Telegram Web Link
Ohangaronda yashovchi 18 yoshli yigit Instagram’da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab izoh qoldirgan. Sud unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va qo‘shimcha cheklovlar tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/haqorat/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11👍7🤔5😢21
O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. U, shuningdek, mamlakatning Kuvaytdagi elchisi hamdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/iroq/

Telegram | Instagram | YouTube
4
70% kabel mahsulotlarini mahalliy korxonalardan sotib olish talabi transformatorlar, shitlar kabilarni ham qamrab olishi rejalashtirilmoqda. “O‘zeltexsanoat” raisiga ko‘ra, prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun QQS to‘lash shartlarini tenglashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/import/

Telegram | Instagram | YouTube
👍6
Quva tumanida 21 yoshli Damas haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
😢9
Toshkentda yuzlab mozaik pannolar — mashhur monumental kompozitsiyalardan tortib, keng jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlargacha bor. Gazeta arxitektura targ‘ibotchisi Fotima Abdurahmonova bilan birga poytaxtni aylanib, shaharning har bir tumanidan ko‘rishga arzigulik bitta ramziy mozaikani tanlab oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/mosaics/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3
O‘zbekistonda korxonalar tozalash inshootlari o‘rnatishdan ko‘ra, oqova suvlarni ifloslantirganlik uchun kichik jarimalarni to‘lashni afzal ko‘rmoqda, dedi qurilish vaziri. Shu sababli 1-oktabrdan kompensatsiya to‘lovlari 20 baravarga oshirildi. Mamlakatdagi tozalash inshootlari faqat maishiy oqovalarga mo‘ljallangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/violations/

Telegram | Instagram | YouTube
👍101🤔1
Venesuelalik siyosatchi Mariya Korina Machado “Venesuela xalqining demokratik huquqlarini ilgari surishdagi tinimsiz mehnati va diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch yo‘l bilan o‘tishdagi kurashi uchun” 2025-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/nobel-peace-prize/

Telegram | Instagram | YouTube
👍93
Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida ovqatdan zaharlangan bolalarning barchasi barqaror ahvolida bo‘lib, hozirda faqat 2 nafar bola shifokorlar kuzatuvida qolmoqda. SSV bayonotiga ko‘ra, noxushlik holatining aniq sababi laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra belgilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/ssv-bayonot/

Telegram | Instagram | YouTube
😢32
Rossiya yil boshidan beri O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berishni 15% ga oshirdi. “Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller aytishicha, MO davlatlari iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Kelasi 5−6 yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston iqtisodiyotining umumiy hajmi 60% ga o‘sishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/gazprom/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5👎51
Isroil Trampning tinchlik rejasi doirasida HAMAS bilan kelishuvni ma’qulladi va u kuchga kirdi. Endi 3 kun ichida barcha isroillik garovga olinganlar ozod qilinishi, Isroil bunga javoban 250 ga yaqin falastinlik mahbusni va G‘azoning hibsga olingan 1700 nafar fuqarosini ozod qilishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/gaza-peace/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2030-yilgacha ishlab chiqarishni 30 foizga oshirib, hajmni 4 mln unsiyaga yetkazishni reja qilmoqda, deb yozdi Bloomberg. Oltin ishlab chiqarishda dunyoda 4-o‘rinda turuvchi NKMK 20 mlrd dollarga baholanishni maqsad qilmoqda. Birinchi yarimyillikda uning sof foydasi 72% ga oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/nmmc/

Telegram | Instagram | YouTube
1
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Kuvayt ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yinchilarning ko‘rsatmalarni bajarayotgani va intizomidan mamnun ekani, ammo to‘psiz o‘yin va nazorat ustida jiddiy ishlash kerakligini ta’kidladi. U o‘ziga qaratilgan tanqidlarga e’tibor bermasligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/fabio-cannavaro/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5
Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida diplomlar, malaka va akademik dasturlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash va professional standartlar hamda malaka talablarini uyg‘unlashtirish mexanizmini joriy etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/mdh/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Boysunda ko‘mir talashgan, bir-birini belkurak bilan urgan odamlar videolari tarqaldi. Tarmoq foydalanuvchilari buni xuddi hayot uchun kurashdek tasvirladi. Boysun tuman hokimligi holatni arzon narxdagi Angren ko‘miri uchun odamlar tartibsizlik keltirib chiqargani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/coal/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11👍3😢2
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 13-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,53 soʻmga koʻtarilib, 12 140,91 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
2026-yil 1-yanvardan 2028-yil yakuniga qadar issiqxona xo‘jaliklariga 1 foizli ijtimoiy soliq stavkasi qo‘llanadi. Shuningdek, eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning minimal narxini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/greenhouse/

Telegram | Instagram | YouTube
Markaziy bank qonunchilikka ko‘ra kreditni qaytarish jadvalidagi har qanday o‘zgarishlardan banklarning o‘zi mijozni xabardor qilishi kerakligini eslatdi. Banklarga kredit shartnomalariga iste’molchilar huquqlarini cheklovchi bandlarni kiritish amaliyotiga chek qo‘yish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/central-bank/

Telegram | Instagram | YouTube
👍51
O‘zbekistonda “butun dunyo dushman” deb tasavvur etilgan avvalgi iqtisodiy siyosat natija bermagan, dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Uning fikricha, mamlakatdagi bugungi muammolar “ilgaridan qolgan meroslar” bilan bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/sadik-safaev/

Telegram | Instagram | YouTube
👎10👍2
Oliy ta’lim vazirligi ayrim oliygohlar talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqidagi xabarlarga javob berdi: bunga buyruqlarni rasmiylashtirish va plastik kartalar ochish jarayoni kechikkani sabab bo‘lgan. Vazirlik joriy hafta yakunigacha to‘lovlar amalga oshirilishini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/scholarships/

Telegram | Instagram | YouTube
👎6
9-oktabr kuni Toshkentda Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi hamda Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Click kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Alta Moda Italiana a Tashkent keng ko‘lamli loyihasi ochildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/click/
2
2025/10/22 21:31:05
Back to Top
HTML Embed Code: