Kitobxon bola tarbiyalash uchun nima qilish kerak?
15 daqiqa vaqt ajratsangiz, farzandingiz kelajagi ijobiy tomonga o'zgarib ketishi mumkin!
Bu haqida YouTube sahifamda video chiqdi. Ko'rish uchun bosing.
#kitob #tarbiya
@GiyosiddinYusuf

Sevdirib tarbiyalang ❤️
Agar jazolashga toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, demak, tarbiyada xatoga yoʻl qoʻyilgan. Ota-onalarning eng katta xatosi shuki, ular taqiqni ota-onalik hokimiyatining asosi deb hisoblashadi.
Talabchan boʻlish degani ojiz qulni voyaga yetkazish degani emas. Ota-onalar ularning hukmi tugaydigan va bolaning inja olami boshlanadigan nozik chegarani his qilishlari lozim.
🔜 Tez kunda, sotuvda!
@qamarbooks

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilk kitobimni nashr qildirish uchun Mubashshir domlaning yonlariga borganman. O‘shanda "Qaqnus" nomli nashriyotlari bor edi.
Bitta kitobni nashr qildirish uchun yaxshigina pul tikiladi. Muallif taniqli, kitob ommabop bo‘lsa, savdosi yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin kimningdir birinchi kitobiga pul tikishga hamma ham rozi bo‘lavermaydi. Mubashshir domla hech ikkilanishsiz meni qo‘llab-quvvatlaganlar. Nashriyot hisobidan nashr qildirishlarini va menga ham qalam haqi berishlarini aytganlar. Asosiysi, "Siz bundan xijolat bo‘lmang! Mualliflar ijod qilishi uchun tirikchilikka pul kerak" degan ma’nodagi gaplar aytganlar, ulamolar hayotidan misollar keltirib meni juda ruhlantirganlar.
Alloh taolo Mubashshir domlani tezda ozodlikka chiqarsin. Sinovini oson qilsin, O‘zi asrasin, salomat qilsin!

"Alkimyogar" | Paulo Koelo
Paulo Koeloning “Alkimyogar” asari 1988-yilda nashr etilganidan beri dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan. U 88 ta tilga tarjima qilingan, 170 dan ortiq mamlakatda chop etilgan va 85 milliondan ziyod nusxada sotilgan. Shu orqali “Alkimyogar” eng ko‘p tarjima qilingan zamonaviy adabiy asarlardan biriga aylangan.
Bu kitobni sarguzasht, falsafiy roman yoki ertak deb atash mumkin, lekin bu nomlarning hech biri uni to‘liq ifodalay olmaydi. Asar yuragining chaqirig‘iga quloq tutgan, yo‘lini izlayotgan har bir kishi uchun yozilgandek tuyuladi.
Hikoya markazida – ispan cho‘pon yigit Santiago turadi. U tushida ko‘rgan xazina ortidan uzoq safarga otlanadi. Sahrodan o‘tadi, qalbidagi qo‘rquv bilan kurashadi, bir qizga ko'ngil qo‘yadi, o‘zini anglaydi. Oxirida Santiago xazinani ham topadi. Ammo eng katta xazinasi aynan shu yo‘l davomida o‘zligini anglagani bo‘ladi.
Asar oddiy so‘zlar bilan chuqur haqiqatlarni ochib beradi. U bizga taqdir, sabr, niyat va maqsad sari sobitqadam bo‘lish haqida saboq beradi. Santiago orqali har birimiz o‘z sayohatimizni ko‘ramiz – ayrimlar uchun bu ilm yo‘li, boshqalar uchun muhabbat, ba’zilar uchun esa halovat izlash. Ammo yo‘l bitta: qalbga quloq solish yo‘li.
Koelo asarda diniy tushunchalar, urf-odatlar, Sharq va G‘arb qarashlarini muloyim va obrazli tilda uyg‘unlashtiradi. Asarning keng e’tibor va muhabbat qozonishiga, balki, aynan shu samimiylik sababdir.
15 yoshdan kattalar uchun tavsiya qilinadi.
#Kitob #Mutolaa2025

Gadjetlardan xalos boʻlamiz
Texnologiyalar asrida yashayapmiz va bolalar kichik yoshdan gadjetlarga o‘rganib qolishyapti, ammo ekran vaqtining nazorat qilinmasligi ularning sog‘ligi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qilish ehtimoli yuqori. Quyida bolangiz real hayotdan bahra olishi va gadjetlardan uzoqlashishi uchun bir nechta maslahatlarimiz:
Qonun-qoidalar joriy qilish: gadjetlardan foydalanishda qattiq qoida o‘rnating. Bolaning ekran vaqtini chegaralab qo‘ying va o‘zingiz shunga amal qiling.
Muqobil mashg‘ulotlar: sport bilan shug‘ullanish, san’at, kitoblar o‘qish yoki toza havoda sayr qilishni taklif qiling.
Ota-onalar ishtiroki: bolangiz bilan birga vaqt o‘tkazing. Masalan, stol o‘yinlarini o‘ynang, birga sayr qilib yoki sevimli mashg‘ulotlarni birga bajarib vaqt o‘tkazing. Unga namuna bo‘ling!
Ta’limiy ilovalar: agar bolangiz baribir gadjetlarni ishlatishda davom etsa, unga mos bo‘lgan ta’limiy ilovalarga qiziqtiring. Bu uning rivojlanishiga yordam beradi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Kecha Temurbek Adhamov bilan Robbit akademiyasi uchun farzand tarbiyasiga doir suhbat qildik. Bir soat miriqib, to‘xtovsiz gaplashdik. Xususan, tarbiya nima, unda kimlar ishtirok etishi kerak, qachondan boshlanadi, tarbiyadagi xatolar, tavsiya qilinadigan kitoblar mavzusida batafsil to‘xtaldik.
Temurbekning tavsiyasiga ko‘ra aytib qo‘ymoqchiman: men podkastlar, ijodiy uchrashuvlar uchun ochiqman. Hech qanday to‘lovsiz.
Murojaat uchun: @Kaatib (yordamchim)

Forwarded from English Montessori School |Mahliyo Toshtemirova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandga tarbiya berish va buyruq berish o'rtasidagi farq naqadar katta ekanligini bilasizmi?
Farzandingiz sizning so‘zlaringizni eshitayaptimi – yoki shunchaki ovozingizni?
Siz uni anglayapsizmi – yoki o'zingizni anglatyapsiz xolosmi?
Siz uni bolaligidan olib o‘tayapsizmi – yoki o‘zingizning bolalik izlaringizdan yurishga majbur qilyapsizmi?
Agar bu savollar sizni ham jim qoldirgan bo‘lsa, biz bu jimlikka bir nur, bir yo‘l taklif qilamiz:
🔥 Ota-onalar uchun Montessori 0–3 yosh kursi – O‘zbek tilida, ilk bora!
Farzandlaringiz uchun eng katta sovg'a 1-iyundan boshlanadi!
Batafsil

Farzandingizni chin dildan yaxshi ko'ring
Farzand tarbiyasida eng muhim narsa – uni chin dildan yaxshi ko'rishdir.
Agar siz bolangizni chin yaxshi ko'rsangiz, qanday tarbiya usullari kerakligini ham o‘zingiz topasiz. Axir hozir kerakli ma’lumotlar yetarli: o‘qing, tinglang, izlang – faqat mehr bo‘lsa bas.
Muammo axborot yo‘qligida emas, balki uni izlashga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qligida. Ko‘pchilik bolaning ruhi, ichki dunyosi, ehtiyojlari haqida chuqur qiziqmaydi.
Bola esa tarbiya uchun eng avvalo sizning muhabbatingizga muhtoj. Uni faqat dunyoga keltirib qo‘yish emas, balki har kuni, har qadamda inson qilib ulg‘aytirish kerak.
Bu esa bolaning ko‘ziga mehr bilan qarashdan, unga qadrli inson deb munosabatda bo‘lishdan boshlanadi.
#tarjima #tarbiya

Bolalar adabiyotidagi eng zo'r kitob "Kichkina shahzoda", o'zbek tilidagi badiiy kitoblar orasida eng zo'ri "Lolazor" deb o'ylayman. Shu kitoblarga tenglasha oladigan kitob yozish har bir muallifning yutug'idir.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
"Kundalik odoblar" kitobini rus tiliga tarjima qilgan tarjimondan xulosa va mulohazalar:
— Odoblar keng qamrovli qilib yoritilgani menga juda yoqdi. Har bir odob tagida Nabiyyimiz alayhissalotu vassalomdan vorid bo'lgan hadislar qulog'imga chalinib ko'z oldimga kelaverdi;
— Agar o'zim ham shularga amal qilsam ancha odobli bo'lib qolar ekanman degan fikr keldi. :)
— Kattalarni qo'ya turing, bolalarga doir odoblar amaliga muhtojmiz.
O'zbek tilidagi kitobni xarid qilish
#Taqriz

Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Бугун ажойиб кун бўлди!
Ниҳоят, узоқ кутган асарим нашрдан чиқди. Аввал тарихий мавзулардаги асарларим босилганди, эндигиси замонавий ва озгина футурологик. Одам ва Сунъий Онг ўртасидаги шафқатсиз, ўрни келганида ўта нозик кураш. Ўртага "қолмоқ ва ўлмоқ" масаласи қўйилган.
Сунъий Онг Инсонни ҳар томондан тадқиқ этади, унга тақлид қилади, мантиқий фикрлашнинг энг чўққиси чиқади, бу билан қаноатланмай, Инсон ДНКси - ирсияти моддий асосларига унинг ҳис-туйғулари қандай боғланганини рақамлаштириб англамоқчи бўлади. Лекин, айнан Инсон ДНКсига дахл қилганида Сунъий Онг қулайди...
Кўп гапирмайман, мақтаган бўп қоламан, яхшиси, хулосани ўзингизга қолдираман. Ўқиб, фикрингизни улашасиз, деган умиддаман. Китобни нашр этилишида хизматлари сингган инсонлар, хусусан, Санжар Назар, Абдуллоҳ Шаропов, Бахриддин Бозоров, Асилa Умарова, Ҳусан Карвонли ҳамда Akademnashr нашриёти бутун жамоасига ўз миннатдорчилигимни билдираман.
Қизиққанлар китобни телеграмдан @akademsavdo орқали сотиб олишлари мумкин.

Tish tozalash o‘yinga aylansin!
Ma'lumki, bolalar o‘yin orqali ancha tez o‘rganishadi. Hatto zerikarli tuyulgan tish tozalashni ham qiziqarli mashg‘ulotga aylantirish mumkin.
Buning uchun sizga kerak bo‘ladi:
• oddiy tish tozalash kalendari (internetdan yuklab oling yoki o‘zingiz chizing);
• bir nechta rangli flomaster;
• va albatta, bir oz fantaziya.
Kalendarning har kuni uchun quyosh va oy rasmi chizilgan bo‘lsin. Bola ertalab tishini tozalasa – quyoshni bo'yaydi, kechqurun oyning rangi o‘zgaradi.
Bu oddiy ish asta-sekin foydali odatga aylanadi. Oy oxirida esa kichik bir sovg‘a – qo‘g‘irchoq, rasm chizish daftari yoki birga o‘qiladigan kitob – uni yanada rag'batlantiradi.
Muhimi, siz bolaning harakatini qadrlayotganingizni ko‘rsating. Chunki bolaning tartibli bo‘lishi faqat o‘ziga emas, avvalo, sizga qiziq bo‘lishi kerak.

Adem Guneshni hurmat qilaman, uning kitoblaridan ko'p narsa o'rganganman va o'rganib kelyapman. U kishining uslubidagi biroz kamchilik shundaki, ko'proq nima qilishni aytish bilan cheklanadi.
Masalan, "bolaga baqirmang", "mehr bering" va hokazo. Ochig'i, nima qilishni bugun hamma biladi — hamma gaplar aytib bo'lindi. Qanday qilish kerak? Masalan, qanday qilib bolaga baqirishdan saqlanish mumkin? Bolaga qanday qilib mehr berish kerak — me'yor, chegarasi bormi?
Shuning uchun men nima qilish bilan birga qanday qilishni ham o'rgatishga harakat qilaman — buni sodiq kuzatuvchilar hamda kitoblarimni o'qiganlar yaxshi biladi deb o'ylayman. Hatto "Biz faqat nima qilishni emas, qanday qilishni ham o'rgatamiz!" shiori bilan kurs ham o'tganman.
Ana shu shiorga sodiq qolgan holda Adem Guneshning kitoblarini sharhlay boshladim — u kishining ilmidan yanada ko'proq foydalanish maqsadida. 7–14 yoshli bolalar tarbiyasida qiynalayotgan ota-onalar bo'lsa, "Tarbiyachi kids" kanalimizga qo'shilib, kitobning sharhini tinglab borishi mumkin.
Yopiq kanalga qo'shilish to'lovi oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy