Telegram Web Link
InfinBANK Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz avtokredit dasturini ishga tushirdi. Endilikda xaridorlar respublikadagi barcha bank filiallarida 25% boshlang‘ich to‘lov va 60 oygacha muddatga avtokredit rasmiylashtirishi mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/infinbank/
👍3👎2
Oilaviy poliklinika hamshirasi 3 yoshli qizchani onasi bilan kelishib, 19,7 mln so‘mga sotib yuborgan. Oradan 2 yil o‘tib, o‘sha qizni boshqa fuqaroga 15 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. U 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 11,25 mln so‘m jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/oila-hamshirasi/

Telegram | Instagram | YouTube
👎8😢4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Anons

IT tadbirkor Laziz Adhamov Gazetaʼning “Sening yoshliging menda boʻlsaydi” nomli loyihasi doirasida yoshlarga tavsiyalar berib oʻtdi.

Toʻliq videoni Gazetaʼning YouTube sahifasida 22-oktabr kuni 18:00 da tomosha qilishingiz mumkin.

Video chiqqanidan xabardor boʻlish uchun quyidagi havola orqali qoʻngʻiroqchani bosib qoʻying:

https://youtu.be/OJZ35HpibK8
4👍2
Tuzatish: Lombardlar va faktoring tashkilotlariga islom moliyasi xizmatlari ko‘rsatishga ruxsat berilgani yo‘q

21-oktyabr kuni Gazeta O‘zbekistonda mikromoliya, faktoring tashkilotlari hamda lombardlarga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgani haqida xabar bergandi. Aslida esa lombardlar va faktoring tashkilotlariga islom moliyasi xizmatlari ko‘rsatishga ruxsat berilmagan.

Mikromoliya tashkilotlariga esa bunday faoliyat bilan shug‘ullanishga avvalroq, 2024-yilda ruxsat berilgan va bunday xizmatlar ko‘rsatish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlangan.

21-oktyabr kuni berilgan xabar uchun manba sifatida ko‘rsatilgan Markaziy bank boshqaruvi qarori esa islomiy moliyalashtirish xizmatlari yuzasidan Markaziy bankka topshiriladigan hisobot shakllarini tasdiqlashni nazarda tutadi.

Shundan kelib chiqib xabar o‘chirildi. Tahririyat xatolik uchun o‘quvchilardan va Markaziy bankdan uzr so‘raydi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston oltin eksportidagi tarixiy maksimumni yangilab, 9,9 mlrd dollarlik oltin sotdi. Sentabr oyining o‘zida 1,5 mlrd dollarlik oltin eksport qilindi. Eksport tarkibida oltinning ulushi 37,1 foizga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/gold-export/

Telegram | Instagram | YouTube
👍31👎1
Dollarning rasmiy kursi 4 kunlik tushishdan soʻng koʻtarildi

Markaziy bank 23-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 90,27 soʻmga qimmatlab, 12 101,29 soʻm etib belgilandi. Evro kursi ooʻdi, rubl esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva sport fuqaroligini o‘zgartirdi va endi xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Sportchi WTA reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/maria-timofeeva/

Telegram | Instagram | YouTube
12👎6👍3🤔2
Oq uy AQSh va Rossiya prezidentlarining ikkinchi uchrashuviga tayyorgarlikni to‘xtatdi. Avvalroq Vladimir Putin bilan sammit yaqin ikki hafta ichida Budapeshtda o‘tkazilishi mumkinligini aytgan Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, u “foydasiz uchrashuv”ni istamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/trump-putin/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔4👍1
O‘zbekistonda kripto-aktivlarni ayirboshlash va saqlash bo‘yicha yetakchi yechim provayderlaridan biri Asterium Markaziy Osiyodagi yirik moliyaviy texnologiyalar tadbiri — FinTech & Banking Forum 2025 da Innovation Leader in Crypto nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/asterium/
👍43
Sentabrda O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisi yillik hisobda 13,7% ga, to‘qqiz oyda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5% ga o‘sdi. Ikkilamchi uy-joy narxi o‘tgan yilning sentabriga nisbatan 4,6% ga oshdi.Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari pasaydi, ayni paytda birlamchi uy-joy va ijara narxi qimmatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/housing/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
OTB O‘zbekiston o‘rta ta’lim maktablarida STEM fanlarini o‘qitishga 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 200 ta maktabni laboratoriyalar, AKT infratuzilmasi, quyosh energiyasi bilan jihozlash, qizlarni STEM kasblariga o‘qitish targ‘ibot kampaniyalari ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/adb-financing-stem/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1
Uzum Bank Altegio avtomatlashtirish platformasi bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga jarayonlarni yanada samarali qilish, yangi mijozlarni jalb qilish va daromadni oshirish imkonini beruvchi keng qamrovli raqamli yechimni taqdim etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/uzum-bank/
3👍3
Namangan va Toshkent viloyatlarida ikki qizchaga qilingan jinsiy zo‘ravonlikdan so‘ng pedofillarga og‘ir jazo tayinlash masalasi yana kun markaziga chiqdi. Tarmoq foydalanuvchilari o‘lim jazosini qaytarish, kastratsiya qilish, umrbodga qamashni ilgari surmoqda. Gazeta bu borada ekspertlar fikriga qiziqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/pedofiliya/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21😢3
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryusselda bo‘ladi. Belgiya poytaxtida davlat rahbari YeIning asosiy institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi. O‘zbekiston va ittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/visit/

Telegram | Instagram | YouTube
👍274
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qilayotgan ishingizga oshiq boʻling!” — tadbirkor Laziz Adhamov

Gazeta nashrining “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli ushbu loyihasida el-yurt orasida hurmatga sazovor kishilar oʻz yoshligini eslab, hozirgi zamon nuqtayi nazaridan yoshlarga tavsiyalar beradi.

Navbatdagi mehmon — Oʻzbekistondagi bir nechta kompaniyalar asoschisi Laziz Adhamov.

Toʻliq videoni Gazeta’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: https://youtu.be/OJZ35HpibK8

Ziyoda Ramazonova, Ma’murjon Obrahmatov, Shahzod Habibullayev

@gazetauzmaxsus
4
YI va Transkaspiy yo‘lagida ishtirok etuvchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari muvofiqlashtiruvchi tuzilma tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uning loyihasi noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishi investorlari va aloqalari forumida taqdim etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/eu-transcaspian-route/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
To‘qqiz oyda O‘zbekistonda valyutaga talab 42,7 mlrd dollargacha (+23,5%) oshdi, taklif esa 34,4 mlrd dollarni tashkil etdi (MB aralashuvlarisiz). Eksport, tashqi qarzlar va pul o‘tkazmalari valyutaning asosiy manbalari bo‘ldi. Aholi banklarga sotib olganidan 6,7 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/exchange-rate/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
KXDR 21-oktabr kuni ertalab bir nechta qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Uchirish AQSh prezidenti va XXR raisi tashrif buyurishi kerak bo‘lgan Janubiy Koreyadagi OTOIH sammitidan bir hafta oldin amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/missiles/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2🤔1
Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i Alisherbek Paygamov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bilan ism-sharifi bir xil bo‘lgan Sardorbek Umurzakov (suratda) egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/appointment/

Telegram | Instagram | YouTube
👍42
2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi ustidan shikoyat bermaslikka qaror qildi. Advokat Abdulloh Sodiqga ko‘ra, bu uning mustaqil qaroridir. “Taqdir deb, qadarga taslim bo‘ldi. Menimcha, yana ovoragarchilikda yurishni xohlamadi”, — deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | YouTube
😢8🤔31👍1
2025/10/26 02:50:59
Back to Top
HTML Embed Code: