Telegram Web Link
SI infratuzilmasiga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar uchun Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi (hozirda yuridik shaxslar uchun — 8,3 sent). 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda olis hududlar uchun sun’iy yo‘ldosh internet operatorlari ishga tushadi, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/imtiyoz/

Telegram | Instagram | YouTube
👍472🤔1
O‘zbekistonda tuman va shahar hokimlarning sun’iy intellekt va raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Barcha vazirlik va hokimliklarda ushbu yo‘nalishda alohida bo‘linma ochiladi. Xorijiy til biladigan va texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSh va Yevropaga kurslarga yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/ai-consultant/

Telegram | Instagram | YouTube
👍522
O‘zbekistonda idoralararo ma’lumotlar bazalari elektron hukumat tizimining yagona data-markaziga birlashtiriladi. Ma’lumotlarni ko‘chirish 2025−2026-yillarda amalga oshirilishi reja qilinmoqda. Jarayon yakunlanganidan so‘ng davlat idoralariga ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlash taqiqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/unified-data-center/

Telegram | Instagram | YouTube
👍643
Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

Markaziy bank 22-oktyabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 49,13 so‘mga pasayib, 12 011,02 so‘m etib belgilandi. Milliy valyuta so‘nggi to‘rt savdo kunida 222,65 so‘mga mustahkamlandi.

Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍52
Yevropa yetakchilari Ukraina prezidenti bilan birgalikda AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab zudlik bilan to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/joint-statement/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8
22-oktabr kuni Central Asian Expo Uzbekistan’da (CAEx) Automechanika Tashkent 2025 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Avtomobil biznesi uyushmasi (ABA Uzbekistan) ko‘magida tashkil etilgan “Avtobiznes ichidan: tajriba, insaytlar, prognozlar” ekspertlar paneli bo‘lib o‘tadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/adm-global/
👍4
UzPost pochta operatoriga 31,45 mlrd so‘mlik (2,6 mln dollar) QQS to‘lash majburiyati yuklandi, bu kompaniya sof foydasidan 37 baravar ko‘pdir. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, kompaniya 2021 va 2023-yillarda xorijiy kompaniyalarga ko‘rsatilgan tranzit xizmatlari uchun QQSni to‘liq to‘lamagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/uzpost/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔5👍31
Ohangaron tumanida “foydali mehnat ishlari”ga jalb qilingan paytida 3-sinf qizni zo‘rlagan manzil koloniya mahkumi ishi bo‘yicha hibsxona xodimlariga jinoyat ishi ochildi. IHMAga ko‘ra, hozirda jabrlanuvchi birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtirilgan va u bilan psixolog suhbat o‘tkazmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/hibsxona/

Telegram | Instagram | YouTube
😢3🤔2
22-oktabrdan “Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablar loyihalarini kiritish jarayoni boshlanadi. Bu bosqichda 112 ta tumandagi 5000 ga yaqin maktab ishtirok etadi. Loyiha uchun 293 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/my-school/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Bundan 36 yil avval, 1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bugun ushbu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram munosabati bilan Gazeta “Davlat tili haqida”gi qonun asosida bir test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/uzbek-language/

Telegram | Instagram | YouTube
8👍6
Reportaj: Yunusobodliklar mahalla ichidagi chiqindi poligonidan norozi

Toshkentning Yunusobod tumanidagi “Hamkorobod” MFY fuqarolari mahalla markazidagi noqonuniy chiqindi poligonidan shikoyat qilmoqda. Mazkur hududga tashlab ketilayotgan chiqindilarning yoqilishi nafaqat poytaxt havosini buzmoqda, balki aholi salomatligiga ham jiddiy xavf solmoqda, deydi murojaatchilar. Gazeta ushbu hududda boʻlib, vaziyatni oʻrgandi.

https://youtu.be/wV_45gWfHWY?si=hV-R1LuBsoPhND70

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
Prezident IT-parkka tashrifi chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini vazirlik va idoralar faoliyatiga hamda turli iqtisodiyot sohalariga joriy etishga doir loyihalar bilan tanishdi. U AI sohasini rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlash va yoshlarning ilmiy salohiyatini jalb etish muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/ai-projects/

Telegram | Instagram | YouTube
👍6111
O‘zbekiston Qozog‘istondan sement importini tonnasiga $300 dan past narxlarda chekladi, aslida mahsulot narxi $30 turadi, dedi QazCem bosh direktori Yerbol Akimbayev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “yopiq” qaroriga tayanib. Buning ortidan qo‘shni davlatda eksport yetti yil ichida birinchi marta nolgacha tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/uzb-kaz-cement/

Telegram | Instagram | YouTube
👎8👍41🤔1
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab Qozog‘istondan Ozarbayjonga o‘tadigan optik tolali kabel liniyasiga ulanish ustida ishlamoqda. DataVolt vakilining aytishicha, bu internet-trafik uchun muqobil marshrut yaratadi va mamlakatga milliardlab foyda keltiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/internet-datavolt/

Telegram | Instagram | YouTube
👍94👎1🤔1
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 2−3 balli zilzila sezildi. 6 magnitudali yer silkinishi episentri Afg‘onistonda joylashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/earthquake/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1
Yangi APEX BUSINESS mobil ilovasi orqali kompaniyalar o‘z moliyaviy jarayonlarini to‘liq raqamli muhitda, xavfsiz va tezkor tarzda boshqarishi mumkin. Bu yechim bankning mijozlarga qulaylik va samaradorlik yaratishga qaratilgan yangi bosqichidir (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/apex-bank/
👍4
Xorazm nuqul qadimiy qal’alaru qumtepalar degani emas — uning o‘ziga xos oshxonasi ham bor. U ko‘katlar, ziravorlar va baliqli taomlar ko‘pligi bilan ajralib turadi — Amudaryoning yaqinligi mintaqa didiga ta’sir ko‘rsatgan. Gazeta bu yerda qaysi taomlar mashhur-u ularni qayerda yeb ko‘rish mumkinligini o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/food-guide-to-khorezm/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍3
O‘zbekistondagi mobil operatorlar soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni blokirovka qiluvchi anti-spoofing texnologiyasi joriy etilganini ma’lum qildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi qo‘llab-quvvatlagan loyiha telefon firibgarligidan himoyalanish va shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/operators/

Telegram | Instagram | YouTube
👍74
Jizzax shahridagi fitnes klubidagi yashirin sexda dorilar qo‘lbola usulda qadoqlanishi aniqlandi. Gumondor shaxslar ushbu sexda qadoqlangan dorilarni 5 ming dollarga sotish paytida qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/fitnes/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍4
19-oktabr kuni Xitoyning Uxu shahrida AiMOGA 2025 Global biznes konferensiyasi bo‘lib o‘tdi — bu tadbir Chery 2025 Xalqaro atomobil sammitining eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/chery-uzbekistan/
👍3👎1
2025/10/25 01:40:22
Back to Top
HTML Embed Code: