Telegram Web Link
What would you like to learn?
Please leave your answers in the comments or group, please.

Sizni nimani o'rganishni xohlaysiz?
Iltimos. javoblaringizni kamentlarda qoldiring.

Hurmat bilan, @funandeasyenglish
👍1
🖊Present continuous tense (Hozirgi davomiy zamon)

Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari, bugun sizlar bilan "present continuous" zamonini o'rganamiz.

Ba'zan
ingliz tilida "be + ing" deb ham aytiladi.

🔹Qachon ishlatiladi?

1️⃣Gapiralayotgan paytning o'zida bo'layotgan harakat:
▪️Listen! She
is singing.
Eshit! U qo'shiq kuylayapti.

2️⃣Kutilgan, planda bo'lgan, yaqin kelajakdagi biror harakat:
▪️I can't go to your house
this Friday because I am going to my parents' house.
Men bu Juma sening uyingga bora ololmayman chunki men ota-onamning uylariga boryapman.

Davomi bor, sal kechroq tashlanadi...

👉@funandeasyenglish
🖊Present continuous tense (Hozirgi davomiy zamon)

🔹Qanday yasaladi?

Uning laqabi (Be + ing) aytib turganidek, yordamchi fe'l "be" ni hozirgi zamonga aylantiriladi va fe'lga "-ing" qo'shimchasi qo'shiladi. "Be" fe'li yordamchi fe'l bo'lganidek, u inkorni olib boradi va savollarda faqatgina, ot va yordamchining o'rnini almashtirish kerak.

▪️Misol, pastda👇

👉@funandeasyenglish
▪️Misollar (Present Continuous)
🔹Dars yuqorida...

👉@funandeasyenglish
🖊Present continuous tense (Hozirgi davomiy zamon)

🔹Yozish
📝

Hozirgi davomiy zamonga aylantirilayotgan fe'l "-e" bilan tugasa, "-ing" qo'shayotganimizda, "e" olib tashlanadi:

▪️Move (qimirlamoq) => moving

Agar
aylantirilayotgan fe'l "undosh-unli-undosh" bo'lib tugasa,"-ing" qo'shayotganimizda, oxiridagi undosh ikkiga ko'paytiriladi:

▪️Swim (suzmoq) => swimming

👉@funandeasyenglish
Dialogue time!

👉@funandeasyenglish
✳️DIALOGUE

🖊Kichik munozara

🅰️ = Addison
🅱️ = Brianna

🅰️Hi, Brianna! How are you?
Salom, Benjamin! Qandaysan?

🅱️Oh, hi! I am great! How are you doing yourself?
Oh, salom! Men zo'rman! O'zing qandaysan?

🅰️I am good. Thank you for asking.
Men yaxhsiman. So'ragning uchun rahmat.

🅱️No problem. So, what are you doing these days?
Muammo yo'q. (bu gapda "arzimaydi" degan ma'noda ishlatilyapti.) Hozirgi kunlarda nima qilyapsan/nia qilib yuribsan?

🅰️Nothing much, I am going to middle school. What about you?
Ko'pmas, Hozir o'rta maktabga boryapman (AQSHda o'rta maktab 6-8 sinflar). Senchi?

🅱️Oh, that's great! I am going to middle school too. Where do you go?
Oh, u zo'r (bu gapda "qanday yaxshi" degan ma'noda ishlatilyapti)! Men ham o'rta maktabga boryapman. Sen qayerga borasan? ("Qaysi maktabga borasan?" deyilmoqchi)

🅰️I go to Swanson Middle School. What about you?
Men Svanson O'rta Maktabiga boraman. Senchi?

🅱️I go to Frost Middle School.
Men Frost O'rta Maktabiga boraman.

🅰️ Do you like it there?
U yer/maktab ni yaxshi ko'rsanmi?

🅱️It's okay. Where are you going now?
Bo'ladi (yaxshi). Hozir qayerga ketyapsan?

🅰️Oh, I am going to a school event.
Oh, men bitta maktab tadbiriga boryapman.

🅱️That's sounds interesting!
U qiziqqa o'xshayapti (to'g'ri tarjimasi "U qiziqda eshitilyapti")

🅰️Yeah, and you?
Ha, senchi?

🅱️I am visiting my grandparents.
Men bobom va buvimning uylariga tashrif buyuryapman (gapda "bobom va buvimning uylariga boryapman")

🅰️Okay, well say hi to them for me, please. I have to get going, I don't want to be late.
Hop, mayli, mening nomimdan (for me = men uchun, bu gapda sal boshqacha) ularga salom aytib qo'y, iltimos. Ketishim kerak. Kech qolgim kelmayapti.

🅱️Alright, bye!
Yaxshi/ mayli, xayr!

🅰️Bye!
Xayr!

👉@funandeasyenglish
✳️DIALOGUE

🖊Kichik munozara (audio fayl)

👉@funandeasyenglish
🖊Vocabulary

45 most common verbs in English = Ingliz tilida eng ko'p uchraydigan 45ta fe'l

▪️Give
= bermoq
▪️Sell = sotmoq
▪️Lend = berib turmoq
▪️Buy = sotib olmoq
▪️Like = yoqtir
▪️Love = yaxshi ko'rmoq
▪️Sleep = uxlamoq
▪️Wake up = turmoq
▪️Clean = yig'ishtirmoq/tozalamoq
▪️Sweep = supurmoq
▪️Work = ishlamoq
▪️Watch = tomosha qilmoq
▪️See = ko'moq
▪️Look = qaramoq
▪️Write = yozmoq
▪️Read = o'qimoq
▪️Run = yugurmoq
▪️Jump = sakramoq
▪️Walk = yurmoq
▪️Go = bormoq
▪️Swim = suzmoq
▪️Drive = haydamoq
▪️Leave = ketmoq
▪️Come = kelmoq
▪️Visit = tashrif buyurmoq
▪️Eat = yemoq
▪️Drink = ichmoq
▪️Cook = pishirmoq
▪️Wash = yuvmoq
▪️Study = o'qimoq
▪️Do = qilmoq
▪️
Sit = o'tirmoq
▪️Stand = turmoq
▪️Fix = sozlamoq
▪️Mesure = o'lchamoq
▪️Add = qo'shmoq
▪️Subtract = ayrimoq
▪️Divide = bo'lmoq
▪️Multiply = ko'paytirmoq
▪️Use = foydalanmoq/ishlatmoq
▪️Win = yutmoq
▪️Lose = yutqazmoq
▪️To be = bo'lmoq
▪️Have = bor bo'lmoq
▪️Teach = o'rgatmoq

Hali hammasi emas, audiosi sal keyinroq tashlanadi...

👉@funandeasyenglish
🖊Vocabulary

45 most common verbs in English (audio)

👉@funandeasyenglish
🖊Present Simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari, bugun sizlar bilan "Present Simple" zamonini o'rganamiz.

🔹Qachon ishlatiladi?

1️⃣Odatlar (doimiy bo'ladigan harakatlar) haqida gapirish uchun:
▪️I go to school at 8:30 everyday.
Men
har kuni maktabga 8:30da boraman.

2️⃣Umumiy, doimiy haqiqatlar haqida gapirish uchun:
▪️Water
freezes at 0 degrees.
Suv 0 darajada
muzlaydi.

3️⃣Gapirilayotgan vaqtda to'g'ri bo'lgan narsalar:
▪️I
live in Tashkent.
Men Toshkentda
yashayman.

4️⃣Yoqtirgan narsalari, tuyg'u- hissiyotlarini, frikrlarini aytish uchun:
▪️I
like going to the theater.
Men teatrga borishni
yaxshi ko'raman.

Davomi bor, sal kechroq tashlanadi...

👉@funandeasyenglish
🎉1
🖊Present Simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

🔹Qanday yasaladi?

Deyarli barcha shaxslarga bir-xil yasalinadi.

🔸Positive form:
Ot + fe'lning aylantirilmagan "infinitif" formasi.
❗️3- birlik shaxsida (He, she, it) oxiriga "-s" qo'shiladi.

🔸Negative form:
Ot + don't + fe'lning aylantirilmagan "infinitif" formasi.
❗️3- birlik shaxsida (He, she, it) "doesn't/does not" bo'ladi.

🔸Question form:
Do + ot + fe'lning aylantirilmagan "infinitif" formasi.
❗️3- birlik shaxsida (He, she, it) "doesn't/does not" bo'ladi.

▪️Misol, pastda👇

👉@funandeasyenglish
🎉1
🖊Misollar (Present Simple)
🔹Dar yuqorida...

👉@funandeasyenglish
🖊Present Simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

🔹Yozish
📝

Hozirgi oddiy zamonga aylantirilayotgan fe'l "o, z, s, sh yoki ch" bilan tugasa, uchinchi birlik shaxsida, fe'lga "-es" qo'shiladi:

▪️G
o (bormoq) => I go ; He goes

Agar
aylantirilayotgan fe'l "undosh-y" bo'lib tugasa, uchinchi birlik shasida, 'y' "-i" harfiga aylanadi va fe'lning oxiriga, "-es" qo'shiladi.

▪️Cry (yig'lamoq) => I cry ; She cries

👉@funandeasyenglish
🖊Vocabulary (100 most common nouns in English)

🔹Noun = ot

▪️House = uy
▪️Kitchen = oshxona
▪️Living room = mehmonxona
▪️Plane/Airplane = somolyot
▪️Airport = aeroport
▪️Restaurant = restarant
▪️Food = ovqat
▪️Store = bozor
▪️Shop = magazin
▪️Ice cream = muzqaymoq
▪️Bread = non
▪️Money = pul
▪️Book = kitob
▪️Table = stol
▪️Chair = stul
▪️School = maktab
▪️Student = o'quvchi
▪️Bus = avtobus
▪️Text = matn
▪️Museum = muzey
▪️Garden = bog'
▪️Notebook = daftar
▪️Map = xarita
▪️Video = video
▪️Photo = rasm
▪️Painter = rassom
▪️Computer = kompyuter
▪️Key = kalit
▪️Lock = qulf
▪️Animal = hayvon
▪️Calendar = kalendar
▪️Year = yil
▪️Day = kun
▪️Month = oy
▪️Today = bugun
▪️Tomorrow = ertaga
▪️Hour = soat
▪️Time = vaqt
▪️Minute = minut
▪️Second = sekund
▪️Holiday = bayram
▪️Street = ko'cha
▪️Road = yo'l
▪️Bicycle/Bike = velosiped
▪️Car = mashina
▪️City = shahar
▪️Country = davlat
▪️Boat = kema
▪️Date = sana (misol: 06.08.2021/6-avgust)
▪️Number = raqam/son

Hali hammasi emas, audiosi keyinroq tashlanadi...

👉@funandeasyenglish
🎉1
🖊Vocabulary (100 most common nouns in English)

@funandeasyenglish
✳️DIALOGUE

🖊Mehmonxonada xona zaxiralash

🅱️This is Crystal hotel, how may I help you?
Bu "Cristal" mehmonxonasi, siza qanday yordam kerak?

🅰️Hello! I would like to reserve a hotel room.
Assalomu alaykum! Men bitta memonxona xonasini zaxiralamoqchi edim.

🅱️That should be no problem. May I have your full name, please?
U umuman muammo bo'lmaydi. Iltimos, to'liq ismingizni bilsam bo'ladimi?

🅰️My name is John Sandals.
Mening ismim Jon Sandals.

🅱️Hello, Mr. Sandals. My name is Michelle. For when do you need the reservation?
Assalomu alaykum, janob Sandals. Mening ismim Mishel. Sizga zaxira qachonga kerak?

🅰️From Friday, April 14 until Monday, April 17.
Juma, 14-Apreldan Dushanba 17-aprelgacha.

🅱️Our room costs recently went up. Are you okay with that?
Xona narxlari yaqinda ko'tarildi. Siz bu bilan ma'qulmisiz?

🅰️How much is it per night?
Bir kecha uchun necha pul?

🅱️Each night will be $308.
Har bir kecha 308 dollar bo'ladi.

🅰️That price is very good.
U narx juda zo'r.

🅱️Wonderful! Is a queen-size bed okay?
Juda yaxshi! Sizga qirolicha kattaligidagi yotoq (katta "karovat". Juda ko'p joylarda "Queen beds" va "King bed" lar bor. "King bed" "Queen"dan ko'ra kattaroq.) bo'ladimi?

🅰️Yes.
Ha.

🅱️Okay, Mr. Sandals. Your reservation is in our computer. All we need now is a phone number.
Hop, janob Sandals. Sizning zaxirangiz kompyuterimizda. Hozir bizga faqatgina bitta telefon raqam kerak, bo'ldi.

🅰️Certainly. My phone number is 626-555-1739.
Albatta. Raqamim 626-555-1739. (AQSHda raqamlar shunga o'xshaydi).

🅱️Thank you, Mr. Sandals. We look forward to seeing you!
Rahmat, Mr.Sandals. Sizni Aprelda ko'rishni kutamiz (Aprelda kelganingizda sizni ko'rishni).

👉@funandeasyenglish
👍1
✳️DIALOGUE

🖊Mehmonxonada xona zaxiralash (audio)

👉@funandeasyenglish
Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari😊Juda uzoq vaqt davomida sizlar uchun, kanalga darslar qo'ymadim. Lekin shu vaqt davomida bir narsani boshlayotgan edim: MANA BU SAYTNI. Bu saytni ingliz tilini boshqacha o'rgatish uchun qilmoqdaman. Hali darslarning 10% ham qo'yilmagan, lekin ba'zi bir darslar: Mana bu yerda bor. Hali barcha mavularning darslarini qo'yaman. Meni buni sizlar bilan ulashish uchun aytib qo'ydim va shuning uchun juda faol bo'la ololmadim😅😄
🖊Clothes and accessories

Bugungi darsda ingliz tilida kiyimlar va taqinchoq/qo'shimcha narsalarning nimaligini o'rganasiz.

DARS UCHUN BU YERNI BOSING!

AUDIO UCHUN
BU YERNI!

@funandeasyenglish
2025/10/21 09:12:17
Back to Top
HTML Embed Code: