Telegram Web Link
NFC nima va u qanday ishlaydi?

📱 NFC (Near Field Communication) — bu telefon, smart-soat yoki plastik karta orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiya.


Siz faqat qurilmangizni terminalga yaqinlashtirasiz — va to‘lov amalga oshadi.

Afzalliklari:
Tez — terminalga tegizish kifoya
Gigiyenik — bank kartasini bermaysiz
Qulay — telefon hamyon bo‘lib xizmat qiladi
Mobil ilovalar bilan birga ishlaydi

💡 Qanday yoqiladi?
Telefoningizda NFC funksiyasini yoqing, kartangizni bog‘lang — va siz kontaktsiz to‘lovlar dunyosiga tayyorsiz.

📌 Raqamli to‘lovlar — bu nafaqat zamonaviylik, balki moliyaviy xavfsizlik va qulaylik demakdir.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔐 Karta ma’lumotlaringizni hech kimga bermang — hatto yaqinlaringizga ham.

📌 Moliyaviy xavfsizlik — odatdagi ehtiyotkorlikdan boshlanadi.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-iyun - Xalqaro oilaviy pul o‘tkazmalari kuni

Bugun biz har bir pul o‘tkazmasi shunchaki mablag‘ emas, balki yaqinlarimizga g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash va mehr-muhabbat ekanligini eslatadigan kunni nishonlamoqdamiz.


Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar - ota-onalariga, farzandlariga, oilalariga pul jo‘natishadi. Bu o‘tkazmalar ta’lim olish, davolanish, uy-joy uchun yordam beradi va yaxshiroq hayot kechirish imkoniyatini yaratadi.

📌 Esda tuting:
- Ishonchli va sinovdan o‘tgan xizmatlarni tanlang
- Vositachilik haqlari va valyuta kurslarini kuzatib boring
- Cheklarni saqlab qo‘ying
- Qarindoshlaringizga moliyaviy savodxonlikni o‘rgating

🎯 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash - bu nafaqat pul haqida, balki kelajakni mas’uliyat bilan rejalashtirish haqida hamdir.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ishtirokchilar!

Sizni kredit mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv treningiga taklif qilamiz.


Tadbir doirasida siz:
✔️ Kredit mahsulotlarining asosiy turlari va ularning xususiyatlari bilan tanishasiz.
✔️ Qarzni olish zarurati va to‘lov qobiliyatingizni qanday baholash kerakligini bilib olasiz.
✔️ Ortiqcha qarz yukidan va to‘lov kechikishlaridan qanday saqlanish bo‘yicha tavsiyalar olasiz.

📅 O‘tkazilish sanasi: 20-iyun
🕓 Boshlanish vaqti: 17:00
📍 Manzil: Respublika bolalar kutubxonasi
💼 Ishtirok etish bepul.

Sizni mas’uliyatli moliyaviy xulq-atvor asoslarini mustahkamlash yo‘lida birga bo‘lishga chorlaymiz!

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Annuitet va differensial to‘lovlar o‘rtasidagi farq — qaysi biri foydaliroq?

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
Annuitet va differensial to‘lovlar o‘rtasidagi farq — qaysi biri foydaliroq? 🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
📄 Kredit olayotganda ko‘pincha ikkita to‘lov shaklidan birini taklif qilishadi: annuitet yoki differensial. Farqi nimada va sizga qaysi biri mos?

Annuitet to‘lov — bu har oy bir xil summa to‘lash: masalan, har oy 1 million so‘m.
Dastlab bu to‘lovlarning katta qismi faqat foizlarni qoplashga ketadi.
Asosiy qarz sekin kamayadi.
Psixologik jihatdan qulay, chunki summa doimiy.

Differensial to‘lov — bu qarz asosini har oy kamaytirish asosida hisoblanadi.
Har oy to‘lov kamayib boradi: birinchi oy 1,5 mln, oxirgi oy 800 ming bo‘lishi mumkin.
Umumiy foizlar kamroq bo‘ladi.
Lekin dastlabki oylarda to‘lov kattaroq bo‘lishi mumkin.

📌 Qaysi biri sizga mos?
Barqaror daromad bo‘lsa, differensial to‘lov orqali umumiy xarajatni kamaytirasiz.
Agar moliyangiz cheklangan bo‘lsa, annuitet sizga ko‘proq mos keladi.

💡 Maslahat: Kredit shartnomasini o‘qib chiqing va ikkala usulni solishtiring. Shunchaki “oylik to‘lov”ga qarab emas, umumiy to‘lov miqdoriga qarab qaror qabul qiling.


🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kredit — bu vosita, muammo emas.

Uni reja asosida olayotgan bo‘lsangiz — u sizga yordam beradi.
Ammo rejasiz olingan qarz — bu bosim va stress manbai.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡 Ko‘pchilik boy bo‘lishni istaydi, lekin ozchilik tejashni odat qiladi.

Tejash — bu o‘zingizga, orzularingizga va oilangizga hurmat ko‘rsatishdir.
Bugun biroz sabr qilsangiz, ertaga tinch hayot sizniki bo‘ladi.


🛡 Har bir so‘m — bu sizni moliyaviy muammolardan himoya qiladigan qalqon.
Boshlash qiyin bo‘lishi mumkin, lekin natija bunga arziydi.

📌 Siz hozirda nimaga pul tejayapsiz? Bo‘lishing! 👇🏼

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Oylik daromadim kichkina, jamg‘arolmayman” — bu afsona.

Jamg‘arma qilish daromadga emas, odatga bog‘liq. Hatto eng kichik summa bilan ham moliyaviy himoya yaratish mumkin.


Nega jamg‘arma kerak?
Favqulodda vaziyatlarda asqotadi (kasallik, ishsizlik, kutilmagan xarajatlar)
Qarzga tushmaslikka yordam beradi
Kelajakdagi maqsadlar uchun asos bo‘ladi

Qanday boshlash mumkin?
1️⃣ Har oy maosh kelgach, kamida 5–10% ni darhol ajrating
2️⃣ Alohida hisob (kartani) oching — bu “jamg‘arma kartasi” bo‘lsin
3️⃣ Xarajatlarni kuzating: nimaga ortiqcha pul ketayotganini bilsangiz, tejash osonlashadi
4️⃣ Qattiq cheklovsiz, lekin intizom bilan yondashuv qiling

💡 Qo‘shimcha maslahat:
Jamg‘arma qilishda motivatsiya yo‘qolmasligi uchun uni maqsad bilan bog‘lang:
— “Ta’lim uchun”,
— “Orzu qilingan safar uchun”,
— “Oilaviy zaxira” va hokazo.

🌱 Kichik summalar — katta barqarorlikka olib keladi. Muhimi — boshlash va davom ettirish.


🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 50 ming so‘m jamg‘ardingizmi?
Bu ham sarmoya.


Asosiysi — pulni o‘zingizga ishlata olish.

📌 Har jamg‘arilgan so‘m — bu kelajakka qaragan ishonchli qadamingiz.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ «ALTERNATIV SKORING»: YANGI KREDIT MAʼLUMOTLARI HISOBOTI ISHGA TUSHMOQDA!

2025-yil 23 iyundan boshlab Kredit-axborot tahliliy markazi «Alternativ skoring» nomli yangi hisobot xizmatini ishga tushiradi. Bu xizmat rasmiy daromadi ko‘rinmaydigan fuqarolarga ham kredit olish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.


Endi bank hamda moliya tashkilotlari qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini quyidagi manbalar bo‘yicha baholashi mumkin:

so‘nggi 12 oydagi bank kartasi tranzaksiyalari
majburiy ijro byurosi maʼlumotlari (jumladan aliment to‘lovlari)
oxirgi 12 oyda amalga oshirilgan kommunal to‘lovlar

💡 Shu maʼlumotlar asosida mijozning to‘lov imkoniyatini ko‘rsatuvchi skoring bali shakllanadi va banklar aynan shu balni inobatga olib qaror qabul qiladi.


Yangi hisobot bank va nobank tashkilotlariga mijoz haqidagi maʼlumotni to‘liqroq ko‘rish va qaror qabul qilish jarayonini osonlashtiradi.

Bu tizim aholiga nima beradi? Rasmiy daromadi bo‘lmagan fuqarolar ham kredit ola oladi. Lekin yodda tuting: har bir kechiktirilgan to‘lovingiz kredit skoring reytingiga ta’sir qiladi. Moliyaviy intizom – sizning yangi "garov"ingiz

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💳 Raqamli bank xizmatlari — vaqtingiz ham, pullaringiz ham nazoratda!

Hisobingizni tekshiring, to‘lovlarni amalga oshiring, kredit oling yoki omonat joylashtiring — barchasi bir ilovada.


📱 Bank xizmatlaridan tez, qulay va xavfsiz foydalaning. Navbatlar, hujjatlar, ortiqcha harakatlar — endi ortda qoldi.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moliyaviy yastiq yaratish bo‘yicha yo‘riqnoma 🧾

1-qadam – Moliyaviy yastiq summasini aniqlang:
Oylik xarajatlaringizni hisoblang: ijara, oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar va boshka majburiy to‘lovlar. Buni 3-6 oyga ko‘paytiring - bu sizning moliyaviy yostig‘ingiz hajmi bo‘ladi.

2-qadam - Maqsad qo‘ying:
Masalan, 12 oyda 45 000 000 so‘m jamg‘arish. Bu summani qismlarga bo‘ling: oyiga 3 750 000 so‘m.

3-qadam – Zahira yaratish uchun yo‘llar toping:
Keraksiz xarajatlarni kamaytiring: ko‘chada ovqatlanish, taksi xizmati o‘rniga jamoat transportdian foydalanish, rejasiz xaridlar. Tejalgan summaning barchasi - moliyaviy yostiq uchun!

4-qadam - Alohida hisobdan foydalaning:
Pullar sarflanmasligi uchun jamg‘arma oching yoki aloxida xamyonda saqlang.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mobil ilovalar orqali moliyani boshqarish: raqamli savodxonlikning yangi bosqichi

Bugungi kunda bank ilovalari oddiy balansni ko‘rish vositasi emas — ular to‘liq moliyaviy boshqaruv markaziga aylandi.


📲 Ilovalar nimalarga qodir?
Balans va tranzaksiyalarni real vaqtda kuzatish
To‘lovlar: kommunal, internet, soliqlar
Kreditlar va omonatlarni boshqarish
Budjetni tahlil qilish va sarf-xarajatlar statistikasi
Onlayn to‘lovlar, pul o‘tkazmalari
Keshbek, bonus tizimlari, QR orqali to‘lovlar

🔐 Xavfsizlik haqida unutmang:
— Ilovani faqat rasmiy marketlardan yuklab oling
— PIN, Face ID yoki Touch ID yoqing
— Push-xabarnomalarni faollashtiring — har qanday harakatdan xabardor bo‘ling
— SMS-kod yoki parolingizni hech kimga yubormang

📌 Raqamli moliyaviy savodxonlik — bu zamonaviy hayotning ajralmas qismidir.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔒 Moliyaviy xavfsizlik — bu sizning moliyaviy hayotingizni himoya qilishning eng muhim qoidasidir.

PIN-kod, SMS orqali kelgan tasdiqlovchi kodlar yoki karta ma’lumotlarini hech kimga aytmang — hatto “bank xodimi” deb tanishtirsa ham. Noma’lum havolalarga bosmang, telefon orqali aytilgan shubhali so‘zlarga ishonmang. Firibgarlar aynan sizning ishonchingizdan foydalanishga harakat qiladi.


📱 Kartangiz, bankingizdagi hisoblaringiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz faqat sizga tegishli.

Moliyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling — bu firibgarlikdan himoyalanishning eng ishonchli yo‘lidir.


🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 Kredit tarixingiz yomonmi? Bu hali hammasi tugadi degani emas.

Bankdan kredit olish qiyin bo‘lsa, mikromoliya tashkilotlari yoki lombardlarga murojaat qilishingiz mumkin.


Hujjatlar kamroq, talablar yengilroq bo‘ladi.

📌 Ammo kredit olishdan oldin shartlarni diqqat bilan o‘qing: foiz stavkasi, to‘lov muddati va jarimalar haqida to‘liq tushuning.

Xar qanday qarz — bu javobgarlik. Qarz olishdan oldin uni qaytarish rejasini o‘ylab ko‘ring.

Markaziy bank tomonidan 2025-yil I chorak yakuni boʻyicha "Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy holati sharhi" bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun
Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

🏛 Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:
bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi
banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi
bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi

Ma'lumot: Sanatsiya (lotincha: canatio — sogʻlomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va boshqalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi.


🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 10:18:47
Back to Top
HTML Embed Code: