Telegram Web Link
Namanganda qizchaga nisbatan zo‘ravonlikdan so‘ng, quyi palata deputati Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritishni taklif qildi. Pedofillarga jazo “yaxshi xulq” uchun qisqartirilishi davlatning bolaga munosabatini ko‘rsatadi, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/pedophilia/

Telegram | Instagram | YouTube
👍257
Toshkentda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazi qurilishiga rasman start berildi. U Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tibbiyot klasterining muhim obyekti hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 149,8 mln dollarni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/tibbiyot-klasteri/

Telegram | Instagram | YouTube
👍53
Tarmoqlarda Ohangaron tumanidagi manzil koloniyadan qochgan 31 yoshli mahkum maktabdan qaytayotgan 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilgan xabar tarqaldi. Erkak 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bilan 16 yilga qamalgan bo‘lgan. Toshkent viloyati IIBBga ko‘ra, u o‘sha kuni ushlangan va qamoqqa olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/violence/

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1🤔1😢1
Sifatsiz tovar partiyasining kamida 70 foizini ixtiyoriy ravishda qaytarib olgan tadbirkorlar jarimalardan ozod etiladi. Sifatsiz mahsulot sotganlik uchun ilk marta ushbu tovar qiymatining 50 foizigacha, bir yil ichida takror sodir etilganda, 100 foizigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/low-quality-products/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5
3-oktabr kuni Fido-Biznes Academy’da “Zamonaviy sharoitlarda IT-landshaftni boshqarish” kursi bo‘lib o‘tdi, u akademiyaning zamonaviy IT yondashuvlari va biznesning raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan bir qator ta’lim dasturlarini ochib berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/fido-biznes-academy/
👍2
“Adolat” partiyasi o‘lim bilan bog‘liq YTH uchun jazoni og‘irlashtirish, tezlikni doimiy me’yordan oshirganlarni “prava”sidan mahrum qilish muddatini amaldagi 3 yildan 10 yilgacha uzaytirish, shuningdek, mast holatda odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarni umrbod haydovchilik huquqidan mahrum etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/drivers/

Telegram | Instagram | YouTube
👍22👎32😢2🤔1
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 4 mlrd dollarlik 10 ta hujjat imzolandi. Qo‘shma tashabbuslar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi. InterHealth loyihasi imzolanishi, o‘ta yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/cooperation/

Telegram | Instagram | YouTube
👍111
BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘izistonni o‘lim jazosini qaytarmaslikka chaqirdi. Mamlakatda 17 yoshli qiz zo‘rlanishi va vafotidan so‘ng Sadir Japarov bu jazoni tiklashni taklif qilgandi. Tyurkka ko‘ra, o‘lim jazosi haqiqatan ham jinoyatchilikni jilovlashi haqida hech qanday dalil yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7🤔32
Toshkent shahridagi IT Park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining Data Volt kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 mln dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 mlrd dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/data-markaz/

Telegram | Instagram | YouTube
👍48🤔21
21-oktabr, seshanba kuni Lemmon kometasi Yerga 90 mln km masofagacha yaqinlashadi. Kometani quyosh botgandan so‘ng g‘arb tomonda va gorizontga yaqinroq masofada Ho‘kizboqar yulduz turkumi fonida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/lemmon/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Prezident viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga yil yakunigacha “Aqlli shahar” tizimini joriy qilishni topshirdi. Bunda situatsion markaz tashkil qilinib, kommunal xizmatlar, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/aqlli-shahar/

Telegram | Instagram | YouTube
👍47
Yaponiya parlamenti yangi bosh vazir lavozimiga Sanae Takaitini tasdiqladi. U mamlakat tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi. Takaiti qat’iy konservator sifatida tanilgan, u, shuningdek, britaniyalik “Temir xonim” Margaret Tetcherning ixlosmandidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/japan/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
SI infratuzilmasiga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar uchun Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi (hozirda yuridik shaxslar uchun — 8,3 sent). 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda olis hududlar uchun sun’iy yo‘ldosh internet operatorlari ishga tushadi, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/imtiyoz/

Telegram | Instagram | YouTube
👍472🤔1
O‘zbekistonda tuman va shahar hokimlarning sun’iy intellekt va raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Barcha vazirlik va hokimliklarda ushbu yo‘nalishda alohida bo‘linma ochiladi. Xorijiy til biladigan va texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSh va Yevropaga kurslarga yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/ai-consultant/

Telegram | Instagram | YouTube
👍522
O‘zbekistonda idoralararo ma’lumotlar bazalari elektron hukumat tizimining yagona data-markaziga birlashtiriladi. Ma’lumotlarni ko‘chirish 2025−2026-yillarda amalga oshirilishi reja qilinmoqda. Jarayon yakunlanganidan so‘ng davlat idoralariga ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlash taqiqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/unified-data-center/

Telegram | Instagram | YouTube
👍643
Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

Markaziy bank 22-oktyabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 49,13 so‘mga pasayib, 12 011,02 so‘m etib belgilandi. Milliy valyuta so‘nggi to‘rt savdo kunida 222,65 so‘mga mustahkamlandi.

Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍51
Yevropa yetakchilari Ukraina prezidenti bilan birgalikda AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab zudlik bilan to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/joint-statement/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7
22-oktabr kuni Central Asian Expo Uzbekistan’da (CAEx) Automechanika Tashkent 2025 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Avtomobil biznesi uyushmasi (ABA Uzbekistan) ko‘magida tashkil etilgan “Avtobiznes ichidan: tajriba, insaytlar, prognozlar” ekspertlar paneli bo‘lib o‘tadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/adm-global/
👍4
UzPost pochta operatoriga 31,45 mlrd so‘mlik (2,6 mln dollar) QQS to‘lash majburiyati yuklandi, bu kompaniya sof foydasidan 37 baravar ko‘pdir. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, kompaniya 2021 va 2023-yillarda xorijiy kompaniyalarga ko‘rsatilgan tranzit xizmatlari uchun QQSni to‘liq to‘lamagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/uzpost/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3🤔31
Ohangaron tumanida “foydali mehnat ishlari”ga jalb qilingan paytida 3-sinf qizni zo‘rlagan manzil koloniya mahkumi ishi bo‘yicha hibsxona xodimlariga jinoyat ishi ochildi. IHMAga ko‘ra, hozirda jabrlanuvchi birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtirilgan va u bilan psixolog suhbat o‘tkazmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/hibsxona/

Telegram | Instagram | YouTube
😢3🤔1
2025/10/22 07:36:08
Back to Top
HTML Embed Code: