Telegram Web Link
Avtobus emas, Damasʼga loyiq koʻrilgan maktab bolalari

2024–2025 oʻquv yilida Surxondaryo va Qashqadaryodagi olis hududlarda maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi kerak edi. Gazeta oʻrganishlariga koʻra, Surxondaryoda bu reja “Damasʼli tashabbus”ga aylangan: yoʻllarning taʼmirtalab va xavfliligi sabab darsga uzoqdan qatnaydigan bolalar avtobus emas, Damasʼda tashiladigan boʻlyapti. Viloyat hokimligining taʼkidlashicha, “atigi 10-12 nafar oʻquvchi uchun avtobus ajratish maqsadga muvofiq emas — xarajatlarni qoplamaydi”.

Oʻquvchilarni Damasʼda tashish aslida Surxondaryo uchun yangilik emas: Termiz tumanidagi 18-maktabning 25 nafar oʻquvchisi 2020-yildan buyon darsga bitta Damasʼda qatnaydi. Biroq bugun viloyatning maktabga olisdan keladigan oʻquvchilari uchun ana shu Damasʼning ham topilmay qolayotgani yana bir muammo.

Gazetaʼning Surxondaryodan tayyorlagan reportaji bilan quyidagi havola orqali tanishing:

https://www.gazeta.uz/uz/2025/10/23/school-bus/

@gazetauzmaxsus
😢6👍42
BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/taxi-company/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
O‘zbekiston prezidenti Belgiyada SUEZ, Vandewiele, KfW, European Investment Bank kabi kompaniya va bank rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda yevropalik hamkorlarga “yashil” energetika, energiya tejash va ekologik kimyo loyihalarida ishtirok etish taklif qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/president/

Telegram | Instagram | YouTube
👍532
“O‘zmilliybank” investorlarga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Suffa platosida joylashgan “Zomin Wellness” Spa — sog‘lomlashtirish kompleksi loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/nbu/
4👍1
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi va 25-oktabrda kunduzi +23…+28 darajani, 26-oktabrda +21…+26 darajani tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/weekend/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Bryusselda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/bitim/

Telegram | Instagram | YouTube
👍101
Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 27-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,98 soʻmga pastlab, 12 117,35 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Milliy valyutaning mustahkamlanishi so‘mga bo‘lgan ishonchning oshishiga, dollarlashtirish darajasining pasayishiga, shuningdek, qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining 4,9 trln so‘mga qisqarishiga olib keldi, deb ta’kidladi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sum/

Telegram | Instagram | YouTube
👍51🤔1
“O‘zbekiston hech bir davlatdan oltin sotib olmagan va sotib olish niyati yo‘q, oltinimiz o‘zimizga yetadi”, — dedi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov. Regulyator rahbariga ko‘ra, ushbu ma’lumot chiqqan The Economist jurnali ham xatosini tan olib, materialiga tuzatish kiritib qo‘ygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/reexport/

Telegram | Instagram | YouTube
👍6🤔3
Markaziy bank raisi Timur Ishmetov bank bozoridagi raqobat masalasi — juda katta masala ekanini va bu regulyator e’tibor markazida bo‘lib turganini ta’kidladi. “Banklar soni bo‘yicha qandaydir target yo‘q. Menimcha ko‘proq sifat masalasida ishlashimiz kerak. Yetarli raqobatni ko‘rmayapmiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/raqobat/

Telegram | Instagram | YouTube
👍61
MB raisi Timur Ishmetov AQSh va YIning so‘nggi sanksiyalarini izohlab, buning O‘zbekistonga ehtimoliy ta’sirini inkor etmadi. Lekin uzoq muddatli shartnomalar va diplomatik mexanizmlar ehtimoliy oqibatlarni kamaytirishi mumkin. Unga ko‘ra, mamlakatning sanksiyalar rejimiga rioya qilish bo‘yicha pozitsiyasi qat’iy.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/sanctions-risks/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, shuningdek, viza tartibini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/eu-meeting/

Telegram | Instagram | YouTube
👍333
Markaziy bank raisi Timur Ishmetov direktiv kreditlarni qisqartirish amaliyotini davom ettirish regulyator uchun muhim ekanini ta’kidladi. “Bu yil direktiv kreditlarning kredit portfelidagi ulushini 4−5 foiz bandga kamaytirish rejamiz bor”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/direktiv-kreditlar/

Telegram | Instagram | YouTube
3
O‘zbekiston va YI JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov. Muzokaralar kelgusida a’zolik bayonnomasida mustahkamlab qo‘yiladigan tariflar va xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oldi. Mamlakat Panama bilan ham kelishuvga erishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/wto-eu-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5912
Bryusselga rasmiy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi. Suhbatda savdo, investitsiya va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston yetakchisi qirol Filippni mamlakatga taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzb-bel/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5713
Moliya bozorining Markaziy bank vositalariga nisbatan sezgirligi pastligicha qolmoqda, shuning uchun regulyator ularni qayta ko‘rib chiqadi, dedi MB raisi Timur Ishmetov. Uning qo‘shimcha qilishicha, monetar siyosatning shaffofligi va prognozliligini oshirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/25/rate-cbu/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
2025/10/26 02:51:02
Back to Top
HTML Embed Code: