Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi tasdiqlandi. Test sinovlarida B+ va undan yuqori daraja olgan o‘qituvchiga oylik maoshiga ustama beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/sertifikat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/sertifikat/
Telegram | Instagram | YouTube
❤4👍3
103 raqamiga bitta qo‘ng‘iroq va tez yordam yo‘lda. O‘zbekistondagi 3 mingga yaqin tez yordam brigadasi yiliga kamida 13 mln chaqiruvga xizmat ko‘rsatadi. Gazeta shifokorlar jamoasi bilan bir kun birga yurib, vazifasi odamlar hayotini saqlab qolish bo‘lgan bu insonlar mehnati ortida nimalar turgani bilan tanishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/ambulance/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/ambulance/
Telegram | Instagram | YouTube
👍13❤10
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani FVB boshlig‘i xizmat xonasida 3 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U mablag‘ni kompleksga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berish evaziga talab qilgan. Shuningdek, Toshkentda fuqarodan $14 ming so‘ragan advokatlar qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/pora/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/pora/
Telegram | Instagram | YouTube
❤5👍4🤔1
Buxoroning Eski shahar qismida “Qalblar dardiga darmon” zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tyapti. Gazeta ko‘rgazma kuratorlari, prodyuserlari va moderatorlari bilan birga zamonaviy rassomlar asarlarini qanday tushunish lozimligi va biyennale doirasida qanday tadbirlar o‘tkazilayotgani haqida hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/bukhara-biennial/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/bukhara-biennial/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍3
“Women in Tech Global”, “Techno Women”, “She Innovator Central Asia” va “Central Asia Association of Artificial Intelligence” kabi xalqaro loyihalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ICT Week’da cun’iy idrok bilan ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga doir fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/women-artificial-intelligence/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/women-artificial-intelligence/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1👎1
TKTI talabasi Muhriddin Ilashov Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyning 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani qutqarib qoldi. Oliy ta’lim vaziri uning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/student/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/student/
Telegram | Instagram | YouTube
👍15❤6👎1
Hukumat qarori bilan respublikadagi vokzal, stansiya hamda raz’ezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlarigariga moslashtiriladi. Ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta obyekt kiritilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/davlat-tili/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/davlat-tili/
Telegram | Instagram | YouTube
👍14❤9🤔2👎1
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida fermer xo‘jaligi Qoradaryo daryosidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olib, tabiatga 43,12 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi. Texnika vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. Tegishli hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/nature/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/nature/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔3👍2👎2😢2❤1
Hafta boshida O‘zbekistonning shimoliy va tog‘li hududlarida tongda havo harorati nol darajagacha pasayishi, ammo chorshanbadan mamlakatning katta qismida harorat keskin, +30 daraja va undan ham yuqori ko‘tarilishi kutilyapti. Ammo yog‘ingarchilikdan darak yo‘q — joriy hafta juda quruq o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1👎1
Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi. Yana bir yo‘lovchi ayol shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/yth/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/yth/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston prezidenti rekonstruksiya qilingan Shota Rustaveli ko‘chasini ko‘zdan kechirish chog‘ida BRT tezyurar avtobus harakati loyihasi Toshkentning boshqa ko‘chalari uchun namuna bo‘lishini aytdi. “Agar shunday yo‘llar qilsak, odamlar shaxsiy mashinalarida faqat shanba va yakshanba kunlari yuradi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/brt-president/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/brt-president/
Telegram | Instagram | YouTube
👍59❤5
Fransiyadagi Luvr muzeyiga o‘g‘rilar derazani sindirib kirib, to‘qqizta “bebaho” buyumni o‘g‘irlab ketdi. Buyumlarning bittasi — Yevgeniyaning toji topilgan. Jinoyatchilar 4 kishi va xorijlik bo‘lgani taxmin qilinmoqda, ular hamon qidirilmoqda. Makron buni “qadrli merosimizga hujum” deb atadi. Voqea tafsilotlari.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/louvre/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/louvre/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔3👍2
Toshkentning 5 ta kirish nuqtasida avtovokzallar, kempinglar va yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari barpo etiladi. “Agar yuk mashinasi Samarqanddan chiqib, soat 8:00 da yetib kelsa, u to‘xtash joyida 3 soat kutib turishi, so‘ngra shaharga kirishi mumkin bo‘ladi”, — dedi IIV rahbari.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trucks/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trucks/
Telegram | Instagram | YouTube
👍63❤1
O‘zbekistonda bu hafta juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +23…+28, kechalari +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1
“Muzqaymoq” hikoyasi, “Er boshiga ish tushsa”, “Ulug‘bek xazinasi” va yana o‘nlab asarlar muallifi Odil Yoqubov tavalludiga 20-oktabr kuni 98 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/odil-yoqubov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/odil-yoqubov/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1
Wyndham Resort Charvak chindan ham o‘ziga xos narsa — premium uslubdagi eksklyuziv tadbirni tayyorlamoqda, uning doirasida xonadon egalari qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/wyndham-resort-charvak/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/wyndham-resort-charvak/
👍3❤1
Prezident Yangi Toshkent aeroporti qurilishi bilan birga, mahalliy kompaniyalarning samolyotlari sonini 105 tadan 180 taga yetkazilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroport Yangi Toshkentning bir qismiga aylanadi va poytaxt bilan shattl-baslar va metro liniyasi orqali bog‘lanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/new-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/new-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
👍82❤14
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Davaktiv agentligiga UzPost`dagi davlat ulushini xususiylashtirishda qonunchilik talablariga, xususan, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/uzpost/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/uzpost/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
O‘tgan haftadagi AQSh va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi “oson kechmadi”, deb yozmoqda xorijiy OAV. Tramp Zelenskiyni Rossiyaning shartlarini qabul qilishga undadi, yo‘qsa, Putin Ukrainani “yo‘q qilish” bilan tahdid qilmoqda. Zelenskiy Donbassni topshirishdan bosh tortdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trump-zelensky/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trump-zelensky/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5❤1
