Telegram Web Link
Gazeta va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Bu safar reper Shaka bilan birga Ohangaron tumanidagi Nurobod shaharchasini aylandik. U bilan o‘zbek repi, so‘kinish va haqoratli so‘zlari bor matnlar, to‘ylar musiqa sanoatiga qanchalik ta’sir qilayotgani va Nurobod haqida gaplashdik.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/shaka/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍3
O‘zbekistondagi maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/school-holiday/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Jahon banki O‘zbekistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollarli imtiyozli kreditlarni ma’qulladi. Kam ta’minlanganlarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovini 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mga oshirish, ayollarni ish joyida tazyiq va kamsitishlardan himoyalash, telekommunikatsiya shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/world-bank-loan/

Telegram | Instagram | YouTube
👎43👍3😢3
Pokiston va Afg‘oniston yaqin 48 soat ichida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bir kun avval tomonlar o‘tgan dam olish kunlarida boshlangan va tinchigan chegaradagi to‘qnashuvlarni qayta boshlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/truce/

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 17-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 72,68 soʻmga pasayib, 12 160,99 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudida Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan 40 yoshli fuqaro 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U Lugansk va Donetskda Rossiya armiyasi safida xizmat qilgan, so‘ng buni yashirish uchun pasportini yirtib tashlagan va Rossiya fuqaroligini olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/yollanish/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5👎31
Akademik Hoji-Akbar Rahmonqulov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 28−29-oktabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining hozirgi bosqichida fuqarolik qonunchiligini yangilash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/tdyu/
👍21
AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ga Venesuela hududida maxfiy operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berganini tasdiqladi. U, shuningdek, Oq uy narkokartellarga zarba berish uchun bu mamlakatda quruqlikdagi operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/venezuela/

Telegram | Instagram | YouTube
👎10👍21😢1
O‘zbekistonda yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilyapti. Uzinfocom’ning sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultonov Ucast podkastida platforma joriy etilgach, aholi va sohani qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida so‘z yuritdi. Gazeta suhbatning asosiy qismlarini keltiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/digitalization-of-healthcare/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Fransiya parlamenti qayta tayinlangan bosh vazir Sebasten Lekornyuning hukumatiga ishonchsizlik votumi bildirish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmadi. U sotsialistlarga yon berishga va prezidentning pensiya islohotini to‘xtatishga va’da berishga majbur bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/france/

Telegram | Instagram | YouTube
2
Shahrisabz turizm markazidagi zamonaviy Miraki dor yo‘li NBU Invest Group tomonidan sotuvga qo‘yildi. 1,9 gektar maydonni egallagan obyekt turizm sohasiga sarmoya kiritish uchun istiqbolli loyiha hisoblanadi. Savdolar 30-oktabr kuni E-auksion elektron savdo platformasida bo‘lib o‘tadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/nbu-miraki/
👍2
2023-yili Namanganda 4 kishi o‘quvchini o‘g‘irlab, uning otasidan 300 ming dollar talab qilgan. Keyinchalik bola ozod etilgan. Tashkilotchi 17 yilga, qolgan ishtirokchilar esa 7 yildan 11 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan. Yaqinda mahkumlardan birining hukmni qayta ko‘rib chiqish arizasi qanoatlantirilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/kidnapping/

Telegram | Instagram | YouTube
👍52
Avval geosiyosiy nozik zona bo‘lgan Farg‘ona vodiysi hozirda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlariga erishmoqda, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. So‘nggi 8 yilda vodiyning yalpi hududiy mahsuloti qariyb 4 barobar o‘sdi va uning mamlakat YAIMdagi roli 1/5 qismiga yaqinlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/ferghana/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2🤔2
Janubiy Koreya yana O‘zbekiston fuqarolarini mavsumiy ishlar uchun E-8 vizasi bilan qabul qiladi. Migratsiya agentligi va Kyonsan-Namdo provinsiyasi ma’muriyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sakkiz oylik shartnomalar asosida Toshkent viloyatidan ishchilar yollash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/migration/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3👎1
Horror muxlislari uchun bayram, sun’iy intellekt bilan kurash haqida film va anime — bu oy nima ko‘ramiz?

“Kinotavsiya”ning navbatdagi sonida Sarvar Karimov horror muxlislari uchun bir qancha premyeralar haqida hikoya qiladi. Dahshatli filmlarni yoqtirmaydiganlar esa bu oy texnofentezi, anime yoki serial ko‘rishlari, shuningdek, Sarvar Karimov o‘zi tasvirga olgan fantastik komediyani tomosha qilishlari mumkin.

Video: https://youtu.be/6xVSG8TKUaY

Videoni keyinroq ko‘rishni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘ying.

Sarvar Karimov, Ma’murjon Obrahmatov, Behzod Habibullayev, Shahzod Habibullayev, Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus
5
Qozog‘iston hukumati 16-oktabrdan boshlab tezlashayotgan inflyatsiya fonida Ai-92 benzini va dizel yoqilg‘isi narxi, shuningdek, kommunal tariflarni oshirishga moratoriy joriy qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/kazakhstan/

Telegram | Instagram | YouTube
Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning buyuk allomalari haqida roliklar tayyorlamoqda. Loyiha hikoyachisi sifatida Ibn Sino rolini ijro etgan “Oskar” mukofoti sovrindori Ben Kingsli taklif qilindi. Kelgusida Morgan Friman, Denzel Vashington, Mel Gibson va Anjelina Jolini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/ben-kingsley/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7👎41
O‘zaro telefon muloqotidan so‘ng Donald Tramp Vladimir Putin bilan Budapeshtda uchrashishini e’lon qildi. Kreml buni tasdiqladi, ammo uchrashuv sanasi aniq emas. Putin AQShning Kiyevga Tomahawk qanotli raketalarini topshirishi Rossiya-AQSh munosabatlariga putur yetkazishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/trump-putin/

Telegram | Instagram | YouTube
1🤔1
16-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗣 Gaz tagi bilan yo‘q — Qumqo‘rg‘on hokimi gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat berdi.

🪪 Avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron 🪪 guvohnoma beriladi.

🛬 Yangi Toshkent aeroporti Yangiyo‘l shahridan 7 km sharqda quriladi. Lokatsiya.

📈 XVJ O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va inflyatsiya tezlashishini prognoz qildi.

🎒 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi.

🇰🇷 Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilarni E-8 vizasi bo‘yicha qabul qilishni tiklaydi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍1
Prezident yig‘ilishida kosmik monitoringdan iqtisodiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari ta’kidlandi. Yil boshidan beri sun’iy yo‘ldosh orqali 2 mingta kondan ruxsatsiz foydalanish, 33 mingta o‘zboshimcha qurilish holati aniqlangan. Ularni tezkor o‘rganib, bartaraf etadigan tizim yaratish topshirig‘i berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/space-monitoring/

Telegram | Instagram | YouTube
👍51
2025/10/20 10:48:56
Back to Top
HTML Embed Code: