Telegram Web Link
OAV Fransiyadagi Luvr muzeyini talon-toroj qilishda gumonlanganlardan 2 nafari qo‘lga olinganini yozdi, rasmiylar ushlash holatini tasdiqladi, ammo qo‘lga olinganlar sonini aytmadi. Gumonlanuvchilardan biri aeroportda ushlangan. Muzeydan 88 mln yevrolik (100 mln dollardan ortiq) tarixiy boyliklar o‘g‘irlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/26/louvre/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Yaqinda Norvegiyada o‘tgan JChda jahon chempioni (umumiy hisobda uchinchi marta) bo‘lgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevga BYD sovg‘a qilindi, avtomobil unga prezident sovg‘asi sifatida berildi. Xuddi shu musobaqada 2 ta bronza medalini olgan Ruslan Nuriddinovga pul mukofoti topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/26/akbar-jurayev/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41👎1
Dushanba kechki payt Qoraqalpog‘istonda, seshanbada esa Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilyapti. Hafta boshida cho‘llarda kuchli shamol va chang to‘zonlar bo‘lishi, hafta davomida harorat foni juda yuqori qolishi aniq bo‘lmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/weather/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3
Namanganda xorijga ishga yuborish evaziga fuqarolardan pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Ulardan biri Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborish evaziga 2000 dollar, ikkinchisi Slovakiyaga ishga yuborish uchun 40 mln so‘m talab qilgan. Ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/slovakia-korea/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍1
Yunusobod tumanidagi “Hamkorobod” MFY fuqarolari mahalla ichidagi noqonuniy chiqindi poligonidan shikoyat qilmoqda. “Chiqindilarning yoqilishi Toshkent havosini buzishdan tashqari, aholi salomatligiga ham xavf solyapti. Bu muammoni hal qilishga hech kimning kuchi yetmayapti”, — deydi aholi. Gazeta vaziyatni o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/yunusobod/

Telegram | Instagram | YouTube
👎2👍1😢1
Tramp beysbol o‘yinida namoyish etilgan reklama tufayli Kanada uchun bojlarni yana 10 foizga oshirishini ma’lum qildi (hozirda 35%). Unda AQShning 40-prezidenti Ronald Reygandan iqtibos keltirilgan: “Uzoq muddatli istiqbolda bojlar ko‘rinishidagi savdo to‘siqlari har bir amerikalikka ham zarar yetkazadi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/us-canada/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2👎1🤔1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatining ba’zi joylarida shamol tezligi 13−18 metr/sekundgacha yetishi mumkin. O‘zgidromet mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/shamol/

Telegram | Instagram | YouTube
2
Toshkent shahri va viloyatida issiqxona hamda sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tegishli qarori loyihasida korxona va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, mavjud qozonlarni zamonaviylariga almashtirish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/issiqxona/

Telegram | Instagram | YouTube
3
Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) qurolsizlanish jarayoni doirasida Turkiyadan chiqib ketayotganini e’lon qildi. May oyida guruh o‘zini o‘zi tarqatib yuborib, Turkiya bilan qurolli kurashni to‘xtatishini bildirgandi. KIP, o‘z navbatida, Anqarani guruhning siyosatga kirishiga imkon beruvchi qadamlarni tashlashga undayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/26/kurdish-pkk/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Toshkentda yangi qurilgan uylarni foydalanishga topshirish kechikishi, xonadon xaridorlari oldidagi majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari kuzatilyapti. Gazeta bir nechta turar joy majmualarining hissadorlari bilan bog‘lanib, ular qanday muammolarga duch kelayotganini o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/construction/

Telegram | Instagram | YouTube
2🤔1
O‘zbekistonda transport boshqarish uchun “A” va “B” toifasini olishga avtomaktablarda nazariy darslarda o‘qish majburiy bo‘lmaydi. Imtihon topshirish o‘zi yetarli bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/moped-skuter/

Telegram | Instagram | YouTube
👍15👎52🤔1
Geely o‘zining flagman modeli EX5'ni ikki turda — elektr va gibrid versiyalarida taqdim etdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/geely/
👍21
❗️1-apreldan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblash boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/jarima-ballari/

Telegram | Instagram | YouTube
2👎2
O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 10 ta islomiy bank paydo bo‘lishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi MB raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev. Shuningdek, an’anaviy banklarda “islomiy darchalar” yo‘lga qo‘yiladi. Ularni 3 ta davlat bankida ochish ko‘zda tutilgan, ular qaysilar ekaniga aniqlik kiritilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/islamic-banking/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍3
Toshkentda bir kechada 150 ga yaqin ko‘p yillik archalar kesib tashlandi. Rasul Kusherbayevning ekologlarga bosim o‘tkazilgani haqidagi bayonotidan so‘ng shahar hokimligi “e’tiborsizlik”ni tan oldi. Aholi daraxtlarga bo‘lgan munosabatdan g‘azablanganini va bu mamlakatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/trees/

Telegram | Instagram | YouTube
😢81
SSV bolalar orasida o‘tkir respirator virusga o‘xshash, ammo ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo‘ladigan “g‘ayriodatiy” infeksiya tarqalayotganini rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, respirator belgilar hammada har xil namoyon bo‘ladi, shuningdek, bir paytda bakterial va virusli infeksiya avj olishi qayd etilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/ssv/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident mahalliy boshqaruv tizimini isloh qilish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni topshirdi. 2026-yildan boshlab 45 ta tuman va shaharda to‘qqizta vazirlik va idora bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga kiritiladi. Hokimlar rahbarlarni tayinlash va rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/regional-development/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7528🤔5😢1
O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab hukumat qarori bilan moped va skuterlarni boshqarish uchun “A1” haydovchilik guvohnomasining kichik toifasi joriy etiladi. Buning uchun avtomaktabda o‘qish majburiy bo‘lmaydi. “A”, “B”, “C” va “D” toifadagi guvohnoma egalariga moped va skuterlarni boshqarishga ruxsat beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/moped/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4🤔4
Vazirlar Mahkamasi chakana savdo qoidalarini yangiladi. Aksiya yoki chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotni uni o‘tkazishdan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etish kerak bo‘ladi. Alkogol, pivo va vino, shuningdek, tamaki mahsulotlari va nikotinli qurilmalar sotuvchilari aksiya va chegirmalar o‘tkaza olmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/sales/

Telegram | Instagram | YouTube
4
O‘zbekiston iqtisodiyoti yanvar-sentabr oylarida 7,6 foizga o‘sdi, bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks etgan. Asosiy o‘sish dinamikasi iste’mol sektori va qurilish sohasi hisobiga shakllanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/gdp/

Telegram | Instagram | YouTube
2025/10/31 05:10:14
Back to Top
HTML Embed Code: