Telegram Web Link
O’qish, tushunish va bilish kerak.
Chunki inson eng ko’p bilmaganining dushmanidir.

Jemil Merich
#tafakkur

Bir insonning maksimum o’lim yoshi 70-75 yosh bo’ladi. To’gri undan ko’p yoki kam ham yashashi mumkin. Lekin qancha yashasak yashaylik bir kun kelib barchamiz o’lamiz. Va buni hechkim inkor qila olmaydi. Avvalgi Payg’ambarlar zamonidagi dinni qabul qilmaganlar ham “Men o’lmayman” dedilar… Qani endi ularni ko’ryapmizmi? Hammamiz o’tkinchimiz va buni juda yaxshi bilamiz.. Bila turib huddi o’limsizdek yashaymiz.. Vaqtimizni bekorchi manfaatsiz narsalarga sarflaymiz. Yoki o’lib ketsak uzog’i 10,20 kun eslab, yig’lab keyin esdan chiqarib yuboradigan do’stlarimizni ko’nglini olishga sarflaymiz. O’lganimizdan keyin ba’zi qiyomatlik do’stlarimiz mashina haydash uchun olgan guvohnomasini hursandchiligini yashaydi. Boshqa bir yaqinimiz esa farzandli bo’lgani uchun ko’zidan sevinch ko’zyoshlari to’kib dunyoning eng baxtli insoniga aylanadi.
Ya’ni shunchaki unutilib ketamiz… Qiyomatlik do’stlarimiz xotirasidan ham, oila a’zolarimiz xotirasidan ham… Ularni oddiy gaplariga kayfiyatimizni tushirib yemay ichmay qo’yibmiz.. Hayotligimizda ular uchun shuncha vaqtimizni, pulimizni sarflapmiz. Shu vaqtimiz, mol-mulkimizmi Alloh yo’lida sarflaganimizda edi o’lgan kunimiz bunchalar pushaymon bo’lmas edik..
Qani endi bilganimizda… O’lganimizdan keyin bunchalar tez unutilishimizni..
O’lganimizdan keyin yaqinlarimiz kontaktlarini tozalayotganlarida telefonlaridan joy ochish uchun bizni nomerimizni o’chirib yuborishadi. Chunki ularga ortiq keragimiz yo’q! Xonamizdagi xotiralarga to’la albomimiz ham kunlik yozgan daftarimiz ham tortmani ichida qolib ketdi. Hech kimga qizig’i yo’q. Hayotligimizda xususiy narsalarimga tegmang deb hechkimga daftarimizni o’qitmas edik.. Holbuki, o’lganimizdan keyin kimga nima qizig’i bor edi bizni gaplarimizni.. Xususiy daftarimiz ortiq xususiylikdan chiqib hamma o’qishni boshlaydi…
Ajiyb, hatto o’z onamiz ham bizni unutadi, balki bizni azamizni hammadan ko’p tutar.. Oylar va yillar davomida hamda.. Ammo kun kelib onamiz ham hayotini qolgan joyidan davom ettiradi.. Balki bizni unutmas ammo bizni u sovuq tuproqda bir o’zimizni qoldirib ketadi. Kechalari ustimiz ochiq qolsa ustimni yopip qo’yardingiz Ona.. deb o’ylaymiz ichimizda.. Hozir nega eshitmayapsiz deb qolamiz qabrda.. Keyin esa o’lgan kunimiz qani endi yana bir imkon berilsayu boshimni sajdadan ko’tarmasam deymiz.. Lekin vaqt kech bo’ladi. Ish ishdan o’tgan bo’ladi. Buyog’iga amallarimizning javobini berishimiz kerak bo’ladi. Ajiyb, insonlar o’lganlaridan keyin rohat uyquga ketadilar deb o’ylaydilar. Kinolarda ham “Huzur ichida yotibdi” degan jumla ko’p o’tadi. Hayron qolasan kishi.. Aslida unday emas teskarisi edi.. O’lgan kunimiz dunyo uyqusidan uyg’onamiz aslida.. Ko’zimizdagi parda olinib haqiqatni ko’rishni boshlaymiz.
Ammo kech bo’ladi…
Shunday ekan hozir yashar ekanmiz kun kelib o’lgan kunimiz pushaymon bo’lmaslik uchun vaqtimizni Alloh rizosini o’ylab, Alloh yo’lida xayrli amallar bilan o’tkazaylik ey birodar…

Fikrat
Keling niyatimizni yangilaylik:

“Niyat qildim Alloh rizosi uchun, shubhaga tushganimda nafsimni emas vijdonimni ovozini eshitishga..”

Mehmet Yıldız
Senga bir ne’matni berib mukofotlashi bir himmati bo'lsa, haddingdan oshgan paytingda qaytib olishi hidoyatiga chorlashining isboti emasmi?!
Ishlaring yaxshi ketmayotgan bo’lsa sadaqa qilish vaqting kelibdi.
Tibbiyotda yozmaydi, ammo sadaqa insonni tuzatadi. Iqtisodiyotda yozmaydi, ammo sadaqa baraka keltiradi. Xavfsizlik tizimida yo'q, ammo sadaqa yomonliklardan asraydi.
Allohim.
Sendan hayrlisini so’rayotganimda, hayrlisiga rozi bo’luvchi iymon, va hayrlisini ajrata oladigan farosatli qalb nasib qil.

Amiyn..
Gunohning lazzati ketadi ammo azobi qoladi,
ibodatning mashaqqati ketadi ammo rohati qoladi.
Odam yaxshi ko’rgan insonidan qo’rqar ekan.
Uni xafa qilishdan..
Uni ranjitishdan..
U bilan orasi ochilib qolishidan..

Alloh Taoloni ham sevamiz deymiz.
Sevgi faqat Allohga deymiz.
Lekin Allohdan, yaxshi ko’rgan insonimizni xafa qilib qo’yishdan qo’rqqanchalik qo’rqmaymiz..

Juda ham achinarli holat..


Fikrat
Allohim.

Qilgan gunohlarim menga oddiy tuyulishidan Sendan panoh so’rayman.

Sözler Köşkü
Yolg’izlikni yaxshi ko’raman.
Doim ko’rishmasak ham ammo oramiz ochilib ketmaydigan do’stliklarni..
Sokin joylarni, kamdan kam ko’rishib qolishni, o’zimni saqlashni va chegaralarimni…
Gumon yomon narsa..
Insonni ichini kemirib tashlaydi.
Kishining fikr-u hayoli qilayotgan gumonida bo’ladi. Har narsaga gumon bilan qaraydi. Hech yaxshi tarafini o’ylab ko’rmaydi. Gumon atrofidagilarga zarar beradi.. Shu bilan birgalikda gumon qiluvchining o’ziga ham..

Fikrat
Huzur topish uchun,
huzurga borish kerak..
Duo qilishga erinmang

Bizlarga Alloh Taolo qanday go’zal bir ne’mat berdi. Bundanda go’zal ne’mat bormi?!
-Bu qaysi ne’mat?
-Bu duo.
-Nima uchun duoni bunchalar go’zal deyapsan?
-Axir sen ichingdagi bor narsangni nima bo’lsa bo’lsin, hammasini duoyingda Allohga aytmaysanmi?
Axir ichingdagi hamma gapni ham inson zotiga ayta olmaysan. Balki u insondan uyalasan, balki kimgadir aytishidan qo’rqasan.
Ammo Alloh bizlarni hamma gapimizni eshitadi. Hech kimga aytmaydi. Faqatgina U biladi.
Insonlarga dardingni aytasan..
Lekin insonlarga dardingni aytsang ular nima ham qila olar edilar.
Faqat "E’tibor berma", deya oladilar holos. Biz hammamiz shundaymiz..
Chunki barchamiz basharmiz va qo’limizdan tasallidan boshqa narsa kelmaydi. Insonlarning bizning kayfiyatimizni ko’tarishga qurbi yetishi mumkin. Ammo o’sha muammoni yechib bera olmaydilar. Bu qo’llaridan kelmaydi. Faqatgina Alloh Taolo ichimizdagini bila oladi. Va faqat U bizni muammoyimizni yechib bera oladi. Insonlar shunchaki vosita..
Bizga shunday go’zal ne’mat berildi.

Ammo biz…

O’zimiz uchun kerak bo’lgan narsaga dangasalik qilamiz. Alloh bizlarni qilgan duolarimizni ko’rmaganga olib ketmaydi. Hammasini eshitadi.
Axir oyatta ham aytmadimi?!

“Agar bandalarim sendan Meni so’rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda ijobat qilaman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar”.

(2:186)


Siz aytishingiz mumkin. Duo qilyapman, qabul bo’lmayapti deb. Ammo siz qayerdan bilasiz. Balki Alloh Taolo duoyingizni ajrini oxiratda berishni xohladi. Balki 1 kun, balki 3 yil…
Ammo bir kuni sen u duolaringni o’z samimiyating bilan ich-ichingdan qilishda davom etaversang, albatta Marhamatlilarning eng Marhamatlisi bo’lgan Alloh bir kuni ularni ajrini senga beradi.
InshaAlloh

Unutma!
Alloh kechiktirayotgan bo’lsa, go’zallashtirayotgandir.
Sabr qil..

Fikrat
Ya Robbiy Senla men kimmanu,
Sensiz men kimman?
Rahmating oldida taslimman, jimman.
O’lishini biladigan yagona maxluq insondir; va hech qachon o’lmaydigandek, yashaydigan ham inson.

Qabristonlar bir kun o’limni ularga hech qachon kelmaydi deb o’ylagan insonlar bilan to’la..

Fatih Yağcı
Qanchalik taqvodorligini bilmoqchi bo'lgan odamlar, yolg'iz qolgandagi holiga boqsin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ko’rinishga aldanib isyon qilib qo’ymang.

Bu holat ko’pchiligimizda bo’lishi mumkin. Bizga bir sinov keladi va ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarni baxtini ko’rib Alloh saqlasin isyon qilib qo’yishimiz mumkin. Shuni unutmang ijtimoiy tarmoqlarga hamma o’zi ko’rsatishni xohlaganini ko’rsatadi. Ya’ni ular faqat hayotidagi go’zal holatlarni bo’lishdilar degani ularga hech qachon sinov berilmaydi degani emas. Ularning hayoti doim o’yin kulgudan iborat degani emas.

Fikrat
Quyoshning chiqishi uxlab yotganlarni kutib turmaydi..
Hech kim seni Allohga shikoyat qilmaydigan hayot nasib qilsin.

Amiyn..
Shunday insonlar ko’rdimki,
ayblari yo’q edi..
Ammo insonlarning ayblari haqida gapirar edilar.
Alloh ularga ayblar yaratdi.
Yana shunday insonlar ko’rdimki,
Ayblari bor edi.
Ammo insonlarning ayblari haqida gapirmas edilar.
Alloh ularning ayblarini berkitdi.

Hasan Al Basriy
2025/07/10 23:45:26
Back to Top
HTML Embed Code: