Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi", dedilar. Shunda bir kishi: "Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?" deb so‘radi. "Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa unamaslik-rad etish va odamlarni masxara qilish-tahqirlashdir", dedilar.
Muslim, Termiziy rivoyati
Muslim, Termiziy rivoyati
Bir kishi aytadi:
Nasibsizlik nima bilasanmi?
Uying Ka'baning tagida bo'ladi lekin isming Abu Jahl bo'ladi..

Bu hafta harkuni 7 marotabadan shu zikrni o'qishni boshlaylik:
حَسْبِيَ اللَّهُ لاَ إِلَهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ.
O'qilishi:
Hasbiyallohu laa ilaha illa huva 'alayhi tavakkaltu va huva robbul 'arshil 'aziym.
Ma'nosi:
Alloh menga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yo'q. Unga tavakkal qildim. U ulug' arshning Robbidir.
Fazilati:
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim har kuni tong otganida va kech kirganida (shu zikrni) yetti marta aytsa, uning dunyo va oxiratdagi muhim ishlarida Allohning o'zi kifoya qiladi", dedilar.
Ibn Sunniy rivoyati

Allohim,
agarda Senga olib borsa, nasib qil. Seni unuttiruvchi narsalarni qayta-qayta so'rayverganim uchun meni kechir.
Amiyn..

Inson hayoti daraxtga o'xshaydi.
Daraxt ham avval ekiladi keyin esa o'sadi, chiroyli bo'lib yam-yashil bo'ladi, keyin meva beradi. Keyin sarg'ayadi.. Keyin esa sekin sekin barglari to'kila boshlaydi va cho'pga aylanadi.
Inson hayoti ham xuddi shunday. Avval tug'iladi, keyin katta bo'ladi, keyin farzandli bo'ladi, Keyin qarishni boshlaydi. Sekin-sekin kuchdan qoladi va vafot etadi.
"Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti o'yin, ko'ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o'zaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko'paytirishdan iboratdir. Xuddi o'simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg'irga o'xshaydir. Keyinroq bu o'simlik quriydir va sarg'ayganini ko'rasan. U so'ngra xas-cho'pga aylanib ketadir. Oxiratda esa qattiq azob bor, Allohdan mag'firat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g'ururga ketgazuvchi matodan o'zga hech narsa emas".
57:20

Hozirda gunoh qilayotgan kishiga nasihat qilsangiz u: "Alloh taolo G'affor, U meni kechiradi" deydi. Gunohga arzimas narsaga qaraganchalik ham qaramaydi. O'zi gunohiga tavba qilmaydi lekin Alloh marhamatli deydi. Hayron qolasan kishi.. Bir inson qanday qilib o'zi Alloh Taoloning talablarini bajarmay, uning ustiga qilgan gunohlariga tavba ham qilmay Alloh o'zi kechiruvchi deya Jannatdagi hayotini hayol surishi mumkin.
Masalan sizga oddiy misol keltiraman. Tasavvur qiling sizning uyingiz bor va u uyingizga siz ijaraga odam qo'ymoqchisiz. Ijarachiga "Mana men sizga shu uyni topshiraman faqat mana shu narsalardan foydalanmang" deb shart qo'ydingiz. Lekin ijarachi nima qildi? Siz taqiqlagan narsalardan siz aytib ketgan bo'lsangiz ham foydalandi. Bu holatda sizning jaxlingiz chiqmasmidi? Shunda ham siz u uyning haqiqiy sohibi emassiz. Alloh esa bizning qo'limizdagi ne'matlarning barchasining haqiqiy sohibi va biz Allohning bizga bergan ne'matlarini U taqiqlagan narsalarga ham ishlatyapmiz. Allohning g'azabi kelmaydimi axir?
Insonlar, Alloh taolo so'roq-savolga tutsa, arzimas narsa uchun ham javob beraolmay qolishlarini, Alloh taoloning g'azab daryosi jo'sh ursa, hech bir insonda hush qolmasligini o'ylamayabtilar. To'g'ri Alloh Taoloning G'affor sifati bor. U Marhamatlilarning eng marhamatlisi lekin Allohning Jabbor va Muntaqim (Aybdorlarni jazolantiruvchi), sifatlarini ham unutmaylik.

Bir narsani tushunmayman.
Nimaga ko'pchilik hijob o'rash deganda faqatgina sochni berkitish deb o'ylashadi. Aslida hijob o'rash degani bo'yinni, qo'l va oyoq bilaklarigacha berkitish degani. Hozir yangi moda chiqibti. Sochni o'zini berkitib, bo'yinni ochib o'rash. Yoki kapilnitsa olayotganda qo'lini 4 dan 3 qismini ochib olishadi. Bu nimasi?! Odam kasal bo'lsa berkitish farz qilingan joylarning hukmi o'chib ketadimi?
Fikrat

Gunohga sho'ng'ib ketsa, nasihat qilsangiz sizdan uzoqlasha boshlaydi.
Fikrat
Fikrat
Rohat g'aflatdir.
Demak, hoziroq o'rningizdan turing-da, namozingizni o'qing, Qur'on o'qing yoki tasbeh ayting, kitob mutoala qiling, biror narsa yozing, yozuv stolingizni tartiblang, uyingizni isloh qiling yoki boshqalarga manfaat bering. Nima bo'lsa ham, bo'sh vaqt qoldirmang.
Chunki zehnga eng xatarli holat kishi ishsiz, bo'sh qolishidir. Hayotingiz davomida bekorchi, mashg'ulotsiz qolar ekansiz, o'zingizni g'am-anduhli va qo'rqinchli kelajakka tayyorlab boravering.
"O'kinma" kitobidan..

Inson - yo'qotganlari ham aslida Allohning bir ne'mati ekanligini keyin tushunib yetadi.