#Xayriya
Yaxshi insonlar!
Og‘ir dardga mubtalo bo‘lgan, nogironlik holatiga tushib qolgan va moddiy ahvoli nihoyatda tang bo‘lgan bir birodarimiz yordamimizga muhtoj. U inson kasalligi va imkoniyatsizligi sababli hayot kechirishda, davolanishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Bir insonning sog‘ligiga bee’tibor bo‘lmang! Qo‘ldan kelgancha xayriyaga hissa qo‘shing! Yoki ushbu postimizning tarqalishiga yordam bering. Hech bo‘lmasa, haqqiga duo qilib qo‘ying!
Pul o‘tkazish uchun rekvizitlar:
HUMO: 9860 0825 8943 8967 (Umarov Rustam)
Uzcard: 5614 6868 0663 1217 (Umarov Rustam)
Manzil: Farg‘ona vil., Toshloq t., Yakkatut q., Obi Hayot ko‘chasi, 92-uy
Aloqa uchun:
+998 91 660 20 80

Onglilik — faqat tarbiya emas, hayot uchun ham zarur ko‘nikma
Onglilik (ya’ni har bir harakat va qarorning sababini anglab yashash) — bu nafaqat farzand tarbiyasida, balki munosabatlar va biznesda ham katta natijalarga olib boradigan muhim fazilatdir.
Farzand tarbiyasidagi onglilik shuni anglatadiki, siz ota yoki ona sifatida har bir lahzada nima uchun biror gapni aytayotganingizni, nima uchun jazolayotganingiz yoki mehr ko‘rsatayotganingizni tushunasiz. Harakatlaringiz va his-tuyg‘ularingiz nimaga olib kelishini anglab ish tutasiz.
Bu doimo ham oson emas. Har bir harakatni anglab qilish energiya talab qiladi va amalda doimiy ongli holatda bo‘lish imkonsiz. Lekin eng muhim joylarda, ayniqsa, bolaga qo‘yilayotgan asosiy talablar va ularni qanday uslubda o‘rgatayotganimizga e’tibor qaratish zarur.
Chunki bola chegaralarni anglab o‘rganishi kerak. Ammo bu chegaralar aqlli va asosli bo‘lishi lozim. Aks holda, har bir mayda narsaga qat’iy taqiq qo‘yilsa, bola charchaydi va ikki yo‘ldan biri sodir bo'ladi:
1. Qo‘rqoq va passiv bo‘lib qoladi — “baribir xato qilaman, hech narsa qilmay qo‘yaqolay” deb har qanday tashabbusdan chekinadi.
2. Barcha qoidalarga befarq bo‘lib qoladi — “baribir jazolanaman, bo‘lsa bo‘laversin, xohlaganimni qilaman” degan qarorga keladi.
Shuning uchun ongli tarbiya — bu mehrni cheklov bilan, qat’iylikni izoh bilan, talabni tushunish bilan uyg‘unlashtira olishdir.
Farzand tarbiyasida eng muhim savol — “Men nima qilayapman va nima uchun aynan shunday qilayapman?” bo‘lishi kerak. Shu savol bizni to'g'ri yo‘ldan chetlatmaydi.
#tarbiya #tarjima
@GiyosiddinYusuf

Forwarded from Irmoqlar
#jonli_suhbat
📚 Mana sizlar bilan "Yig‘loqi bolaga 50 ta chora" kitobi mutolaasini ham tugatib oldik. Baʼzilarimiz bu choralarni amalda qo‘llab ham ko‘rdilar. Endi navbat jonli suhbatga!
📆 6-iyul kuni soat 21:00da Irmoqlar telegram kanalida suhbatga marhabo!
Suhbat tarbiyaga va farzand tarbiyasiga oid kitoblar muallifi G‘iyosiddin Yusuf bilan bo'ladi.
Suhbatda siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin!
Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
🟤 Irmoqlar — biz bilan ilm dengizini kashf eting!
📧 Irmoqlar | 📧 Instagram — Biz bilan ilm dengizini kashf eting!
Suhbat tarbiyaga va farzand tarbiyasiga oid kitoblar muallifi G‘iyosiddin Yusuf bilan bo'ladi.
Suhbatda siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin!
Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar butun umr saqlab qoladigan besh hadya
1⃣ . Ularning kuchiga ishonish. Bola dunyodagi eng sevimli insoni unga ishonishini bilish o‘ta muhimdir. Siz unga, qobiliyatlariga va imkoniyatlariga ishonishingizni bildirib qo‘ying. Sizning bir og‘iz so‘zingiz kichkintoyni dahoga aylantirishi mumkin.
2⃣ . Har qanday holatda ham uni sevish. Hech nimaga qaramasdan quchoqlang, o‘ping, mehrli so‘zlarni hamisha aytib yuring! Farzandingiz hatto 30 yoshda bo‘lsa ham!
3⃣ . Oilaviy kechki ovqatlanish. Oilaning birdam bo‘lish daqiqalarini bolaning xotirasida bir umrga muhrlanib qoladi. Dasturxon atrofida jam bo‘lish oilani birlashtiradi, yarashtiradi, ilhomlantiradi va sokinlik beradi.
5⃣ . Quvonch. Hayotdan xursand bo‘ling va bolangizning boriga shukr ayting. O‘z hislaringizdan uyalmang, bolangiz kulganda birga kuling, “jinnilik”lar qiling.
5⃣ . Mustahkam va butun oila. Oilani va uning a’zolari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoling. Bola uchun oila butun umri davomida uni qo‘llaydigan, yordamchi bo‘ladigan poydevordir.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar