Telegram Web Link
O‘zbekistonda mahalla raisi va hokim yordamchisiga bo‘sh turgan 5 ming kvadrat metrgacha davlat mulkini auksionga chiqarish vakolati berildi. Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qolib, infratuzilmaga sarflanadi, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/auction/

Telegram | Instagram | YouTube
👍13👎122
Ikkita aviakompaniya va logistika kompaniyasini o‘z ichiga olgan Centrum Holding 2026-yil oxirigacha aksiyalarini ommaviy joylashtirishni rejalashtirmoqda. Citigroup va Oppenheimer Holdings maslahatchi bo‘lib qatnashadi. Kapital aviapark, yo‘nalishlar va infratuzilmani kengaytirishga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/centrum-holding-ipo/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Rossiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar mobil operatorlari abonentlari hozircha roumingda SMS va mobil internet xizmatlaridan foydalana olmayapti. Mazkur holat mamlakatda joriy etilgan cheklovlar bilan bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/roaming/

Telegram | Instagram | YouTube
Samarqanddagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan kadrlar menejeri ishdan haydaldi. Ayol farzandi bilan janjallashgan o‘quvchining sinfiga borib unga qo‘l ko‘targan. Ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/hr-manager/

Telegram | Instagram | YouTube
5👎3🤔2
Qambarota GES-1 qurilishi qiymati 4,2 mlrd dollarni tashkil etadi, shu bilan birga, xalqaro moliya institutlarining moliyalashtirish portfeli esa 5,6 mlrd dollarga yetgan. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ta’kidlashicha, ularning loyihaga bo‘lgan qiziqishi yuqori.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/hydroelectric-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
👎3🤔1
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada savollariga javoblar tarqalib ketganini tasdiqladi. Agentlik olimpiada qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi. Holatga sababchi shaxslar esa javobgarlikka tortiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/answers/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4👎1
OTB O‘zbekistonda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar bankning O‘zbekistonda institutsional islohotlar, inklyuziv o‘sish va global integratsiyaga qaratilgan Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi doirasida ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/adb/

Telegram | Instagram | YouTube
2👎2
Britaniyaning BAT Uzbekistan Investment kompaniyasi O‘zbekistonning UzBAT tamaki kompaniyasidagi 2,6 foiz ulushini 22,3 mln dollarga sotib oldi. Kompaniya aksiyalarni sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uzbat/

Telegram | Instagram | YouTube
👎4🤔1
Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz"da “To‘y” nomli panno bor — bu mozaikalari Toshkent vizual xotirasining bir qismiga aylanib ulgurgan Dilmurod Yusupovning eng e’tiborga molik va ramziy asari. Gazeta rassom bilan uning ijod yo‘li, asarlari va shahar muhitida monumental san’atning o‘rni haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/history-of-mosaics/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Mobiuz’ning Namangandagi yangilangan xizmat ko‘rsatish markazi viloyat aholisi va mehmonlariga raqamli yechimlardan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/mobiuz/
👍51
Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/license/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida deyarli har uchinchi bola uyda jismoniy jazoga duchor bo‘ladi va bolalarning deyarli uchdan ikki qismi psixologik tajovuzga yo‘liqadi, deyiladi YUNISEFning yangi hisobotida. O‘zbekistonda jismoniy jazo 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 29 foiziga nisbatan qo‘llanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/unicef/

Telegram | Instagram | YouTube
😢2👍1👎1
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 16-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 48,56 soʻmga koʻtarilib, 12 233,67 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍32😢1
UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab Chevrolet dilerlik markazlarida Cobalt`ning yangilangan versiyalarini sotuvga chiqaradi. Kompaniyaga ko‘ra, yangi Cobalt Style MCM 156 mln 100 ming so‘m, Cobalt Midnight MCM 165 mln 200 ming so‘m narxda sotiladi. Avtomobilning mavjud komplektatsiyalari narxlari o‘zgarishsiz qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-cobalt/

Telegram | Instagram | YouTube
👎7👍1
2026-yilda O‘zbekiston Italiyada ishga joylashtirish uchun 3500 nafar o‘rta tibbiyot xodimini tayyorlaydi. Pilot loyiha allaqachon boshlandi — Toshkent va Samarqanddan 10 nafar mutaxassis Italiya klinikalarida ish boshladi, ular tilni o‘rganadi va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/italy/

Telegram | Instagram | YouTube
7👍2
O‘zbekistonda 2025-yilning 9 oyida 155 nafar 15−17 yoshdagi qiz erta turmushga berilgani aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov erta turmush bilan birga qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari davom etayotganini ta’kidladi. U shular bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/erta-nikoh/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔4😢3👍2
O‘zbekiston prezidenti Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT tizimini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Toshkent shahrida alohida ajratilgan avtobus yo‘laklarini uzaytirish, shahar atrofida transport bog‘lamalari tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt/

Telegram | Instagram | YouTube
👍56
Buyuk Britaniya “strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari Britaniyada muzlatib qo‘yilishini anglatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uk-sanctions/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Dastlab Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilgan BRT avtobus tezkor tranziti tizimi Toshkentning yana taxminan 10 ta ko‘chasini qamrab oladi. 110 mln dollarlik loyihani 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda, tarmoq uzunligi esa 57,5 km ni tashkil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt-tashkent/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3
Click kompaniyasi o‘z brendini tashqi imijdan emas, ichki madaniyatdan boshlab qurgan. Xodimlar tajribasi, qadriyatlar va ochiq kommunikatsiyalarga asoslangan yondashuv natijasida kompaniya ishonchli ish beruvchi sifatida tan olindi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/click/
👍3👎31
2025/10/22 09:34:38
Back to Top
HTML Embed Code: