Senat Farg‘ona viloyatida IIB xodimlari tahqirlab, kaltaklagan maktab direktori ishini nazoratga oldi. “Tizimdagi kamchilik va qonunbuzilishlarga qat’iy baho berilishi lozim”, — dedi senator Malika Qodirxonova. Oliy sudga ko‘ra, Furqat tumani IIB boshlig‘i va o‘rinbosari 6 ta modda bo‘yicha ayblanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/violence/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/violence/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5👎2😢2
  “G‘afur G‘ulom” metro bekatida tug‘ilgan bola va uning onasiga umrbod metrodan bepul foydanalish kartasi beriladi. Toshkent metropoliteniga ko‘ra, xizmat davomida jasorat ko‘rsatgan xodima Naima Maxamadjonova va boshqalar ham rag‘batlantiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/metro/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/metro/
Telegram | Instagram | YouTube
❤20👍14
  Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila kuchi sezildi. Yer silkinishi epitsentrda 5 ballni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida 2 ball bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/zilzila/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/zilzila/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2
  O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida tashkilotga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvini Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi. U, shuningdek, ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/otg/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/otg/
Telegram | Instagram | YouTube
👍119❤32
  Qonunchilik palatasi majlisida shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46−1-moddasiga kiritilayotgan norma deputatlarda savollar tug‘dirdi. Qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/tasvir/
Telegram | Instagram | YouTube
  https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/tasvir/
Telegram | Instagram | YouTube
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishiga aloqador barcha ishdan olinishi kerakligini aytdi. Uning aytishicha, o‘shanda bolalar uchun 5−6 milliardlik dori-darmon yetkazilgan. Ushbu ish bo‘yicha 11 kishi qamoqqa olingan. “Autsorsing tizimi qonun oldida javob beradi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/zoir-mirzayev/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/zoir-mirzayev/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6🤔3❤2
  Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati O‘zbekiston uchun dunyo jamoatchiligi ko‘z o‘ngida ijobiy va yorqin taassurot qoldirish uchun yaxshi imkoniyatlardan biri (agar eng zo‘ri bo‘lmasa). Imkoniyatni ko‘kka sovurmay, har bir ishni o‘z egasiga topshirish kerak. Xususan, terma jamoa libosi masalasini ham.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/mundial-libosi/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/mundial-libosi/
Telegram | Instagram | YouTube
👍7❤2
  Sentabr oyida O‘zbekistonga 114,4 mln dollarlik 11,5 mingta elektromobil import qilindi, bu qiymat jihatdan o‘tgan yilga nisbatan 7,4 baravar ko‘p. Benzinli mashina olib kelish ham ko‘paya boshladi. Importning o‘sishi Piskent avtopoligonida avtomobillar sinovlari to‘xtatilgan vaqtga to‘g‘ri keldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/cars-import/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/cars-import/
Telegram | Instagram | YouTube
❤4
  Dushanbeda 2030-yilgacha yo‘llar va piyodalar o‘tish joylarida elektr samokatlar va skuterlarda harakatlanish taqiqlandi. Alohida ajratilgan joylar mustasno. Rasmiylar samokatlar va skuterlar bilan bog‘liq YTHlar sonini shu orqali kamaytirish niyatida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/dushanbe/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/dushanbe/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6❤1👎1🤔1
  7-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣 “Oxiri ko‘rinmayotgan urushlar davlatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” — O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida.
📈 Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun $4000 dan oshdi.
🤖 O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish alyansi tashkil etiladi — vazir.
🌐 O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin.
🔑 Dollar tushishi va o‘quv yili boshlanishi sabab poytaxtda uy ijarasi narxlari oshdi — MHTI.
📄 “Tizimdagi kamchilikka qat’iy baho berilishi lozim”. Senator — Furqat tumani IIB xodimlarining harakatlari haqida.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/dayjest/
Telegram | Instagram | YouTube
🗣 “Oxiri ko‘rinmayotgan urushlar davlatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” — O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida.
📈 Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun $4000 dan oshdi.
🤖 O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish alyansi tashkil etiladi — vazir.
🌐 O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin.
🔑 Dollar tushishi va o‘quv yili boshlanishi sabab poytaxtda uy ijarasi narxlari oshdi — MHTI.
📄 “Tizimdagi kamchilikka qat’iy baho berilishi lozim”. Senator — Furqat tumani IIB xodimlarining harakatlari haqida.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/dayjest/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👎1
  Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta vakillari bilan O‘zbekistonda uning vakolatxonasini ochish, reklama, kontent monetizatsiyasi kabi masalalar muhokama qilindi. Meta mamlakatda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari orasida eng yirik soliq to‘lovchi bo‘lib turibdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/meta/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/meta/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5❤1👎1
  Shavkat Mirziyoyev SIni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratish va Qoraqalpog‘istonda ma’lumot markazlari qurishga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritayotgan investorlar uchun sharoit yaratish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirish uchun SIni rivojlantirish alyansi tuziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/artificial-intelligence/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/artificial-intelligence/
Telegram | Instagram | YouTube
👍56👎1
  “Biz o‘zidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — dedi IIV rahbari maslahatchisi Zokirjon Almatov Farg‘onada IIB xodimlari ayolni yechintirib, tahqirlagan holat bo‘yicha. “Biz faqat qamash uchun yaratilmaganmiz. Insonlarga g‘amxo‘rlik qilish, yordam berish uchun ichki ishlar xodimlari bor”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/ichki-ishlar/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/ichki-ishlar/
Telegram | Instagram | YouTube
👍22😢5🤔4👎3
  Sea Breeze Uzbekistan kurorti loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza hali yakunlangani yo‘q. Kompaniyada ta’kidlashlaricha, ayni paytda majmua hududida tayyorgarlik ishlari — maydonni tozalash va chiqindilarni olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Emin Agalarov o‘z intervyusida ushbu loyiha bo‘yicha izoh berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/sea-breeze/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/sea-breeze/
Telegram | Instagram | YouTube
👎5❤1
  Qonunchilik palatasi deputatlari aholini shovqindan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi va Senatga yubordi. Qonun loyihasiga avvalgi majlisdagi e’tirozlardan so‘ng tuzatishlar kiritilgan. Lekin shunga qaramay ayrim bandlari yana muhokamaga sabab bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/shovqin/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/shovqin/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔2👍1👎1
  Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasiga yangi raisi etib ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov saylandi. Assotsiatsiyaga bundan avval professional kikboksing boʻyicha jahon chempioni Sunnat Ilyasov va Otabek Umarov ham raislik qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/mma/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/mma/
Telegram | Instagram | YouTube
👎8❤1👍1
  JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 100 milliondan ortiq odam elektron sigaretlar (veyp) chekmoqda, ularning kamida 15 millioni 13−15 yoshlilardir. JSST ekspertlarining fikricha, bu sayyorada “nikotinga qaramlikning yangi to‘lqini”ga olib kelishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/e-cigarettes/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/e-cigarettes/
Telegram | Instagram | YouTube
😢2
  Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/russia/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/russia/
Telegram | Instagram | YouTube
😢15❤1
  O‘zbekistonda bo‘lajak vazirlar va hokimlar nomzodlari Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarda ko‘rib chiqilayotganda korrupsiyaga qarshi kurash rejasini taqdim etishini talab qilish reja qilinmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/law/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/law/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔5❤1
  