O‘zbekistonda baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimi ishga tushiriladi. Bunday hodisalar hisobotini yuritish, sabablarini tahlil qilish va unga yechim topish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/yagona-tizim/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/yamata/

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa hamon 6-jamoa bo‘lib turibdi. Reytingda Ispaniya, Argentina va Fransiya yetakchilik qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/fifa-ranking/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yengil avtomobil va 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi. OAV yuk mashinalarining haydovchilari O‘zbekiston fuqarolari ekani, ularning biri halok bo‘lgani, boshqasi jiddiy jarohatlanganini yozmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/russia/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
O‘zbekiston Milliy banki Jizzax viloyatining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida joylashgan Aydarko‘l Resort turistik majmuasini sotuvga qo‘ydi. Majmua tarkibiga quyidagilar kiradi: mehmonxonalar, sanatoriya bo‘limi, sport maydonchalari va dam olish joylari (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/nbu-resort/
👍2👎21
Xitoy Savdo vazirligi AQShni Pekinning nodir metallar eksporti ustidan nazorat choralarini joriy etishi tufayli butun dunyoda ataylab vahima qo‘zg‘atishda aybladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/china-us/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (18–19-oktyabr)

Beshta kinopremyera, hayvonot bog‘ida hayvonlarni koʻrgazmali oziqlantirish, Akmal konserti, spektakllar, O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan diktant, ko‘rgazmalar va dam olish kunlarining boshqa tadbirlari.

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/10/17/18-19-oktyabr

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Qashqadaryo viloyatida yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan ikki nafar maktab o‘quvchisidan birini yuqori tezlikda kelgan Cobalt urib yubordi. Bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/kitob-yth/

Telegram | Instagram | YouTube
😢102👍2
O‘zbekistonda 2025-yilda 5,2 mln kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash rejalari e’lon qilingandi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov ushbu ko‘rsatkich qanday shakllangani va uning ijrosi qay tariqa olib borilayotgani haqida Gazeta muxbiriga gapirib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/bandlik-vaziri/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔65👍3👎1
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning uch nafar yordamchisi FIFAga ariza bilan murojaat qilib, 350 ming yevro tovon puli talab qildi. O‘FA xabariga ko‘ra, Katanets ketganidan so‘ng ularning shartnomalari avtomatik bekor qilingan, bu xalqaro amaliyotga to‘g‘ri keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/football/

Telegram | Instagram | YouTube
8👍2
Yaqinda internetda sovitkichdagi pomidorlardan biri yo‘qolib qolganidan tashvishga tushgan qaynota videosi tarqaldi. “Iqror” telenovellasidan kesib olingan bu parcha shu darajada mashhur bo‘ldiki, tarmoq foydalanuvchilari bu bilan bog‘liq memlarni yasashga kirishib ketdi. Biz ham ba’zi memlarni yasab ko‘rdik.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/pomidor-mem/

Telegram | Instagram | YouTube
11👍4🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Chanqovuzchiga non yo‘q” – Erkin Musulmonov

Gazeta va Uklon hamkorlikda boshlagan Otameros loyihasi avloddan avlodga o‘tib, bugungacha yetib kelgan, ammo zamon taraqqiyoti bilan ahamiyatini yo‘qotib borayotgan kasblar va taqdiri shu kasblarga tutash o‘z ishining ustalariga bag‘ishlanadi.

Bu galgi qahramon — chanqovuz yasovchi usta Erkin Musulmonov.

Video: https://youtu.be/I33wxdUnxbs?si=jJ58FBLdMxn7RdpD

Matn: https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/chanqovuzchi/

Telegram | Instagram | YouTube
10👍5
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb avval Qozog‘istonda, so‘ngra 30−31-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Rejadan Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish, biznes forumda ishtirok etish, JIDUda ma’ruza qilish va boshqalar o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/finland-president/

Telegram | Instagram | YouTube
👍59
Samarqandda 7 kishi vafot etgan gaz portlashi ishi bo‘yicha gaz idorasi rahbar va xodimlari 7 yilga qamaldi. Jabrlanuvchilar gaz hidi chiqayotganini aytib, gaz idorasiga bir necha marotaba murojaat qilgan. Biroq tashkilot xodimlari bunga e’tibor qaratishmagani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/gaz-portlashi/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7😢61
Toshkent viloyatidagi “Chinor” postida Cobalt yo‘lovchida 4,8 kg gashish borligi aniqlandi. U buni Buxorodagi maxfiy joydan olganini ma’lum qildi. Hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg gashish moddasi topildi. Giyohvandlik vositalari Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/dxx/

Telegram | Instagram | YouTube
👍61
Hindistonning Glokal Yevroaziya kompaniyasi Surxondaryoning Uzun tumanida mis qazib olish loyihasi uchun $650 mln investitsiya kiritadi. Yiliga 10 ming tonna mis qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega korxona barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/17/copper/

Telegram | Instagram | YouTube
4
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi tasdiqlandi. Test sinovlarida B+ va undan yuqori daraja olgan o‘qituvchiga oylik maoshiga ustama beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/sertifikat/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍1
103 raqamiga bitta qo‘ng‘iroq va tez yordam yo‘lda. O‘zbekistondagi 3 mingga yaqin tez yordam brigadasi yiliga kamida 13 mln chaqiruvga xizmat ko‘rsatadi. Gazeta shifokorlar jamoasi bilan bir kun birga yurib, vazifasi odamlar hayotini saqlab qolish bo‘lgan bu insonlar mehnati ortida nimalar turgani bilan tanishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/18/ambulance/

Telegram | Instagram | YouTube
👍107
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani FVB boshlig‘i xizmat xonasida 3 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U mablag‘ni kompleksga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berish evaziga talab qilgan. Shuningdek, Toshkentda fuqarodan $14 ming so‘ragan advokatlar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/19/pora/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍2🤔1
Buxoroning Eski shahar qismida “Qalblar dardiga darmon” zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tyapti. Gazeta ko‘rgazma kuratorlari, prodyuserlari va moderatorlari bilan birga zamonaviy rassomlar asarlarini qanday tushunish lozimligi va biyennale doirasida qanday tadbirlar o‘tkazilayotgani haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/bukhara-biennial/

Telegram | Instagram | YouTube
2025/10/19 11:09:06
Back to Top
HTML Embed Code: