Telegram Web Link
Ilm bilan mashg'ul bo'lish, mahzunlikni ketkazadi.

Imom Shofeiy Rohimahulloh
Berganingiz siznikidir, yig'ganingiz emas.
Hammaning yonida shaytonni yomonlab, yolg'iz qolganingizda unga itoat qiluvchilardan bo'lmang.

Umar ibn Abdulaziz
Imom G'azzoliy tushkunlikga tushishni shunday ta'riflaganlar:

Bir mo'min uch kun ketma-ket ilm olishni, kitob o'qishni to'xtatib qo'ysa, o'ziga bilinmasa ham ma'naviy holati barbod bo'ladi.
Bu haftadan harkuni 3 marotabadan shu duoni o'qishni boshlaylik:

أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللَّهِ التَّامَّتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ.

O'qilishi:
A'uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq.

Ma'nosi:
Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.

Fazilati:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib: "Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi", dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni kech kirganida uch marta aytsang, senga hech narsa zarar bermaydi", dedilar.

Imom Muslim va Ahmad rivoyati.
Yomon gumonda bo'lish,
qalbning g'iybatidir.

G'azzoliy Rohimahulloh
Aslida yaxshilab o'ylasak o'tkinchi hislar uchun nafsimizni quli bo'lar ekanmiz. Nafs doim foydasiz va zararli narsalarni xohlaydi. Masalan gazli ichimliklar va fast food kabi zararli taomlarni mazza qilib yeymiz. Faqatgina bir onlik nafsimizni qondirish uchun... Keyin bo'lsa kunlab, haftalab nafsimizni tiyolmaganimiz uchun qiynalamiz. Oshqozonimiz qiynaladi, ortiqcha vazn olamiz vahokazo.. Huddi shu holat, harom va halol orasida ham bor. Nafsimizga harom ishlar yoqadi va ularni qilib, faqatgina o'sha vaqtda o'zimizni yaxshi his qilishimiz mumkun. Shunda ham Allohdan qo'rqqan kishi harom ish qilib qo'ysa, zavq ham ololmaydi. Lekin u gunohning bizda qoldirgan izi tavba qilmagunimizcha qalbimizda kir bo'lib qolib ketadi. Aytmoqchi bo'lganim, shunchaki foniy hayot uchun, boqiy hayotimizni kuydiramiz..

Fikrat
Bir kishi harakat qilmay "maqsadimga erishaman" deb o'ylayotgan bo'lsa, hayol dunyosida yashayotgan bo'ladi. Yana bir kishi harakat qilsam, "maqsadimga erishaman" deb o'ylayotgan bo'lsa haddini oshgan bo'ladi..

Tadbir bizdan, taqdir esa Allohdan.
Qalb ko'zga tobe'dir. Ko'z haromlarga yopilmaguncha qalbni asrash qiyin bo'ladi.

Imom Rabboniy
Uyalish kerak. Chunki Alloh Hayydir. Allohdan hayo qilish, U rozi bo'lmaganlarni tark qilish bilan bo'ladi.
Bundan 1 yil o'tib qaniydi o'sha kuni boshlaganimda deb o'ylaysiz.
Shuning uchun bugun boshlang.
Ramazon oyining boshi rahmat,
o'rtasi mag'firat, ohiri esa Jahannamdan najot topishdir.
Bo'lgani, bo'lishi kerak bo'lganlar orasida eng hayrlisidir.

Ibn A'robiy
Bir kishining ramazon oyi chiroyli o'tsa, yilning qolgan oylari ham chiroyli o'tadi.
Ibodatlar aslida og'ir emas. Faqat gunohlari qalblarini harob qilgani uchun, ibodatlar ham og'ir kelishni boshlaydi.
Ro'za Alloh Taolo bilan bandasi orasida sirdir.

Namoz o'qiganimizda, haj qilganimizda yoki zakot berayotganimizda insonlar ko'radilar. Lekin ro'za tutganimizni o'zimiz aytmasak ko'risholmaydi. Shuning uchun ro'za tutuvchilarga Rayyon jannati mukofoti bor.

Biiznillah..
Abdurahmon ibn Avf boyliklari bilan tanilar, ko'p-ko'p zakot va sadaqa berar edilar. Shunda ham Ka'bani tavof qilayotganlarida: "Allohim, nafsimning bahilligidan Sendan panoh so'rayman" deb duo qilar edilar.
Rizqimiz azaldan Alloh tarafidan tarqatilganini tushunib yetdim va hech kimga hasad qilmay qo'ydim. Allohning berganiga qanoat qildim.
Imom Shofeiydan "Allohga qarshi gumon qanday bo'ladi" deb so'raldi.
Shunda U kishi: "Vasvasali bo'lish, har qanday vaqtda boshimizga musibat kelib qolishi mumkun degan qo'rquv bilan yashash va qo'lida turgan ne'matni yo'q bo'lishini kutish, Allohga qarshi yomon gumondir".
Alloh Taolo, qanday tarzda yashash qarorinini insonni o'ziga bergan. Agar bir sabzavot kabi yashashni xohlasa, shunday yashaydi. Agar bir hayvon kabi yashashni xohlasa, shunday yashaydi. Faqat inson kabi bo'lishni xohlasa, bir kuniga yeb, uxlashdan ko'proq narsa sig'dira olishi mumkun. Kim bo'lib yashashi insonni o'ziga bog'liq.
2025/07/08 01:35:57
Back to Top
HTML Embed Code: