Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy banki Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash Hastimom turistik majmuasi hududidagi ko‘chmas mulk obyektlarini sotuvga qo‘ydi. Obyektlar tarkibiga quyidagilar kiradi: ikkita mehmonxona, ikkita restoran va 25 ta savdo nuqtasi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/nbu/
1
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov yig‘ilishlarning birida gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat berdi. “Tezak chalmalarni yig‘ib, bosib, qishda ikkita tashlab qo‘ysa bo‘ladi-ku. Hamma gaz-gaz deb qoldi. Gazning tagi bo‘lsa qani, yo‘q-da shu gaz!” — deydi hokim.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/gaz/

Telegram | Instagram | YouTube
👎23🤔4👍32😢1
Shanba kunidan O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Harorat kunduzi +15…+28, kechasi +3…+11 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/meteo/

Telegram | Instagram | YouTube
2
Mo‘g‘uliston parlamenti bosh vazir Gombojavin Zandanshatar lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. U bu lavozimda 4 oy ishladi. Zandanshatardan oldingi bosh vazir 4,5 yil ishlab, mamlakatdagi korrupsiya va ommaviy norozilik namoyishlari bo‘yicha ayblovlardan so‘ng lavozimini tark etgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/mongolia/

Telegram | Instagram | YouTube
3
Saudiya Haj vazirligi “Haj — 2026” mavsumida Nusuk platformasidan olingan tibbiy guvohnoma bo‘lsagina ziyoratchilarga haj vizasi berilishini ma’lum qildi. Tibbiy ko‘riklardan o‘tmasdan va tegishli guvohnoma olmasdan haj vizasini rasmiylashtirish imkoni yo‘q. Bu hojilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/haj-umra/

Telegram | Instagram | YouTube
👎3
Zokir Ishpulatov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori, Mirolimjon Karimov esa vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/water-management/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Shavkat Mirziyoyev 6 millionga yaqin aholi o‘zini o‘zi band qilib daromad topayotganini ma’lum qildi. Prezident shunday faoliyat yuritayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ularning hayoti, xavfsizligini sug‘urtalash bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritishni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/kasaba-uyushmalari/

Telegram | Instagram | YouTube
👍25👎42
Sirdaryo viloyatida xususiy bog‘cha tarbiyachilari bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun ishdan haydaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar tarbiyachi bolani qaysidir ishi uchun kechirim so‘rashga majburlayotganini, bola esa ulardan kechirim so‘rab yig‘layotganini eshitish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/kindergarten/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍4🤔1
O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) banki moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. U 2007-yildan beri RBI`da ishlab kelmoqda. 2021-yil oxiridan beri u Chexiyadagi Raiffeisenbank boshqaruvining moliyaviy direktori edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/raiffeisen-kamila-makhmudova/

Telegram | Instagram | YouTube
👍155
14-oktabr kuni Tayyuan shahrida Chery Super Hybrid (CSH) chidamliligi bo‘yicha “Cheksiz gorizont — betashvish sayohat” nomli sinovning ulkan finali boshlandi. 1400 kilometrga cho‘zilgan so‘nggi bosqich shu yilning aprel oyida boshlangan ulkan sayohatning yakuniy qismi bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/chery/
👍52
Prezidentga Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT tizimi yana 10 ta ko‘chada paydo bo‘ladi. Mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trln so‘m yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/tashkent/

Telegram | Instagram | YouTube
👍27
Yangiqo‘rg‘on tumanida 38 yoshli erkak o‘z qarindoshi bo‘lgan 7 yoshli qizni zo‘rladi. Erkak 2 kunlik qidiruvdan so‘ng ushlangan. U avval jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish va nomusga tegish jinoyatlarini sodir qilib, sudlangan. Qizcha shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/case/

Telegram | Instagram | YouTube
😢102
Prezident eng kam ish haqini belgilashda Kasaba uyushmalari va Ish beruvchilar federatsiyasini jalb qilishni taklif qildi. Uning aytishicha, hozir bu davlat organlari hisob-kitoblari asosida bir tomonlama hal qilinmoqda. Mamlakatda munosib mehnat bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan dastur ham ishlab chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/mrot/

Telegram | Instagram | YouTube
👍311
Rossiya hukumatiga ko‘ra, “Gazprom” O‘zbekistonga shartnoma bo‘yicha yiliga 7,7 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berishda davom etmoqda. Bu 2024-yilda yetkazib berilganidan 2 mlrd kub metr ko‘p (5,64 mlrd kub edi).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/gas-import/

Telegram | Instagram | YouTube
👎3👍1
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 20-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 52,75 soʻmga pasayib, 12 108,24 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasiga kredit oqibatlari haqida ogohlantirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, kredit va mikroqarzlar reklamasida reklama maydoni va vaqtining kamida 10 foizi ehtimoliy moliyaviy xatarlar to‘g‘risida ogohlantirishga ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/advertisement/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Tog‘-chang‘i havaskorlari uchun yangi imkoniyat: Chimyonda qurilayotgan innovatsion mehmonxona mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomdan chang‘i uchish tajribasini taqdim etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/texnonikol/
👍2
O‘zbekistonda baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimi ishga tushiriladi. Bunday hodisalar hisobotini yuritish, sabablarini tahlil qilish va unga yechim topish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/yagona-tizim/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/yamata/

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa hamon 6-jamoa bo‘lib turibdi. Reytingda Ispaniya, Argentina va Fransiya yetakchilik qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/fifa-ranking/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
2025/10/20 07:35:11
Back to Top
HTML Embed Code: