir.
Allohim, ota-onamni Jannat bilan rizqlantir.

Amiyn..
Hech qaysi imtihon siz xafa bo'lib qiynalishingiz uchun hayotingizga kirmaydi. Sizga Allohning eshigiga borishni o'rgatadi.
Dunyoning haloli hisob, haromi azobdir.

Ali roziyallohu anhu
Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?

41:53
Avvallari oila qurmoqchi bo'lib yurgan yoshlarga:
"Allohdan qo'rqqan, quldan uyalgan jufti halol nasib qilsin" deb duo qilishar ekan.
Mol, mulk yoki yaxshi kasb egasi inson emas balki Alloh qo'rquvi va hayo tuyg'usi bo'lgan inson..
"Namozni nega o'qiyolmayapman" deb emas,
"Alloh meni huzuriga nega qabul qilmayapti" deya xavotir olishimiz kerak.
Senga havola qildim Allohim..
Qalbimdagi og'riqni ham,
hayollarimni ham,
bir qadam uzog'imni ham,
duolarimni ham..
Bir kishi sendan yordam so'raganida shunday o'yla:
Avval Allohdan yordam so'rabdi,
Alloh esa sening manzilingni unga beribdi..
Bomdod namozi: hamma uxlayotganda Alloh bilan yolg'iz gaplashishlikdir.
Unutmang.
Tuproqning tagida Allohga tavba qilishni xohlayotgan milyonlab inson borligida, siz tavba qilishga hali ham fursati borlardansiz.
Duolarim qabul bo'lishiga to'siq bo'layotgan barcha gunohlarimni kechir Allohim..

Amiyn
Keling har hafta hayotimizga bir savob amal qo'shaylik.

Masalan bu hafta harkuni 3 marotabadan #SayyidulIstigfor ni o'qishni boshlaylik:

اَللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ وَأَبُوءُ بِذَنْبِي فَاغْفِرْلِي فَإِنَّهُ لاَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ.

O'qilishi:
“Allohumma anta Robbii laa ilaha illaa anta, xolaqtanii va ana ’abduka va ana ’alaa ahdika va va’dika mastato’tu. A’uzu bika min sharri ma sona’tu, abuu laka bi ni’matika 'alayya va abuu bizambii fag‘firlii fainnahu la yag‘firuz-zunuba illa anta".

Ma'nosi:
“Allohim! Sen mening Robbimsan. Sendan boshqa iloh yo‘q, faqatgina Sen borsan. Meni Sen yaratding. Shubhasiz, men Sening bandangman. Kuchim yetgani qadar Senga bergan so‘zimda turishga harakat qilyapman. Yo Robbim, qilayotgan gunohlarimdan Sendan panoh tilayman. Menga lutf etgan ne’matlaringni e’tirof qilaman. Gunohlarimni ham e’tirof etaman. Yo Robbim! Meni mag‘firat et. Zero, Sendan boshqa meni mag‘firat qiladigan iloh yo‘q”.

Fazilati:
Ushbu istig‘for haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Har kim ixlos bilan, savob va fazilatiga ishongan holda, bu duoni ertalab o‘qib, oqshomga yetmay o‘lsa, u inson Jannatiydir. Agar savob va fazilatiga ishongan holda ixlos bilan oqshom o‘qib, tongga yetmay o‘lsa, u inson ham jannat ahlidandir”.

Buhoriy rivoyati
2025/07/09 19:42:32
Back to Top
HTML Embed Code: