Markaziy bank raisi Timur Ishmetov direktiv kreditlarni qisqartirish amaliyotini davom ettirish regulyator uchun muhim ekanini ta’kidladi. “Bu yil direktiv kreditlarning kredit portfelidagi ulushini 4−5 foiz bandga kamaytirish rejamiz bor”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/direktiv-kreditlar/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/direktiv-kreditlar/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3
O‘zbekiston va YI JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov. Muzokaralar kelgusida a’zolik bayonnomasida mustahkamlab qo‘yiladigan tariflar va xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oldi. Mamlakat Panama bilan ham kelishuvga erishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/wto-eu-uzb/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/wto-eu-uzb/
Telegram | Instagram | YouTube
👍59❤12
Bryusselga rasmiy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi. Suhbatda savdo, investitsiya va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston yetakchisi qirol Filippni mamlakatga taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzb-bel/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzb-bel/
Telegram | Instagram | YouTube
👍57❤13
Moliya bozorining Markaziy bank vositalariga nisbatan sezgirligi pastligicha qolmoqda, shuning uchun regulyator ularni qayta ko‘rib chiqadi, dedi MB raisi Timur Ishmetov. Uning qo‘shimcha qilishicha, monetar siyosatning shaffofligi va prognozliligini oshirish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/rate-cbu/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/rate-cbu/
Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Sud mart oyida poytaxtdagi “12” barining tashqarisida Boris Avakyanni kaltaklaganlikda ayblangan Akmal Shukurovni sakkiz yilu bir oyga umumiy tartibli koloniyaga hukm qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/akmal-shukurov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/akmal-shukurov/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎3
Ko‘za sho‘rva, borsh, fransuzcha sho‘rva, turkcha frikadelka sho‘rva va boshqa issiq sho‘rva retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/zira/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/zira/
Telegram | Instagram | YouTube
👍1
AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. “Keng ko‘lamli iqtisodiy va xavfsizlik masalalari” muhokama qilinishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/usa/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/usa/
Telegram | Instagram | YouTube
👍95❤5
Markaziy bank raisi Timur Ishmetov bugungi boshqaruv yig‘ilishida faqat asosiy stavkani saqlab qolish varianti ko‘rib chiqilganini aytdi. “Barcha ko‘rsatkichlar inflyatsiya pasayuvchi trendga o‘tganini ko‘rsatdi. Lekin, hali xatarlar mavjud. Shuning uchun bu safar faqat bir variant ko‘rib chiqildi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/asosiy-stavka/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/asosiy-stavka/
Telegram | Instagram | YouTube
❤6👍4
“O‘zmilliybank” investorlarga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Suffa platosida joylashgan “Shale” turidagi kottejlar loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/nbu/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/nbu/
👍5
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi bilan imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ko‘p vektorli siyosatining natijasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u bitim ahamiyati va Yevropaning O‘zbekistondagi manfaatlari haqida gapirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/kamilov-eu/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/kamilov-eu/
Telegram | Instagram | YouTube
👍38
Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv rangining o‘zgarishi isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq vaqtinchalik hodisa ekanligini ma’lum qildi. Suv sifati tashqi ta’sirlar bilan o‘zgargani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/zang-suv/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/zang-suv/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4❤3🤔2
Chorvoq Darvozasi Chorvoq tog‘larida xonadon sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun maxsus aksiya e’lon qiladi. 25-oktabrdan 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda har bir xaridor uy uchun mo‘ljallangan qimmatbaho sovrinlar aksiyasida ishtirok etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/dream-city/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/dream-city/
❤4👍2🤔1
MB raisi Timur Ishmetov kichik biznesni moliyalashtirishdagi asosiy muammolar sifatida kreditlar qimmatligi, skoring tizimi va kredit olish jarayonidagi ma’murchilikning murakkabligini sanab o‘tdi. “Banklar uchun 10−20 mln kredit olmoqchi bo‘lgan biznes bilan gaplashishni o‘zi ovoragarchilik”, — deya ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/small-business/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/small-business/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hadli dasturni imzolandi. Dastur O‘zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlovchi 25 ta BMT agentligi, jamg‘armasi va dasturlari uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/bmt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/bmt/
Telegram | Instagram | YouTube
❤5👍1
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun qator soha vakillarini orden va medallar bilan taqdirladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/awards/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/awards/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10❤3
Endi “Kambag‘al oilalar reyestri”dagi oilalarning farzandlari oilaviy bog‘chalarga borsa, ota-onalar to‘lovining 40% qismi davlat hisobidan qoplanadi. Agar bu toifadagi tarbiyalanuvchilar belgilangan miqdordan oshib ketsa, kompensatsiya ketma-ketlik asosida beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/kindergartens/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/kindergartens/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔2
O‘zbekistonda 25-oktabr — ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Bayramga yaxshi gaplar yarashadi, albatta. Biroq so‘nggi vaqtlarda bu tizim tubdan islohotga muhtojligi haqidagi fikrlar tobora ko‘paymoqda. Gazeta jamoatchilik faollarining fikrini o‘rgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/ichki-ishlar/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/ichki-ishlar/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6❤1🤔1
“Yulduzli tunlar”, “Uch ildiz”, “Avlodlar dovoni” singari asarlar muallifi Pirimqul Qodirov tavalludiga 25-oktabr kuni 97 yil to‘ldi. Gazeta sana munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/pirimqul-qodirov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/pirimqul-qodirov/
Telegram | Instagram | YouTube
❤8👍7
Prezident ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ularni “chinakam xalqchil tuzilma”ga aylantirishga qaratilgan islohotlarni esladi. U huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/iiv/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/iiv/
Telegram | Instagram | YouTube
👍27❤4
Shanba kuni kechqurun Toshkent havosida PM2,5 mayda dispers zarrachalarining miqdori O‘zbekiston standarti bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan 3−4 baravar oshdi. Bu miqdor Gulistonda 9,5 barobargacha, Andijonda 10,1 barobargacha ko‘tarilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/air/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/air/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔5😢4👎2❤1
