Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 “Obod Yurt” va “Toza kelajak” sari birgalikda!

Atrof-muhitni asrash, yashil makonlarni kengaytirish va toza muhit yaratish maqsadida Toshkent shahrida 🌟 Kadastr agentligi tizim xodimlari tomonidan “Obod Yurt” hamda “Toza kelajak” ekologik chellenjlari o‘tkazildi.

🍁 Tadbirda 100 ga yaqin xodimlar ishtirok etib jamoat joylarida tozalash ishlari olib borildi. Chiqindilar yig‘ishtirilib, maishiy axlatlar maxsus joylarga topshirildi. Ushbu tadbir Respublikamizning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

🖐 Bunday tashabbuslar nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki jamiyatda atrof-muhitga mehr bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

#Kadastr_agentligi #ObodYurt #Toza_kelajak

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Navoiy viloyati “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich viloyatdagi tizimda faoliyat yuritayotgan yosh kadastr xodimlari bilan uchrashdi.

🫥 Uchrashuv davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, kadastr tizimini raqamlashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarga o‘z tashabbuslarini ilgari surish, yangi g‘oyalar bilan sohaga hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#Kadastr_agentligi #ochiq_eshiklar_kuni

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲27-oktabr – Xalqaro qog'ozsiz kun.
Keling, tabiat va daraxtlarni asrash uchun birlashaylik!


💠Bizning sahifalarimiz:
==========
🌐Telegram
Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi va 🇰🇷Koreyaning LX konsorsiumi o‘rtasida “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” loyihasining joriy holati yuzasidan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibidan:
- kadrlar tayyorlash bosh rejasining batafsil muhokamasi;
- trenerlar uchun treninglar, jumladan, dekabr oyida trenerlar tomonidan amalga oshiriladigan pilot malaka oshirish kurslari
- Rivojlanishga rasmiy yordam (ODA) loyihalarining amalga oshirish muddati va strategiyasidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi.


Shuningdek, koreyalik mutaxassislar tomonidan “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Kadastr agentligiga amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun maxsus kamera va Lidar texnologiyasi bilan jihozlangan DJI Matrice 350 RTK modelidagi dronni topshirdi.

DJI Matrice 350 RTK - yuqori aniqlikdagi xaritalash va 3D modellashtirish, monitoring ishlarini amalga oshirish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv va qishloq xo'jaligi ishlari kabi professional yo‘nalishlarga mo'ljallangan ko'p qirrali UUA modeli hisoblanadi.

Asosiy afzalliklari - RTK tizimi tufayli yuqori joylashish aniqligi, uzoq parvoz masofasi, mustahkam dizayn va turli xil foydali amaliyotlar uchun ( termal tasvirlar, skanerlar) bilan ajralib turadi.

#Kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/28 02:03:04
Back to Top
HTML Embed Code: