Telegram Web Link
11-oktabr kuni Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/chery/
👍51
Stalin davri ampir uslubi — XX asrning siyosiy vosita sifatida vujudga kelgan eng taniqli me’moriy shakllardan biri. Tadqiqotchi Rushena Seminogova Gazeta uchun yozgan sharhida uning mahalliy o‘ziga xosligi hamda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari vizual o‘ziga xosligiga ta’siri haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/architecture/

Telegram | Instagram | YouTube
Nyu York tovar birjasida (COMEX) oltin fyucherslari narxi o‘z tarixiy rekordini yangilab, bir unsiya uchun $4179 ni tashkil qildi. Oltin narxi yil boshidan buyon 57% ga o‘sdi. Shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlarining qayta kuchayishi xavfsiz aktivlarga, jumladan, kumushga bo‘lgan talabni oshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/gold/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
BYD Rohat dilerlik markazida Blade Battery’ning teshilish testi bo‘lib o‘tdi, bu brendning yangi energiya manbalari texnologiyalari bo‘yicha tajribasining asosiy dalili bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/byd/
1👍1
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana sotish tartibini buzganlik uchun jarimani oshirish ko‘zda tutilmoqda. Qayd etilishicha, 2021−2024-yillarda doridan zaharlangan shaxslar soni 18 mingdan oshgan, shundan 177 nafar vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/dori-vositalari/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1
Shavkat Mirziyoyev ajrimlarda farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi aytdi. Shuningdek, prezident oila qurish bu — nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligini taʼkidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/nikoh/

Telegram | Instagram | YouTube
👍686
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 15-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 35,56 soʻmga koʻtarilib, 12 185,11 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1
AQSh, Misr, Qatar va Turkiya rahbarlari Sharm ash-Shayx sammitida G‘azo sektorida tinchlik deklaratsiyasini imzoladi. “Biz birgalikda hamma imkonsiz deb hisoblagan narsaga erishdik. Nihoyat Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatildi”, — dedi AQSh yetakchisi Donald Tramp.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/declaration/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9🤔1
Shavkat Mirziyoyev mahallla va ko‘chalarda ozodalik talablariga rioya etilmayotganini tanqid qildi hamda respublikada tozalik va ozodalik oyligini e’lon qildi. IIV va Milliy gvardiya chiqindi tashlaganlik uchun kunlik nazorat o‘rnatadi, 24 soat ishlaydigan obodonlashtirish brigadalari tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/tozalik/

Telegram | Instagram | YouTube
👍122🤔1
Chernogoriya Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi. Respublika hukumati bu qarorni mamlakat viza siyosatini YeI viza siyosati bilan muvofiqlashtirish ishlari bilan izohladi. O‘zbekiston TIV bu haqda hozircha ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/montenegro/

Telegram | Instagram | YouTube
2
Uzum Group UzPost’ni xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etish niyatida va Davlat aktivlariga ariza topshirgan. Kompaniya pochtani boshqarish “nafaqat biznes, balki milliy manfaatlarni” hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/uzpost-uzum/

Telegram | Instagram | YouTube
👍103👎1🤔1
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, jumladan, iqtisodiy va gumanitar sohalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/talk/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5310👎3
“Toshshahartransxizmat” 202 ta yangi elektrobusni ikki oy ichida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Yangilanish poytaxtning 33 ta yo‘nalishini qamrab oladi. Bu yo‘nalishlarda transportni kutish vaqti qisqarishi kutilmoqda. Yangi transport vositalari Mercedes va MAN avtobuslari o‘rnini egallaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/routes/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎1
Prezident “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga ega 33 ta namunaviy tuman va shahar tashkil etish dasturini tasdiqladi. Bu hududlar infratuzilma, biznes imkoniyatlari va yashil maydonlar bilan rivojlantiriladi. Har yili umumiy qiymati 50 mln dollarlik 10 ta yirik investitsiya loyihasini ishga tushirish kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/exemplary/

Telegram | Instagram | YouTube
👍78🤔2
17-oktabrdan 12-dekabrgacha Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi NeUyat festivali bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy tadbiri — 11 nafar ayol rassom jarohat va zaiflik, sukunat va ichki taskinlik mavzularida o‘z asarlarini taqdim etadigan sayyor ko‘rgazma. Kirish bepul.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/neuyat/

Telegram | Instagram | YouTube
8
Yaqinda AQSh Xitoydan keladigan tovarlarga 100 foizli qo‘shimcha bojlar joriy etishini e’lon qildi. Trampning Xitoyga qarshi savdo urushi uning o‘z lavozimiga kirishgan yanvar oyidan beri kichik pauzalar bilan davom etmoqda. Gazeta Reuters e’lon qilgan urushga oid teskari xronologiyaning tarjimasini keltirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/us-trade-war/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍1👎1
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-oktabr kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar mavzularidan biri Amerikaning Tomahawk qanotli raketalarini Kiyevga ehtimoliy topshirish masalasi bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/zelensky-trump/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3👎3
O‘zbekistonda mahalla raisi va hokim yordamchisiga bo‘sh turgan 5 ming kvadrat metrgacha davlat mulkini auksionga chiqarish vakolati berildi. Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qolib, infratuzilmaga sarflanadi, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/auction/

Telegram | Instagram | YouTube
👍13👎122
Ikkita aviakompaniya va logistika kompaniyasini o‘z ichiga olgan Centrum Holding 2026-yil oxirigacha aksiyalarini ommaviy joylashtirishni rejalashtirmoqda. Citigroup va Oppenheimer Holdings maslahatchi bo‘lib qatnashadi. Kapital aviapark, yo‘nalishlar va infratuzilmani kengaytirishga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/centrum-holding-ipo/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Rossiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar mobil operatorlari abonentlari hozircha roumingda SMS va mobil internet xizmatlaridan foydalana olmayapti. Mazkur holat mamlakatda joriy etilgan cheklovlar bilan bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/roaming/

Telegram | Instagram | YouTube
2025/10/22 08:11:00
Back to Top
HTML Embed Code: