Olmazor tumanidagi profilaktika inspektorining xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlandi. Uning Toshkent viloyatidagi xonadonidan ham yerga ko‘milgan narkotik modda topildi. IIO xodimi Telegram orqali moddalarni qabul qilib olib, tayyorlab, tarqatish bilan shug‘ullangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/inspektor/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/inspektor/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5🤔2
Prezident issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. 2027-yilda issiqxonalar eksportini 4 mlrd dollarga, ishlab chiqarishni 670 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Qo‘llab-quvvatlash choralari imtiyozlar, moliyaviy yordam va kafolatlangan gaz ta’minotini o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/greenhouse-farms/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/greenhouse-farms/
Telegram | Instagram | YouTube
👍54❤26
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Urugvayga mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, shogirdlari o‘yinidan qoniqish hosil qildi. U o‘yinning yuqori sur’ati, tarkibdagi yo‘qotishlar, himoyadagi kamchiliklarni qayd etdi, ammo mavjud bo‘lgan har bir futbolchi jamoa uchun borini berayotganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/fabio-cannavaro/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/fabio-cannavaro/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍3
13-oktabr kuni Toshkent Xitoydan keltirilgan 202 ta yangi Yutong elektrobuslarini qabul qilib oldi. 2030-yilgacha Toshkent shahrida elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushini 50 foizgacha oshirish belgilangan. Toshkentga 2026-yilda qo‘shimcha 1000 ta avtobus olib kelinishi aytilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/202-yutong/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/202-yutong/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8
Davlat mehnat inspeksiyasi monitoringi natijasida paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 8 nafar mansabdor jazolandi. Bundan tashqari, 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi holati aniqlandi. 1400 nafar terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida yordam ko‘rsatilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/cotton-campaign/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/cotton-campaign/
Telegram | Instagram | YouTube
❤4
11-oktabr kuni Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/chery/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/chery/
👍5❤1
Stalin davri ampir uslubi — XX asrning siyosiy vosita sifatida vujudga kelgan eng taniqli me’moriy shakllardan biri. Tadqiqotchi Rushena Seminogova Gazeta uchun yozgan sharhida uning mahalliy o‘ziga xosligi hamda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari vizual o‘ziga xosligiga ta’siri haqida hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/architecture/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/architecture/
Telegram | Instagram | YouTube
Nyu York tovar birjasida (COMEX) oltin fyucherslari narxi o‘z tarixiy rekordini yangilab, bir unsiya uchun $4179 ni tashkil qildi. Oltin narxi yil boshidan buyon 57% ga o‘sdi. Shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlarining qayta kuchayishi xavfsiz aktivlarga, jumladan, kumushga bo‘lgan talabni oshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/gold/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/gold/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1
BYD Rohat dilerlik markazida Blade Battery’ning teshilish testi bo‘lib o‘tdi, bu brendning yangi energiya manbalari texnologiyalari bo‘yicha tajribasining asosiy dalili bo‘ldi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/byd/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/byd/
❤1👍1
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana sotish tartibini buzganlik uchun jarimani oshirish ko‘zda tutilmoqda. Qayd etilishicha, 2021−2024-yillarda doridan zaharlangan shaxslar soni 18 mingdan oshgan, shundan 177 nafar vafot etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/dori-vositalari/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/dori-vositalari/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👍1
Shavkat Mirziyoyev ajrimlarda farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi aytdi. Shuningdek, prezident oila qurish bu — nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligini taʼkidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
👍68❤6
AQSh, Misr, Qatar va Turkiya rahbarlari Sharm ash-Shayx sammitida G‘azo sektorida tinchlik deklaratsiyasini imzoladi. “Biz birgalikda hamma imkonsiz deb hisoblagan narsaga erishdik. Nihoyat Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatildi”, — dedi AQSh yetakchisi Donald Tramp.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/declaration/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/declaration/
Telegram | Instagram | YouTube
👍9🤔1
Shavkat Mirziyoyev mahallla va ko‘chalarda ozodalik talablariga rioya etilmayotganini tanqid qildi hamda respublikada tozalik va ozodalik oyligini e’lon qildi. IIV va Milliy gvardiya chiqindi tashlaganlik uchun kunlik nazorat o‘rnatadi, 24 soat ishlaydigan obodonlashtirish brigadalari tashkil etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/tozalik/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/tozalik/
Telegram | Instagram | YouTube
👍12❤2🤔1
Chernogoriya Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi. Respublika hukumati bu qarorni mamlakat viza siyosatini YeI viza siyosati bilan muvofiqlashtirish ishlari bilan izohladi. O‘zbekiston TIV bu haqda hozircha ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/montenegro/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/montenegro/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2
Uzum Group UzPost’ni xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etish niyatida va Davlat aktivlariga ariza topshirgan. Kompaniya pochtani boshqarish “nafaqat biznes, balki milliy manfaatlarni” hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/uzpost-uzum/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/uzpost-uzum/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10❤3👎1🤔1
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, jumladan, iqtisodiy va gumanitar sohalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/talk/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/talk/
Telegram | Instagram | YouTube
👍53❤10👎3
“Toshshahartransxizmat” 202 ta yangi elektrobusni ikki oy ichida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Yangilanish poytaxtning 33 ta yo‘nalishini qamrab oladi. Bu yo‘nalishlarda transportni kutish vaqti qisqarishi kutilmoqda. Yangi transport vositalari Mercedes va MAN avtobuslari o‘rnini egallaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/routes/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/routes/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎1
Prezident “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga ega 33 ta namunaviy tuman va shahar tashkil etish dasturini tasdiqladi. Bu hududlar infratuzilma, biznes imkoniyatlari va yashil maydonlar bilan rivojlantiriladi. Har yili umumiy qiymati 50 mln dollarlik 10 ta yirik investitsiya loyihasini ishga tushirish kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/exemplary/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/exemplary/
Telegram | Instagram | YouTube
👍78🤔2
17-oktabrdan 12-dekabrgacha Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi NeUyat festivali bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy tadbiri — 11 nafar ayol rassom jarohat va zaiflik, sukunat va ichki taskinlik mavzularida o‘z asarlarini taqdim etadigan sayyor ko‘rgazma. Kirish bepul.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/neuyat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/neuyat/
Telegram | Instagram | YouTube
❤8