O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-sentabrida asosiy kapitalga 443,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi — o‘tgan yil shu davridan 15,2% ko‘p. O‘sish sur’ati birinchi yarimyillikdagidan uch karra yuqori bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkich deyarli 39% oshgan o‘tgan yildagidan sezilarli darajada past.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/investments/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/investments/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2🤔2
Toshkentda yigit to‘ydan oldin o‘zi kuyov bo‘layotgan oilaning uyini aldov yo‘li bilan sotib yubordi. U qizning uyini garovga qo‘yib turishini aytib, uni boshqa fuqaroga 240 000 dollarga sotib yuborgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, sud jarayonlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/firibgarlik/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/firibgarlik/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔4👍2👎2😢1
O‘zbekistonda 22-oktabr holatiga ko‘ra quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi. Bu butun 2024-yilda shunday stansiyalarda ishlab chiqarilgan quvvatdan deyarli 2 karra ko‘p.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/green-energy/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/green-energy/
Telegram | Instagram | YouTube
❤9
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqilgan va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/rate/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/rate/
Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida — o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, obyekt pasporti, peshlavha va qurilish maydoni to‘siqlaridagi boshqa yozuvlar davlat tilida bo‘lishi, unga oid reklama va e’lonlarda o‘zbekchadan foydalanish majburiy bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzbek-language/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzbek-language/
Telegram | Instagram | YouTube
👍14❤6
Forwarded from Gazeta.uz — Maxsus kanal
Avtobus emas, Damasʼga loyiq koʻrilgan maktab bolalari
2024–2025 oʻquv yilida Surxondaryo va Qashqadaryodagi olis hududlarda maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi kerak edi. Gazeta oʻrganishlariga koʻra, Surxondaryoda bu reja “Damasʼli tashabbus”ga aylangan: yoʻllarning taʼmirtalab va xavfliligi sabab darsga uzoqdan qatnaydigan bolalar avtobus emas, Damasʼda tashiladigan boʻlyapti. Viloyat hokimligining taʼkidlashicha, “atigi 10-12 nafar oʻquvchi uchun avtobus ajratish maqsadga muvofiq emas — xarajatlarni qoplamaydi”.
Oʻquvchilarni Damasʼda tashish aslida Surxondaryo uchun yangilik emas: Termiz tumanidagi 18-maktabning 25 nafar oʻquvchisi 2020-yildan buyon darsga bitta Damasʼda qatnaydi. Biroq bugun viloyatning maktabga olisdan keladigan oʻquvchilari uchun ana shu Damasʼning ham topilmay qolayotgani yana bir muammo.
Gazetaʼning Surxondaryodan tayyorlagan reportaji bilan quyidagi havola orqali tanishing:
https://www.gazeta.uz/uz/2025/10/23/school-bus/
@gazetauzmaxsus

😢7❤4👍4
BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/taxi-company/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/taxi-company/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3
O‘zbekiston prezidenti Belgiyada SUEZ, Vandewiele, KfW, European Investment Bank kabi kompaniya va bank rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda yevropalik hamkorlarga “yashil” energetika, energiya tejash va ekologik kimyo loyihalarida ishtirok etish taklif qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/president/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/president/
Telegram | Instagram | YouTube
👍54❤2
“O‘zmilliybank” investorlarga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Suffa platosida joylashgan “Zomin Wellness” Spa — sog‘lomlashtirish kompleksi loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/nbu/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/nbu/
❤4👍1
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi va 25-oktabrda kunduzi +23…+28 darajani, 26-oktabrda +21…+26 darajani tashkil etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/weekend/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/weekend/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Bryusselda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/bitim/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/bitim/
Telegram | Instagram | YouTube
👍11❤1
Milliy valyutaning mustahkamlanishi so‘mga bo‘lgan ishonchning oshishiga, dollarlashtirish darajasining pasayishiga, shuningdek, qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining 4,9 trln so‘mga qisqarishiga olib keldi, deb ta’kidladi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sum/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sum/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5❤1🤔1
“O‘zbekiston hech bir davlatdan oltin sotib olmagan va sotib olish niyati yo‘q, oltinimiz o‘zimizga yetadi”, — dedi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov. Regulyator rahbariga ko‘ra, ushbu ma’lumot chiqqan The Economist jurnali ham xatosini tan olib, materialiga tuzatish kiritib qo‘ygan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/reexport/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/reexport/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6🤔3
Markaziy bank raisi Timur Ishmetov bank bozoridagi raqobat masalasi — juda katta masala ekanini va bu regulyator e’tibor markazida bo‘lib turganini ta’kidladi. “Banklar soni bo‘yicha qandaydir target yo‘q. Menimcha ko‘proq sifat masalasida ishlashimiz kerak. Yetarli raqobatni ko‘rmayapmiz”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/raqobat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/raqobat/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6❤1
MB raisi Timur Ishmetov AQSh va YIning so‘nggi sanksiyalarini izohlab, buning O‘zbekistonga ehtimoliy ta’sirini inkor etmadi. Lekin uzoq muddatli shartnomalar va diplomatik mexanizmlar ehtimoliy oqibatlarni kamaytirishi mumkin. Unga ko‘ra, mamlakatning sanksiyalar rejimiga rioya qilish bo‘yicha pozitsiyasi qat’iy.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sanctions-risks/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sanctions-risks/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3