Toshkentda transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya hisobchisi firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. U 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/firibgarlik/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/firibgarlik/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍2😢1
Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kenji Hirata ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga topshirdi. Hirata bungacha Peru Meksika, BAA va Ispaniyadagi elchixonalarda ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/japan-ambassador/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/japan-ambassador/
Telegram | Instagram | YouTube
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Samarqandda MCHJ rahbari 8 nafar fuqaroni Angliyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan. Andijonda esa Germaniyaga ishga yuborish evaziga 1300 dollar olgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/england-germany/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/england-germany/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2
Mirzaobod tumani sobiq hokimi Jonibek Yariyev Sardoba suv omboridagi texnogen ofatdan keyin qurilgan uy-joylarni taqsimlashda qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygani sabab javobgarlikka tortildi. Sud unga tayinlangan 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosini o‘z kuchida qoldirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/mirzaobod/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/mirzaobod/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan so‘ng o‘zining xalqaro aktivlarini sotmoqchi. Cheklovlarga 50 foizdan ortiq ulushi bo‘lgan shu’ba kompaniyalar ham tushgan. Sanksiyalar O‘zbekistondagi loyihalarga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq kompaniya va Energetika vazirligi hozircha vaziyatga izoh bermadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/lukoil-uzb/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/lukoil-uzb/
Telegram | Instagram | YouTube
24-oktabr kuni Toshkentda Expera biznes-nonushta o‘tkazib, o‘z tayyor mahsuloti — “Kichik va o‘rta biznes uchun kredit konveyeri”ni taqdim etdi. Tadbirda O‘zbekistonning banklari yuridik shaxslarini kreditlash biznesi mutaxassislari va rahbarlari ishtirok etdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/expera/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/expera/
👍2
Ko‘pchilik bolalikdagi vaksinatsiya umrbod himoyani ta’minlashiga ishonadi. Biroq yillar o‘tib, immunitet zaiflashadi, shu bois kattalarga revaksinatsiya zarur. Gazeta JSST xodimi, epidemiolog Renat Latipov bilan revaksinatsiya nima uchun va qaysi kasalliklarga qarshi o‘tkazilishi zarurligi haqida suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/revaccination-for-adults/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/revaccination-for-adults/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Alexandro Arias Sarsuela Dominikanning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Sarsuela bir vaqtning o‘zida Rossiya va Qozog‘istonda ham elchi hisoblanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/dominikan/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/dominikan/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3
Istanbul City turar joy majmuasi 2025-yil 28-oktabrdan 20-noyabrgacha bo‘lgan davrda barcha xonadon xarid qiluvchilar uchun o‘ziga xos shartlar, shuningdek, sovg‘alar taklif etmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/istanbulcity/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/istanbulcity/
👍3❤1
Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori atrofida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Tuman hokimligi bozor atrofi “zamonaviy qiyofaga keltirilishi, piyodalar uchun qulay, toza va xavfsiz muhit yaratilishini” ma’lum qildi. Ishlar 1 oy davom etadi. Bozor faoliyati to‘xtamaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/mirobod/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/mirobod/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/serbiya/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/serbiya/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8👎1
Nodirbek Achilov, Sanjar Nosirov va Nusratulla Fazilov O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/markaziy-bank/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/markaziy-bank/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔2
Bir qancha xorijiy kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun zarur butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalashtirilgan. Zomin tumanida shamol parraklarini, Qo‘ng‘irot tumanida shamol elektr stansiyasi minorasini ishlab chiqaruvchi zavodlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/butlovchi-qismlar/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/butlovchi-qismlar/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Dok-1 Maks” jabrlanuvchilaridan Shavkat Mirziyoyevga murojaat
Farzandi “Dok-1 Maks fojiasi” oqibatida vafot etgan va nogiron boʻlib qolgan bir guruh ota-onalar prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yoʻlladi. Ular sud tayinlagan kompensatsiya toʻliq undirib berilishini soʻrayapti. Faollar tovon puli davlat tomonidan toʻlab berilishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlamoqda.
Video: https://youtu.be/1Bhwdy2Ct7k
Maqola: https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/prezidentga-murojaat/

😢23👍3❤2
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich rasmiy delegatsiyalar ishtirokida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. “Xalqlarimizni mustahkam do‘stlik rishtalari va o‘xshash mentalitet bog‘lab turadi”, — dedi mezbon.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/uzb-serb/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/uzb-serb/
Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Ikki davlat prezidentlari ishtirokidagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Turli sohalar, jumladan, Investitsiyalarni rag‘batlantirish, iqtisodiy hamkorlik, mehnat migratsiyasi bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/signing/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/signing/
Telegram | Instagram | YouTube
👍39
O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi. Xususan, aholining ayrim qatlamiga moddiy yordam beriladi. UGaz tizimi orqali gaz “zapravka”lardagi gaz miqdorini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Benzin va ko‘mir zaxirasi yaratilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/qish-mavsumi/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/qish-mavsumi/
Telegram | Instagram | YouTube
👍1🤔1
Gaz tarmog‘iga ulanmagan uylarda yashovchilar uchun elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar loyihasi qo‘shimcha infratuzilma hisob-kitoblarini talab qiladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Taklif yil oxirigacha hukumatga kiritiladi. Bu yili va qishda tariflar o‘zgarishi kutilmayapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/electr-tariffs/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/electr-tariffs/
Telegram | Instagram | YouTube
👎5
28-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🚰 Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar 12-noyabrdan oshiriladi.
🇷🇸 Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari rasmiy muzokaralar o‘tkazdi.
✍️ O‘zbekistonda geologiya sohasida zamonaviy Kompetensiyalar markazi tashkil etiladi.
⚖️ Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy javobgarlikka tortildi.
🗣 “Dok-1 Maks ishi” sabab farzandi jabrlangan ota-onalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.
⛽️ “Lukoyl” AQSh sanksiyalari fonida xalqaro aktivlarini sotishini e’lon qildi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/dayjest/