Bryusseldagi Global Gateway forumida Qirg‘izistondagi O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi Kambarota GES-1 loyihasi bo‘yicha 900 mln yevrolik memorandumlar imzolandi. Bu mablag‘larni YeIB ajratishni rejalashtirgan. Shuningdek, YeTTB loyiha uchun 1,3 mlrd yevrolik moliyalashtirish paketini ko‘rib chiqmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/global-gateway/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/global-gateway/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3❤2
Tovada pishirilgan kartoshka va pishloqli non, pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuq va pishloqli sloykalar va pishloqli pishiriqlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/zira/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/zira/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Norvegiyada o‘tgan jahon chempionatida 110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempioni bo‘ldi. U dast ko‘tarish mashqida 196 kg natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Ruslan Nuriddinov esa 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/akbar-jurayev/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/akbar-jurayev/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4❤2
Emmanuel Makron 4 kun oldin iste’foga chiqqan Fransiya bosh vaziri Sebasten Lekornyuni bu lavozimga qayta tayinladi. Endi u yangi hukumatni shakllantirishi va budjetni tasdiqlash uchun taqdim etishi kerak bo‘ladi. Lekornyu avvalroq hukumatning yangi tarkibi tufayli tanqid ostida qolgandi va ishdan ketgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/lecornu-back/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/lecornu-back/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2🤔2
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi o‘rtasidan avtobuslar uchun maxsus qurilgan yo‘lak ishga tushdi. Hozircha O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu yo‘lak bo‘ylab 38-, 57- va 58-yo‘nalishdagi avtobuslar harakatlanmoqda. Gazeta ushbu yo‘lak haqida aholi va avtobus haydovchilarining fikrlariga qiziqdi. Video.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/reportaj/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/reportaj/
Telegram | Instagram | YouTube
❤7
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari 60 sotix maydonda do‘konlar qurish uchun yer ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSh dollari talab qilgan. U 14 800 dollar olayotganda qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/pora/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/pora/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔5
O‘zbekistonda quriladigan pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi, dedi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakili. Uning aytishicha, pulli yo‘llarda yengil va yuk avtomobillari uchun alohida yo‘laklar ajratiladi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, 200 km pulli yo‘l narxi 100 ming so‘m atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/road/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/road/
Telegram | Instagram | YouTube
👎6👍3
Donald Tramp AQSh 1-noyabrdan Xitoydan importga qo‘shimcha 100 foizli bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoyning barcha tovarlar, jumladan, nodir metallar eksportiga keng ko‘lamli cheklovlar joriy etish qaroriga javobdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/us-china/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/us-china/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3🤔1
O‘zbekistonda 1-oktabrdan moped va skuter haydovchilaridan avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qilish boshlandi. Gazeta shu sabab ishga chiqolmayotgan yoki transportini almashtirgan kurerlar bilan suhbatlashdi, avtomaktablar va yetkazib beruvchi kompaniyalardagi vaziyatni o‘rganishga harakat qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/kuryer/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/kuryer/
Telegram | Instagram | YouTube
❤4🤔4
“Amar, Akbar, Antoni”, “Bog‘bon”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” singari o‘nlab filmlar orqali o‘zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan Amitabh Bachchan 11-oktabrda 83 yoshga to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta hind kinosining afsonasi ishtirokidagi filmlar asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/amitabh-bachchan/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/amitabh-bachchan/
Telegram | Instagram | YouTube
❤19👍4👎2🤔1😢1
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng sayr qilish va hordiq chiqarish uchun yanada yashil va qulay bo‘ldi. Bu yerda to‘liq to‘siqsiz muhit yaratildi, tartibsiz to‘xtash joylari esa o‘tmishda qoldi. Ba’zi kamchiliklarga qaramay, loyiha barcha uchun qulay shahar sari katta qadam bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/ozbekiston-ovozi-street/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/ozbekiston-ovozi-street/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3❤2
“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/dp-world-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/dp-world-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1
O‘zbekistonning milliy pochta aloqa operatori UzPost`dagi davlat ulushi xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Gazeta manbasiga ko‘ra, xaridor Rossiya marketpleysi. Bitimdan oldin kompaniya ustav kapitali deyarli 40% ga oshirilgan, buning ichiga 50 ta pochta bo‘limi binolarini ustav kapitaliga o‘tkazish ham kiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/uzpost/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/uzpost/
Telegram | Instagram | YouTube
👎18🤔7❤1
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, milliy armiya asoschilaridan biri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/rustam-axmedov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/rustam-axmedov/
Telegram | Instagram | YouTube
😢10❤6👍1👎1
O‘zbekistonda joriy haftaning ish kunlari juda issiq va quruq o‘tadi. Shu darajadaki, dushanba va seshanba kunlari Surxondaryo viloyatida havo harorati +34 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Hafta boshida mamlakatning shimoliy va cho‘l hududlarida chang bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👍2👎1
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025−2029-yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mita innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/ravshan-irmatov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/ravshan-irmatov/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10❤1
Buzilishi yakunlanayotgan Samarqandda 12 qavatli mehmonxona
Samarqandda 10 yil davomida hujjatsiz qurilgan 12 qavatli noodatiy binoning buzish ishlari davom etmoqda. Gazeta muxbiri olgan suratda binoning so‘nggi 4 qavati qolganini ko‘rish mumkin. Buzish ishlari sabab mehmonxona joylashgan ko‘cha yopilib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, binoni 2022-yil 6-iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi bino egasiga noqonuniy qurilgan binoni o‘z hisobidan buzish majburiyatini yuklagan.
2025-yil iyul so‘ngida buzish ishlari boshlandi. O‘shanda bino egasi Furqat Xalilov O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘llab, bu masalada yordam so‘ragandi.

👎10😢8❤4👍3
UzAuto Motors Damas va Cobalt’ning yangi versiyalari ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Yaqin orada Damas Move yo‘lovchi versiyasi va Damas Max yuk-yo‘lovchi versiyasi mavjud bo‘ladi. Yangilangan Cobalt ilgari mavjud bo‘lmagan 12 ta yangi opsiya bilan jihozlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/damas-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/damas-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
👎11❤2