Aqlli inson — yuragiga kelgan fikrlarning qaysi biri Allohdan,
qaysi biri nafsidan yoki farishtadan,
yoki shayton to‘dasidan kelganini ajrata oladigan kishidir.
Muhyiddin ibn Arobiy

“Ulug‘ maqsadi bo‘lmaganlar kichik tashvishlarda g‘arq bo‘lishga mahkumdir.”
Agar insonning hayotida ergashadigan ulkan bir maqsadi bo‘lmasa, u holda mayda-chuyda muammolar uning butun ongini va ruhiyatini egallaydi. Chunki inson o‘z kuchini katta maqsadga yo‘naltirmasa, ahamiyatsiz narsalar ham unga katta tuyuladi, og‘ir keladi.
Ya’ni, buyuk niyatli, yuksak orzularga ega bo‘lgan odam kichik tashvishlarga berilmaydi; ularni yengadi, chunki uning nigohi balandroq bo‘ladi.
Qisqacha aytganda:
Maqsadi katta bo‘lmagan odam, mayda dardlarga yengiladi.
Kichik Gunohlar, Katta Moyillik: Nega Ba’zi Narsalar Islomda Taqiqlangan?
Ko‘p hollarda biz Islomda ayrim narsalar nega harom qilinganiga, ba’zi amallar nega gunoh sanalishiga hayron qolamiz. “Nega shunchaki bir so‘z aytish yoki oddiy bir harakat katta gunoh bo‘lsin?” degan savollar paydo bo‘ladi. Bu savollarning ba’zilariga aniq javob topamiz, ba’zilarining javobini esa topgan taqdirimizda ham, yuragimizda hal etilmagan hislar qolib ketadi.
Aslida esa, bu kabi taqiqlarning zamirida insoniyat tabiatini chuqur anglash yotadi. Ya’ni, ba’zan bir narsa biz uchun oddiy, zararli bo‘lmagandek tuyulsa ham, bu amallar orqali inson asta-sekin kattaroq gunohlarga “moyil” bo‘lib boradi.
Bu holatni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: inson bir zinapoyani qadamma-qadam chiqsa, hech qiynalmaydi. Ammo kimdir shu balandlikka birdan chiqishga urinsa, yiqilib tushish xavfi juda yuqori bo‘ladi. Ruhiy va axloqiy hayotda ham xuddi shunday. Kichik gunohlarga beparvo qaragan inson, asta-sekin ularni odatga aylantiradi. Keyinchalik esa, bu odat uni kattaroq gunohlarga yetaklaydi.
Moyillik – bu sezilmas yo‘l. Odam o‘z qalbi va aqli bilan rad etayotgan narsani, vaqt o‘tib o‘zi ham anglamasdan qila boshlaydi. Bu ichki moyillik ong ostida shakllanadi. Bir kun uyg‘onganida esa, ilgari yomon deb hisoblagan narsasi endi unga mutlaqo tabiiy ko‘rina boshlaydi.
Islom bizni aynan shu sirpanchiq yo‘ldan ogohlantiradi. Bu din, inson tabiati va ruhiyatini chuqur tahlil qilgan holda, bizni nafaqat natijalardan, balki u yerga olib boradigan boshlang‘ich qadamlardan ham asrashga harakat qiladi.
Shuning uchun ham, har bir taqiqda, har bir ogohlantirishda — nafaqat ilohiy buyruq, balki inson qalbini asrashga qaratilgan chuqur hikmat bor.
Fikrat

Allohga qattiq ishonaman.
Bazi mavzulardagi xotirjamligim va sarosimasizligim shundan..

Qalb – bir qadah kabidir.
Uni nima bilan to‘ldirsang, boshqa narsaga joy qolmaydi.
Qalb bir vaqtning o‘zida hamma narsaga ochiq bo‘la olmaydi. Unda birgina yo‘l bo‘ladi — u yo‘lni to‘g‘ri tanlash zarur.
Hasan Basriy esa bu haqiqatni yana chuqurroq anglatganlar: “Agar qalb Alloh bilan band bo‘lsa, unda yaratilmishlarga joy qolmaydi.”
Demak, qalb bir mehmonxonadir. Kimni unga kiritmoqchisiz — dunyoni, nafsni, g‘amni, g‘ururni… yoki Haqni?
Odamlarga yakuniy manzil sifatida emas, yo‘l hamrohi sifatida qarasak — qalb yengillashadi, munosabatlar sof va samimiy bo‘ladi.
Chunki hech kim yuragingizda abadiy qolmaydi. Lekin ba’zilari safarda siz bilan yurishga arziydi.

Odamga yopishtirilgan yorliqlardan chiqib ketishimiz kerak. Falon maktabni tugatgan, falon sertifikatga ega, falon jamg‘armaga qatnaydigan yoki falon guruh a’zosi bo‘lgan odam sifatida emas, balki o‘zimizning asl shaxsiyatimiz va fe’l-atvorimiz bilan o‘sib-ulg‘ayishimiz zarur.
G’azo..
Faqat va faqat musulmon bo’lganlari, Masjid al-Aqso’ni himoya qilganlari va yerlarini tark etmaganlari uchun avval ustlariga bomba yog’dirilib, so‘ng och qolishga mahkum qilinib yo‘q qilinmoqchi bo‘lgan 2 million inson…

To‘xtayapman.
Bu hayot shovqinidan uzoqlashib, qalbimga nazar tashlayapman.
Robbim bergan har bir ne’mat uchun shukr qilayapman:
olayotgan nafasim uchun, ko‘rayotgan ranglar uchun, yuragimdagi sakinat uchun…
Ichimda his qilayotgan umid,
boshim ustida oqayotgan vaqt,
va har bir yangi kun — menga berilgan beqiyos ne’matlarning faqat kichik bir qismi.
O‘ylayapman:
Bu hayotni nima uchun yashayapman?
Qaysi maqsad sari ketayapman?
Bilamanki, hamma narsaning ortida buyuk bir ma’no bor.
Va bilamanki, menga berilgan har bir ne’mat — imtihon.
Shukr qilayapman, tafakkur qilayapman, sekinlashayapman…
Chunki anglash — insonni Robbisiga yaqinlashtiradi.
Ichkariga (qalbga) qilinadigan har bir safar — aslida Unga qarab qadam tashlashdir.

Tashvishlardan imkon qadar kamroq azob chekishning yagona yo‘li ular haqida tafakkur qilish bo‘ladi va ularni tasvirlash meni band qiladi.
Victor Hugo
Bu gap aslida yozish va tafakkur qilish ruhiy davolanishning bir turi degan g‘oyaga asoslanadi. Muallif boshidan o‘tkazayotgan xavotir va azoblar bilan kurashishning yagona yo‘li – ularni chuqur o‘ylab chiqish va yozib chiqish ekanligini aytmoqda. Bu yondashuv ichki yuzlashuv hamda aqliy tozalanish jarayoni kabi.
Inson his-tuyg‘ularini bosib qo‘ygan sayin emas, balki ularni tushungan sayin yengillashadi. Yozish esa buni amalga oshirishning eng samarali usullaridan biridir. Azoblarni so‘zlarga aylantirish, ularga chetdan qarash imkonini beradi va bu vaqt o‘tishi bilan o‘sha tuyg‘ular bilan yarashishni osonlashtiradi. Shu bois yozuv — faqat boshqalarga emas, insonning o‘ziga ham tutilgan oynadir.

“Hojilar, domlalar pul topyapti”, deyishadi.
“Kel, biz ham farzandingni domla qilaylik”, deymiz.
“U ham och qolsinmi?” deyishadi..
Mahmut Ustaosmanoğlu