Telegram Web Link
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — gap oshqozon haqida emas!

Qobiljon Shermatov yosh bo'lishiga qaramay, bolalar adabiyoti yo'nalishida juda samarali ijod qilib kelmoqda. U kishining asarlari tili ravon, sodda, bolalar uchun tushunarli, o'ziga xos shiraga ega bo'lishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Yozuvchining "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ham zohiran bir insonning ichida kechgan voqealarni bayon qilgani bilan, aslida, jajji o'quvchilarni halollik, to'g'rilik, rostgo'ylikka undaydi.

Bahodir va Baxtiyor ismli ikki bola maktabdan kelib, chanqab ketganidan muzlatkichdan sharbatga o'xshash ichimlik olib ichishadi. Lekin bu ichimlik akasining tajriba uchun tayyorlagan suyuqligi bo'lib, u kichraytiruvchi xususiyatga ega edi. Shunday qilib, ikki bolakay ko'z ilg'amas darajada kichrayib, buvasining oshqozoniga tushib ketdi.

U yerda dastlab Oshqozon shahrida bo'lishdi. Maktabda ko'chirgani uchun ko'zi ojiz bo'lib, yolg'on gapirgani uchun tili soqov bo'lib, ko'p sinovlarni boshdan kechirishdi. So'ngra Yurak shahriga yo'l olishdi. Bu yerdagi sarguzashtlar ham o'ziga xos bo'ldi...

▪️ Kitob 2022-yilda “Bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob” deb topilgan;
▪️ Asarning bir nechta bobi maktab darsligiga kiritilgan;
▪️ “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin egallagan.

Ushbu havola orqali kitobdan qisqacha o'qib ko'rishingiz, mundarijasi bilan tanishishingiz hamda xarid qilish uchun bog'lanishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
👍22😁63❤‍🔥2🔥2🎉2🤩1
Bolalar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxati (1)

Ko'k yozuv ustiga bosib, kitob va uning xaridi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

1. Erkin Malik. "Chumolilar saltanati" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
2. Antuan de-Sent Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" — hamma uchun!
3. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola" — 7+.
4. Janni Rodari. "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" — 7+.
5. Karlo Kallodi. "Pinokkioning boshdan kechirganlari" — 7+.
6. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
7. Sa'dulla Quronov. "Galaktikada bir kun" — 7+.
8. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar" — 8+.
9. "Oyning orqasidagi sir" — 8+.
10. Qobiljon Shermatov. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — 7+.

Davomi bor

#tavsiya #kitob

@GiyosiddinYusuf
👍29❤‍🔥7🔥62💯21🎉1
Farzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz, shunday bo‘ling!

Bolalar aytilgan gapga emas, ko‘rgan narsasiga ergashadi. Shuning uchun ularga nimanidir o‘rgatishdan oldin, avvalo, o‘zingiz yaxshi namuna bo'ling. So‘z va harakatlaringiz bir-biriga mos kelishi kerak. Aks holda, bola chalkashib qoladi.

Masalan, agar farzandingiz baqirmasligini istasangiz, unga baland ovozda: «Baqirma!» deb aytishingiz samarasiz bo‘ladi. Chunki u darhol savol berishi mumkin: «Unda nega o‘zingiz menga baqiryapsiz?»

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍416💯5🔥4👏3🕊1
Bolaning qo'lidagi xavfliroq...

@GiyosiddinYusuf
🔥53💯31😁179❤‍🔥51👍1
Inson kipriklari o‘rtacha 3–5 oyda yangilanar ekan. Biz bu jarayonni sezmaymiz. Hayotda ham ba’zi ishlarimiz shunaqa sekin/sezilmay bo‘lsa ham yaxshi tomonga o‘zgarsa, xursand bo‘lib qo‘yaveraman...

#Shunchaki

Kirill | Lotin
69🔥22👍12🕊1
RAMAZON KELMOQDA...

▪️yil davomida yengil-yelpi qo‘shiq aytib yurgan xonandalar, ramazon haqida qo‘shiq aytmay qo‘yavering, iltimos;
▪️ramazon kelayotganini xabar qilish "savobi" kabi to‘qima gaplarni tarqatmaylik;
▪️taroveh va boshqa ro‘zaga doir fazilatlarni aytishda ham ehtiyot bo‘ling. Yo‘q gaplarni tarqatib yurmang;
▪️ro‘zada faqat tushlik qilmaymiz deb "dalda bermoqchi" bo‘lganlarga tashakkur, lekin men boshqa vaqtlarda hech qachon tong otmay nonushta qilmayman — hayotga real qaraylik, iltimos. Ro‘za tutish buyurilgani bizga kifoya, "motivatsiya" bermoqchi bo‘lsangiz, ro‘za tutishning ajr-u savobi haqida ayting yaxshisi.

#Eslatma

Kirill | Lotin
👍85🔥319💯7❤‍🔥4🕊2
"Oq kema" — chuqur falsafiy, tafakkurga undovchi asar

Bolalar kitoblari odatda sodda, yengil bo‘ladi, ammo maktab darsliklariga kiritilgan Chingiz Aytmatovning bu qissasi bolalarni ancha tafakkur qilishga, diqqatini oshirishga undaydi. Bu ham kerak, albatta. Faqat yengil kitoblar beraversak, bolaning ongi shunga moslashib qolishi mumkin. Lekin qissaga 12+ deb yosh belgilagan bo‘lar edim.

Muallif bu asar orqali bolalarning orzulari va shafqatsiz hayot haqiqatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yorqin tasvirlaydi. Asarning bosh qahramoni – ismi tilga olinmagan yetim bola, u tog‘ bag‘ridagi tanho makonda, bobosi Mo‘min bilan yashaydi. Bola hayotni tushunish, o‘zini anglash uchun atrofdagi tabiat va afsonalarga suyanadi. Uning eng katta orzusi – oq kemaga minib, hech qachon ko‘rmagan otasini topishdir. U daryo bo‘yida turgancha, oq kemani kuzatib, unga yetib borish orzusida yashaydi. Ammo shafqatsiz dunyo uning orzularini poymol qiladi.

Asardagi Shoxdor ona bug‘i afsonasi qissaga ramziy ma’no bag‘ishlaydi. Bobosi Mo‘min o‘z ajdodlari e’zozlab kelgan bu afsonani muqaddas deb biladi, biroq atrofdagilar – O‘rozqul va boshqalar bu qadriyatlarni oyoqosti qiladi. Shoxdor ona bug‘ining o‘ldirilishi esa nafaqat afsonaning, balki insoniylik va umidning ham yo‘qolishini anglatadi. Shu fojiali voqea tufayli bola o‘z orzulari ushalmasligini tushunadi va oq kema sari suzish uchun o‘zini daryoga tashlaydi.

Aytmatov bu asar orqali jamiyatdagi zulm, insoniy qadriyatlarning yo‘qolib borishi va orzularni poymol qiluvchi shafqatsiz hayot haqida achchiq haqiqatni ochib beradi. “Oq kema” – bu nafaqat bir bolakayning taqdiri, balki adolat va mehribonlikka tashna insoniyat haqida yozilgan fojiali asardir...

#Mutolaa2025

Kirill | Lotin
🔥28👍147
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4113🎉6🔥51
Dastxat olish avjiga chiqdi. )

Tadbirda 100 ga yaqin o'quvchi ishtirok etdi, ularning deyarli barchasi dastxat oldi. )
🎉27👍116❤‍🔥6🔥3
Jamoaviy surat
🔥30👍10❤‍🔥4
Farzandingiz siz bilan gaplashishni, muammolarini bo‘lishishni istasa, hamma ishni to‘xtating va uni tinglang. Bundan ko'ra muhimroq narsa yo‘q!

#tarbiya

Kirill | Lotin
37👍18🔥14💯4
Bu kitobimiz nashrga tayyor. Ramazondan keyinlarda sotuvga chiqishi mumkin, inshaalloh.

#ijod

Kirill | Lotin
👍77🔥20❤‍🔥127🎉6🤩3👏1
Bizda Oilalar uchun nomli bot bor. U orqali oilalarga ehson qilishda hisobot berib boriladi. Botning nomidan kelib chiqib ba'zilar falon qism deb serialni so'rashadi. Serialdan boshqa dardimiz yo'qmi?! Qanchalik arzimas narsalar bilan o'ralashib qolganmiz! Bu mutlaqo boshqa maqsaddagi bot.

Xayriya haqida
🔥23👍11😁7❤‍🔥1
Bolalar uchun badiiy kitob yoza boshladim. Aniqrog'i, 2017-yilda yoza boshlagan edim, shuncha yil tanaffus qildik, endi shu asar ustida ishlayapman.

Boshida 8 yil oldin yozgan narsam bugungi holatim bilan qaraganda yaroqsiz bo'lsa kerak deb o'ylagan edim, lekin, alhamdulillah, yaroqsiz emas ekan. O'sha vaqtda ham "pichoqqa ilinadigan" shaklda yozgan ekanman.

Albatta, ancha to'ldirish, o'zgartirishlar qilinyapti. Ammo, har holda fundament yaroqli. Kitob haqidagi keyingi qaydlarda mavzusi, qahramonlari haqida ham to'xtalaman, inshaalloh.

Bu sizga qiziqmi? — 🔥

#ijod

Kirill | Lotin
1🔥159👍153❤‍🔥2
Forwarded from Hilol Nashr
Ғиёсиддин Юсуфнинг «Гўзал хулқлар» китоби

📚 Ушбу китобда болаларда бўлиши зарур бўлган яхши сифатлар гўзал хулқлар ҳақида маълумот берилган. Ҳар бир хулқ ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин: таърифи, қандай шакллантириш, бу хулққа эга бўлмаслик оқибатлари ва ҳоказо.

Шунингдек, деярли ҳар бир мавзуда бир ёки бир нечта мавзуга мос ҳикоялар ва расмлар берилган. Китоб етти ёшдан катта болалар учун мўлжалланган.

👉 Нархи: 29 000 сўм


📍 Манзилларимиз

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

«Hilol» иловаси орқали ҳар бир харидингиздан 1% кешбекка эга бўлинг.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤‍🔥731🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir joyda tadbirda bo'ldim. Unda "Kitobxon farzand" mavzusida ma'ruza qildim. Xususan, unda bolalar nima uchun kitobxon bo'lishi kerakligi haqida ham to'xtaldim. Shunda aytilgan sabablardan biri videoda.

#Kitob #tarbiya

Kirill | Lotin
👍18🔥53
Birov qo‘ng‘iroq qilsa yoki internet orqali yozsa, 10–15 daqiqa suhbatlashib qolamiz. Lekin "Nega kitob o‘qimayapsan?" degan savolga "Vaqt bo‘lmayapti" deb javob beramiz. Muammo vaqtda emas, qalbda, xohish-istakda. Juda kam holatlarda vaqtimiz bo‘lmay ijtimoiy tarmoqqa kira olmagan kunimiz bo‘lishi mumkin, lekin kitob o‘qimagan kunlarimiz bisyor. Oz bo‘lsa ham davomiy o‘qishga harakat qilaylik.

#Kitob

Kirill | Lotin
👍53🔥20😢13❤‍🔥71
2025/07/09 01:20:36
Back to Top
HTML Embed Code: